2018-yilda Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻgʻrisida (320-K-son)
07.05.2018
Navoiy viloyati Konimex tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 24-maydagi PQ-3001 sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan 2018-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilaydi, yaʼni tumandagi yigirma nafardan ortiq ishlovchi xodimlari mavjud korxona, tashkilotlar va muassasalarda xodimlarning roʻyxat boʻyicha umumiy sonidan 112 kishini tashkil etadigan 4 foiz miqdorida, shu jumladan:
14 yoshgacha bolalari va nogiron bolalari bor yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun 22,3 foiz — 25 kishi;
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun 45,6 foiz — 51 kishi;
safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 6,3 foiz — 7 kishi;
nogironlar uchun 3,6 foiz — 4 kishi
pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun 5,3 foiz — 6 kishi;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilishidan ozod qilingan shaxslar uchun 5,3 foiz — 6 kishi;
odam savdosi qurbonlari uchun 3,6 foiz — 4 kishi;
ijtimoiy muhofaza muhtoj shaxslarining boshqa toifalaridagi shaxslar uchun, shu jumladan kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun 6,3 foiz — 7 kishi;
atrofdagilar uchun xavf tugʻdirmaydigan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklardan azob chekuvchi shaxslar uchun 1,7 % — 2 kishi miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin va tumandagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar kesimida ilovadagi jadval asosida tasdiqlansin.
2. Korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlariga;
muhtojlar uchun ish joylarining koʻrsatib oʻtilgan miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 965-sonli qaroriga 1-ilova “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida” gi Nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda va tartibda yaratilishini (ajratilishini yoki band etib qoʻyilishini) taʼminlash;
ish joylari sanitariya gigiyena normalariga va xodim oʻz mehnat majburiyatlarini bemalol bajarishini taʼminlaydigan mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlash;
muhtojlarni ish bilan taʼminlash uchun 2018-yil 1-iyun kuniga qadar kvota ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2018-yilning 10-oktabr sanasidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir kvota toifasi boʻyicha ish oʻrinlarini band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va qaror boʻyicha chiqarilgan buyruq nusxalarini tuman Bandlikka koʻmaklashish markaziga taqdim etish topshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-moddasiga asosan muhtojlarga eng kam miqdordagi ish joylarini yaratish yuzasidan qabul qilingan mazkur qarorni bajarmaganlik uchun ish beruvchilar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Nizomning 21-bandi, 2-xatboshisiga asosan, muhtojlar uchun ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish boʻyicha tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarori bajarilmaganligi uchun jarima toʻlash tashkilotni zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini yaratish boʻyicha majburiyatdan ozod qilmaydi.
5. Muhtojlar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 25-bandiga asosan nogironlar uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonidan ortiqcha nogironlar uchun ish oʻrinlari tashkil etgan tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozlar huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 20-bandi, 4-xatboshisiga asosan tashkilot tomonidan muhtojlarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlari tayyorligi toʻgʻrisida axborot taqdim etilmasligi, teng darajada zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan soni hisobiga ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining amalda tayyor emasligi Konimex tumani Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan Konimex tumani hokimi qarori bajarilmasligi sifatida qaralishini inobatga olib, korxona, muassasa va tashkilotlar “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan ish oʻrinlariga qoʻyilgan talablar asosida muhtojlarni ishga joylashtirish majburiyatini oladi.
7. Konimex tumani Bandlikka koʻmaklashish markazi (B. Medeuov) bir hafta muddatda mazkur qarorning ilovasida koʻrsatilgan korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va qarorning bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
8. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilinsin va tuman hokimligining veb-saytiga joylashtirilsin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Rasulov zimmasiga yuklatilsin.
10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim M. EGAMKULOV
Konimex t.,
2018-yil 7-may,
320-Q-son
Konimex tumani hokimining 2018-yil 7-maydagi 320-Q-sonli qaroriga 1-ILOVA
Konimex tumanida korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish topshirigʻi
T/r Korxona tashkilotlar nomi Ishlovchilar soni Band qilinadigan ish oʻrinlari jami: shu jumladan: ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan boshqa toifalari nogironlar uchun oʻn toʻrt yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbe�iston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun nogironlar va pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilishidan ozod qilingan shaxslar uchun odam savdosi qurbonlari uchun Safarbarlik chaqiruvchi zaxirasiga kiritilgan shaxslar uchun Kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun Atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun Ishlovchilar soni 100 va undan ortiq kishini tashkil qiladigan korxona tashkilotlar: 1. Konimex t. Tibbiyot birlashmasi 636 31 2 6 11 1 2 2 1 1 4 1 2. Obodonlashtirish boshqarmasi 120 6 1 1 1 1 1 1 Jami: 756 37 2 7 12 2 3 3 2 1 4 1 Ishlovchilar soni 20 kishigacha va 100 ta kishigacha boʻlgan korxona tashkilotlar: 1. Agroservis kasb-hunar kolleji 91 4 1 1 1 1 2. 2-son Qishloq xoʻjalik kolleji 28 1 1 3. Konimex t. YXPT korxonasi 80 4 1 1 1 1 4. Konimex Oʻrmon xoʻjaligi 86 4 1 1 1 1 5. Iqtisodiyot kolleji 58 3 1 1 1 6. Konimex t. DSENM 43 2 1 1 7. Madaniyat va sport ishlari boʻlimi 34 2 1 1 8. AT Agrobank filiali 30 1 1 9. 4-son Bolalar va musiqa maktabi 45 2 1 1 10. Konimex tumani DSI 32 1 1 11. Konimex tumani Moliya boʻlimi 21 1 1 12. Xalq taʼlim boʻlimi 30 1 1 13. № 1 maktab 49 2 1 1 14. № 2 maktab 118 6 2 3 1 15. № 5 maktab 33 1 1 16. № 6 maktab 31 1 1 17. № 7 maktab 44 2 1 1 18. № 8 maktab 50 2 1 1 19. № 9 maktab 55 2 1 1 20. № 10 maktab 41 3 2 1 21. № 11 maktab 42 2 1 1 22. № 12 maktab 36 1 1 23. № 14 maktab 35 1 1 24. № 15 maktab 29 1 1 25. № 18 maktab 28 1 1 26. № 19 maktab 37 1 1 27. № 20 maktab 25 1 1 28. № 21 maktab 32 1 1 29. № 22 maktab 38 2 1 1 30. № 23 maktab 25 1 1 31. № 25 maktab 32 1 1 32. № 26 maktab 34 1 1 33. № 27 maktab 31 1 1 34. № 32 maktab 22 1 1 35. № 33 maktab 22 1 1 36. № 37 maktab 36 1 1 37. № 38 maktab 28 1 1 38. № 39 maktab 36 1 1 39. № 41 maktab 42 2 1 1 40. “Oltin kalit” MTM 33 1 1 41. “Akmaral” MTM 28 1 1 42. “Gʻuncha” MTM 31 2 1 1 43. “Buldirshin” MTM 24 1 1 44. “Saltanat” MTM 33 1 1 45. BUSM -8 31 1 1 46. Konimex tumani Gaz filiali 35 1 1 47. Jami: 1824 75 2 18 39 3 3 3 2 1 3 1 Hammasi: 2580 112 4 25 51 5 6 6 4 2 7 2 Konimex tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi direktori B. MEDEUOV Bajardi: A. Abdullayev
