“322-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish
Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning masʼuliyati kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-527-son) · Sana: 05.03.2019 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri hukumat aʼzolari bilan birgalikda har chorakda Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Qonunchilik palatasining fraksiyalari, deputatlar guruhlari, qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda Qonunchilik palatasining majlisida majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim boʻlgan fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi.
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturini bajarish boʻyicha hukumat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasi qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 523-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 137-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil № 1, 1-modda) quyidagi mazmundagi 312-modda bilan toʻldirilsin:
