“491-modda. Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklari, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq xoʻjalik muassasalari va tashkilotlariga yer uchastkalarini berish
Yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-526-son) · Sana: 04.03.2019 · Amalda
Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklari, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq xoʻjalik muassasalari va tashkilotlariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida ilmiy-tadqiqot va taʼlim maqsadlari, tovar qishloq xoʻjaligini yuritish va ilgʻor tajribani targʻib qilish uchun beriladi.
Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklari, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq xoʻjalik muassasalari va tashkilotlari yer uchastkalarini ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berish huquqiga ega emas.
Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklari, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq xoʻjalik muassasalari va tashkilotlariga berilgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda imoratlar va inshootlar qurishga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra alohida hollarda yoʻl qoʻyiladi”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-mart,
OʻRQ-526-son
