Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyani (Minsk, 1995-yil 26-may) ratifikatsiya qilish haqida (O‘RQ-523-son)
04.03.2019
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-fevralda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 28-fevralda maʼqullangan
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi toʻgʻrisidagi Konvensiya (Minsk, 1995-yil 26-may) quyidagi qoʻshimcha shart bilan ratifikatsiya qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi faoliyatini moliyalashtirish uchun unda oʻz vakillarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan hajmlarda mablagʻ ajratadi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-mart,
OʻRQ-523-son
