Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida (PQ-4193-son)
15.02.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini roʻyobga chiqarish, shuningdek aholining hayot darajasini oshirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, biznesni rivojlantirish maqsadida davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini sifat jihatidan yangi darajaga oʻtkazish jadal surʼatlarda amalga oshirilmoqda.
Qisqa vaqt oraligʻida “yagona darcha” tamoyili boʻyicha koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari soni 100 ta xizmatdan ortdi, xizmatdan foydalanish uchun murojaat qilayotgan fuqarolar soni esa 50 barobarga oshdi. Bunda, koʻrsatiladigan davlat xizmatlari koʻrsatkichi qoʻshimcha davlat xizmatlari joriy etilishi munosabati bilan yana ikki barobar ortishi kutilmoqda.
Biznes yuritishda ortiqcha byurokratik jarayonlarni tubdan qisqartirish va davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada rivojlantirish maqsadida:
1. 2019-yil 1-iyundan boshlab shunday tartib belgilansinki, unga koʻra:
jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlari markazlarida (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) fuqarolar doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan va yuridik shaxslar pochta manzilidan (joylashgan yeridan) qatʼi nazar, davlat xizmatlarini eksterritorial tamoyil boʻyicha olishga haqli;
davlat xizmatlarini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — Yagona portal) orqali murojaat etganda, davlat boji, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar Markazlar orqali yoki bevosita xizmat koʻrsatuvchi organlarga murojaat etganda toʻlanadigan summadan 90 foiz miqdorida toʻlanadi;
Yagona portal orqali koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari uchun davlat bojlari va yigʻimlarning Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan qismi 20 foizdan 10 foizga kamaytiriladi va boʻshaydigan mablagʻlar qolgan oluvchilar orasida mutanosib ravishda taqsimlanadi;
davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va tashkilotlar davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda belgilanadigan roʻyxat boʻyicha maʼlumotlarni oʻzlarining maʼlumotlar bazalariga va axborot tizimlariga elektron koʻrinishda elektron maʼlumotlar bazalarini shakllantirish uchun kiritib boradilar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, davlat xizmatlari koʻrsatuvchi boshqa idora va tashkilotlar axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda oʻzlarining idoraviy axborot tizimlarida, resurslarida va maʼlumotlar bazalarida mavjud va davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan axborot va maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga taqdim etilishini hamda Vazirlikka zarur axborot va maʼlumotlardan foydalanish imkonini taʼminlasin.
3. Quyidagilar:
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillarining 2019-yil 1-apreldan boshlab bekor qilinadigan ayrim turlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Davlat xizmatlarini optimallashtirish, davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarning elektron bazalarini shakllantirish hamda idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini “Elektron hukumat” tizimiga integratsiya qilish boʻyicha tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Vazirlik va idoralar idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Jadvalga muvofiq qayta koʻrib chiqilishini:
Vazirlik, Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi va boshqa manfaatdor idoralar xodimlarini jalb qilgan holda ishchi guruhlar tuzish;
aniq bir turdagi davlat xizmatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani yalpi xatlovdan oʻtkazish;
davlat xizmatlarini optimallashtirish, asossiz cheklovlar, ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillar va eskirgan tartibga solish mexanizmlarini bartaraf etish;
qonun hujjatlarini qisqartirish, normalarning koʻpligini bartaraf etish va ularni yagona normativ-huquqiy hujjatga birlashtirish orqali normalarni tizimlashtirish;
davlat xizmatlari koʻrsatish tartiblarini Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonuniga moslashtirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan muddatlarda kiritish orqali taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning 3-ilovasida koʻrsatilgan vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga Tadbirlar rejasining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
6. 2019-yil 1-avgustdan boshlab davlat xizmatlari koʻrsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan jismoniy shaxslardan jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchalari, soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnomalar, soliq toʻlovchining hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisida guvohnomalar, toʻlangan daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisida maʼlumotnomalar talab qilinishi taqiqlansin.
Belgilansinki, davlat boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlarni davlat soliq xizmati organlari, ATB “Xalq banki”, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasidan elektron oʻzaro hamkorlik orqali faqat idoralararo integratsiyalashuv platformasiga axborot olish uchun ulanish yoʻli bilan mustaqil ravishda soʻraydilar va oladilar;
Davlat soliq qoʻmitasi, ATB “Xalq banki”, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi 2019-yil 1-iyulga qadar davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlarini takomillashtirsin hamda mazkur bandda nazarda tutilgan axborot va hujjatlarni faqat idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etsin.
7. Vazirlikka Markazlar orqali davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda koʻrsatish (yetkazib berish) boʻyicha oʻzi tomonidan tasdiqlangan tariflar asosida pulli ekspress-xizmatlar koʻrsatish huquqi berilsin. Bunda, nogironligi boʻlgan shaxslar va borish qiyin boʻlgan tumanlar aholisiga ekspress-xizmatlar tekin koʻrsatilishi nazarda tutilsin.
8. Davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga:
Markazlar hamda Yagona portal orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini joriy etish boʻyicha tadbirlarni oʻz vaqtida bajarish;
davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarining serverlarida profilaktika ishlarini ish vaqtidan tashqarida olib borish;
davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonida foydalaniladigan oʻzlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalaridagi nosozliklar haqida Vazirlikni xabardor qilish, shuningdek ularni zudlik bilan tuzatish choralarini koʻrish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda davlat xizmatlari koʻrsatishda Markazlar xodimlari tomonidan arizachilardan naqd va naqdsiz pul qabul qilish mexanizmini joriy etsin;
bir oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda davlat xizmatlarini tezlashtirilgan tartibda oshirilgan tariflar boʻyicha koʻrsatish tartibini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
uch oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda davlat boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishida samaradorlik va natijadorlikning asosiy koʻrsatkichlari (KPI) (koʻrsatilgan xizmatlarning miqdori va sifati, xizmat koʻrsatish tezligi, xodimning xushmuomalaligi va malakaliligi, murojaatchilarning fikrlari va boshqalar) hamda ularning faoliyatini baholash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
uch oy muddatda Agentlikning “Call service” orqali davlat xizmatlari koʻrsatish mexanizmini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqsin va qabul qilsin;
manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimining blokcheyn texnologiyasidan foydalanish asosida, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlarida joriy etilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda yuqori sinflar uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining oʻquv dasturiga “Elektron hukumat” tizimi xizmatlaridan foydalanish, talab eng yuqori boʻlgan davlat xizmatlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan Yagona portaldan foydalangan holda olish koʻnikmalariga oʻrgatishga bagʻishlangan maxsus boʻlim kiritsin.
12. Iqtisodiy rivojlanish darajasi ortda qolayotgan tumanlar hamda chekka hududlarga salohiyatli investorlarni jalb qilish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PQ-3701-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzuridagi Davlat xizmatlari markazlari binolarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilishini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori doirasida qoʻshimcha obyektlarni qurish uchun investorlarga barcha imtiyoz va afzalliklar saqlab qolingan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun hudud miqyosidagi boshqa tuman (shahar)dan yer uchastkalarini ajratishga ruxsat berilsin.
13. Davlat xizmatlari markazlari binolarini qurish Reja-jadvali 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga Reja-jadvalni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
14. 2021-yil 30-noyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Agentlik tomonidan Markazlar, notariuslar va FHDY arxivlarini jihozlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan server va kompyuter uskunalari, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, dasturiy taʼminot, asboblar va qurilmalar, boshqa uskunalar bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-fevral,
PQ-4193-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qaroriga 1-ILOVA
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillarining 2019-yil 1-apreldan boshlab bekor qilinadigan ayrim turlari
ROʻYXATI
T/r Bekor qilinayotgan ayrim faoliyatning litsenziyalanadigan turlari va ruxsat berish tartib-taomillari nomi Litsenziya va ruxsat berish tusidagi hujjatlar berishga vakolatli organ Tartib-taomil oʻrnatilgan normativ-huquqiy hujjat Tartibga solish mexanizmi/asos 1. Eksport kontrakti roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar roʻyxati (28-band). Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1006-son qarori bilan tasdiqlangan Eksport kontraktlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 199-son “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektlari tashqi savdo kontraktlari boʻyicha maʼlumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritib boradi. 2. Mol soʻyishni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi. Tuman (shahar) hokimligi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar roʻyxati (108-band). 1. Tadbirkorlik subyekti sifatida roʻyxatdan oʻtish. 2. Maxsus soʻyish korxonasining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga mosligi toʻgʻrisida veterinariya-sanitariya xulosasi. 3. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanishda buzilgan yerlar qayta tiklanganligi haqida xulosa Tuman (shahar) hokimligi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar roʻyxati (66-band). Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-son qarori bilan tasdiqlangan Foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (8-band). Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoki keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni qazishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining qarori bilan amalga oshiriladi. Qaror qabul qilinishi uchun tuman (shahar) hokimligi xulosasini taqdim etish zarur. Shu bilan birga, “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasiga koʻra vakolatli organ tadbirkorlik subyektiga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishi uchun boshqa vakolatli organlar tomonidan beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olishi talab qilingan hollarda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish soddalashtirilgan tartibda “bir darcha” orqali amalga oshiriladi, bunda vakolatli organ mazkur hujjatlarni tadbirkorlik subyektining ishtirokisiz mustaqil ravishda oladi. 4. Voyaga yetmaganlarga moʻljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma. Sogʻliqni saqlash vazirligi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar roʻyxati (109-band). Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-dekabrdagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom. Voyaga yetmaganlarga moʻljallangan dori vositalari reklamasiga nisbatan toʻliq talablarni tasdiqlash. 5. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qiladigan tadbirkorlik subyektlarining savdo obyektlari joylashuvi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar roʻyxati (118-band). Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari (92-band). 1. Tadbirkorlik subyekti sifatida roʻyxatdan oʻtish. 2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari. 6. Yerlarning barcha toifalarida geologik-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa turdagi qidiruv ishlarini olib borishga ruxsatnoma. Viloyat, tuman (shahar) hokimligi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar roʻyxati (129-band). 1. Tadbirkorlik subyekti sifatida roʻyxatdan oʻtish. Geologik oʻrganish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya (Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 443-son qarori bilan tasdiqlangan Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qaroriga 3-ILOVA
Davlat xizmatlarini optimallashtirish, davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarning elektron bazalarini shakllantirish hamda idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini “Elektron hukumat” tizimiga integratsiya qilish boʻyicha
TADBIRLAR REJASI
T/r Tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Muddatlar Masʼul organlar 1. Aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga ularning koʻchmas mulklariga nisbatan taqiq borligini aniqlash imkoniyatini yaratish. 1. Koʻchmas mulklar hisobini yuritish axborot tizimlarini takomillashtirish, shu jumladan vakolatli organlar tomonidan koʻchmas mulkni boshqa shaxsga berish va ushlab qolish taqiqlanganligi hamda taqiq yechilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyish imkoniyatini yaratish. 2019-yil iyul Davergeodezkadastr qoʻmitasi (Abdullayev), Majburiy ijro byurosi (Qudratxodjayev), IIV (Bobojonov), Uyjoykommunxizmat vazirligi (Saliyev), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Maksudov) 2. Elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda idoralararo elektron hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun davlat xizmatlarini koʻrsatishda zarur boʻlgan qogʻoz shaklidagi maʼlumotlarni xatlovdan oʻtkazish. 2019-yil iyul 3. Jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki boʻyicha taqiq haqidagi maʼlumotlarni uzatish boʻyicha tegishli veb-servis ishlab chiqish va idoralararo maʼlumot almashinuvi platformasiga ulanish. 2019-yil dekabr 4. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan axborot va maʼlumotlarning elektron bazalarini shakllantirish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatishda foydalaniladigan tegishli axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish. 2021-yil yanvar 2. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR)dan foydalanishdan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)dan foydalanishga bosqichma bosqich oʻtish. 1. Davlat soliq qoʻmitasiga jismoniy shaxslarning pasport seriyasi va raqami hamda JSHSHIR toʻgʻrisidagi axborotlarni taqdim etish. 2019-yil iyun Davlat personallashtirish markazi (Turaxodjayev), DSQ (Musayev), Davergeodezkadastr qoʻmitasi (Abdullayev), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Maksudov) 2. Koʻchmas mulk obyektining kadastr raqamini soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)ga bogʻlash boʻyicha ishlarni toʻliq bajarish hamda yakuniga yetkazish. 2019-yil noyabr 3. Soliq toʻlovchi toʻgʻrisida maʼlumotni JSHSHIR boʻyicha beruvchi veb-servis ishlab chiqish va idoralararo maʼlumot almashinuvi platformasiga ulash. 2019-yil dekabr 3. Davlat xizmatlaridan foydalanishda tugʻilganlik haqida guvohnoma hamda FHDY organlari maʼlumotnomalarining nusxalarini taqdim qilish zaruriyatini bekor qilish. 1. Tugʻilganlik haqida guvohnoma va fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi veb-servis ishlab chiqish va idoralararo maʼlumot almashinuvi platformasiga ulash. 2019-yil may Adliya vazirligi (Davletov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Maksudov) 2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida foydalaniladigan masʼul organlarning 2000-yildan 2020-yilgacha arxiv fondini raqamlashtirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish va tegishli axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish. 2021-yil yanvar 3. Masʼul organlarning 1950-yildan 1999-yilgacha arxiv fondini raqamlashtirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish. 2022-yil yanvar 4. Masʼul organlarning arxiv fondi saqlanishi boshlanganidan 1949-yilga qadar arxiv fondini raqamlashtirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish. 2023-yil dekabr 4. Sogʻliq holati toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim qilish zaruriyatini bekor qilish. 1. Sogʻliq elektron kartalarini yuritish boʻyicha axborot tizimini yaratish va joriy qilish. 2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida ishtirok etadigan tibbiyot muassasalarining barcha obyektlarini zamonaviy kompyuter texnikasi va boshqa texnik vositalar (qurilmalar) bilan jihozlash, shuningdek optik tolali aloqa kanallariga ulashni taʼminlash. 3. Sogʻliq holati (shu bilan birga dispanserlarda roʻyxatda turganligi) haqidagi maʼlumot beruvchi veb-servis ishlab chiqish va idoralararo maʼlumot almashinuvi platformasiga ulash. 4. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan axborot va maʼlumotlarning elektron bazalarini shakllantirish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatishda foydalaniladigan tegishli axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini taqdim qilish. 2020-yil sentabr 2020-yil dekabr 2020-yil oktabr 2022-yil yanvar Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Maksudov) 5. Umumtaʼlim, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlarida oʻqish joyidan maʼlumotnoma taqdim etish zaruriyatini bekor qilish. 1. Taʼlim tizimida foydalaniladigan axborot tizimlarini ularda yagona identifikatorlarni qoʻllagan holda takomillashtirish. 2019-yil avgust Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Majidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Maksudov) 2. Oʻqish joyi toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi veb-servis ishlab chiqish va idoralararo maʼlumot almashinuvi platformasiga ulash. 2019-yil oktabr 3. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan axborot va maʼlumotlarning elektron bazalarini 2021-yil dekabr shakllantirish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatishda foydalaniladigan tegishli axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini taqdim qilish. 2021-yil dekabr 6. Avtotransport sohasida avtomatlashtirilgan xizmatlarni joriy qilish. 1. Quyidagi maʼlumotlarni taqdim qiluvchi veb-servis ishlab chiqish va idoralararo maʼlumot almashinuvi platformasiga ulash: roʻyxatdan oʻtkazilgan avtotransport vositalari toʻgʻrisida; haydovchilik guvohnomasini olgan shaxslar roʻyxati toʻgʻrisida; avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish muddatlari toʻgʻrisida; jarimaga tortilganligi toʻgʻrisidagi qarorning PDF shaklidagi nusxasi. 2019-yil sentabr IIV (Bobojonov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Maksudov) 2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan axborot va maʼlumotlarning elektron bazalarini shakllantirish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatishda foydalaniladigan tegishli axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish. 2021-yil dekabr 7. Koʻchmas mulk obyekti qayta roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng kommunal xizmat korxonalari va boshqa tashkilotlar bilan shartnomalarni qayta rasmiylashtirish zaruriyatini bekor qilish. 1. Normativ-huquqiy hujjatlarning isteʼmolchilar bilan oferta koʻrinishida shartnoma tuzish qismiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek zarur maʼlumotlarni idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan olish. 2019-yil iyun Energetika vazirligi (Sultanov), “Oʻztransgaz” AJ (Eshmuratov), “Oʻzbekenergo” AJ (Mustafoyev), suv taʼminoti va issiqlik taʼminoti, maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish korxonalari, Davergeodezkadastr qoʻmitasi (Abdullayev), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Maksudov), IIV (Bobojonov) 2. Koʻchmas mulk obyektlarining oʻzgarganligi (qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi, chiqarilganligi, yangi kiritilganligi, boshqa koʻchmas mulkdan ajratilganligi, boshqa koʻchmas mulk bilan birlashtirilganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumot olish imkoniyatini beruvchi veb-servis ishlab chiqish va idoralararo maʼlumot almashinuvi platformasiga ulash. 2019-yil iyul 3. Kommunal xizmatlar va boshqa tashkilotlarning axborot (billing) tizimlarini isteʼmolchilar haqidagi maʼlumotlarni Davergeodezkadastr qoʻmitasi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra avtomatik tarzda yangilab borish (chiqarib tashlash) qismida takomillashtirish. 2019-yil iyul 8. Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, ularni elektron identifikatsiya qilgan holda elektron davlat xizmatlari koʻrsatish amaliyotini joriy etish. 1. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yashash guvohnomasi taqdim etishda ularga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami berish, shuningdek yashash guvohnomasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoʻq boʻlgan guvohnomani haqqoniy emasligini belgilovchi normani nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish. 2019-yil aprel IIV (Bobojonov), Davlat personallashtirish markazi (Turaxodjayev), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Maksudov) 2. Yashash guvohnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni (F.I.O., tugʻilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, oilaviy ahvoli, kelgan sanasi, yashash guvohnomasi qachon va kim tomonidan berilgan, yashash guvohnomasi qaysi hujjatlarga asosan berilgan, amal qilish muddati va muddat uzaytirilganligi, roʻyxatdan oʻtganligi) taqdim qilish boʻyicha veb-servis ishlab chiqish va idoralararo maʼlumot almashinuvi platformasiga ulash. 2020-yil yanvar 3. Yagona identifikatsiya tizimini (id.gov.uz) Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarniushbu tizimda roʻyxatdan oʻtish qismini qoʻshgan holda takomillashtirish. 2020-yil yanvar 9. Fuqarolarga hisoblangan pensiya haqida maʼlumot taqdim qilish. 1. “Pensiya” dasturiy taʼminotini, shu jumladan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini joriy etgan holda takomillashtirish. 2019-yil may Moliyav azirligi (Qoʻchqorov), Pensiyaj amgʻarmasi (Tursunov), IIV (Bobojonov), Davlat personallashtirish markazi (Turaxodjayev), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Maksudov) 2. Pensiya miqdori hamda pensiya hisoblab chiqarish sanasi va vaqti haqida maʼlumot taqdim etish boʻyicha veb-servis ishlab chiqish va idoralararo maʼlumot almashinuvi platformasiga ulash. 2019-yil sentabr 10. Bino va inshootlarning sanitariya, yongʻin qoidalari va obyektni muhofaza qilish boʻyicha tadbirlar talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida axborotlarini elektron shaklda yuritish amaliyotini joriy etish. 1. Normativ-huquqiy hujjatlarga bino va inshootlar sanitariya, yongʻin qoidalari va obyektni muhofaza qilish boʻyicha tegishli idoralar xulosalarini murojaatchidan talab etishni taqiqlash yoʻli bilan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda zarur maʼlumotlarni idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan taqdim etish. 2019-yil iyul Adliya vazirligi (Davletov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), IIV (Bobojonov), FVV (Xudaybergenov), Davergeodezkadastr qoʻmitasi (Abdullayev), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Maksudov) 2. Koʻchmas mulklar hisobini yuritish axborot tizimlarini, shu jumladan vakolatli organlar tomonidan bino va inshootlarning sanitariya, yongʻin qoidalari va obyektni muhofaza qilish talablariga muvofiqligi boʻyicha maʼlumotlarni kiritish imkoniyatlarini yaratish yoʻli bilan takomillashtirish. 2019-yil avgust 3. Bino va inshootlarning sanitariya, yongʻin xavfsizligi normalari va obyektni muhofaza qilish tadbirlari talablariga muvofiqligini aniqlash boʻyicha veb-servislar ishlab chiqish va idoralararo maʼlumot almashinuvi platformasiga ulash. 2019-yil avgust 11. “Elektron hukumat” tizimi doirasida davlat xizmatlarini koʻrsatishning samarali ishlashini taʼminlash, tadbirkorlik subyektlari va aholiga davlat xizmatlarini sifatli taqdim etish hamda Oʻzbekiston Respublikasida investitsion muhitni yaxshilash. 1. Quyidagi maʼlumotlarni taqdim qiluvchi veb-servis ishlab chiqish va idoralararo maʼlumot almashinuvi platformasiga ulash: Internet tarmoqlarida kadastr daha va kvartallari chegaralaridagi koʻchmas mulk haqida maʼlumotlarni (yerdan foydalanuvchilar chegaralari, kadastr raqamlari, koʻchmas mulk obyektlarining manzillari) oʻz ichiga olgan davlat axborot tizimlarining geomakon maʼlumotlaridan foydalanish; davlat axborot tizimlarining geomakon maʼlumotlari koordinatlarini 1984-yilgi umumjahon geodezik koordinatlar tizimi (WGS-84) va xalqaro geotsentrik koordinatlar tizimi — ITRS dan foydalangan holda aks ettirish; geografik obyektlar koordinatlarini aniqlash va aks ettirish aniqligi; Jahon bozorida erkin tarqatiluvchi yuqori aniqlikdagi masofali zondlash fazoviy maʼlumotlardan foydalanish; geodezik nuqtalar koordinatlarini topish aniqligi; yuqori aniqlikdagi yoʻldosh geodezik oʻlchamlar maʼlumotlaridan foydalanish va differensial tuzatishlarni olish. 2019-yil iyun Davergeodezkadastr qoʻmitasi (Abdullayev), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Maksudov), Qurilish vazirligi (Toʻxtayev), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Maksudov) 2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida foydalaniladigan masʼul organlarning 2000-yildan 2020-yilgacha arxiv fondini raqamlashtirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatishda foydalaniladigan tegishli axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish. 2021-yil yanvar 3. Masʼul organlarning 1950-yildan 1999-yilgacha arxiv fondini raqamlashtirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish. 2022-yil yanvar 4. Masʼul organlarning arxiv fondi saqlanishi boshlanganidan 1949-yilga qadar arxiv fondini raqamlashtirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish. 2023-yil yanvar 5. Bosh reja (sxema) haqida maʼlumot taqdim etish boʻyicha veb-servis ishlab chiqish va idoralararo maʼlumot almashinuvi platformasiga ulash. 2019-yil iyun 6. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan axborot va maʼlumotlarning elektron bazalarini shakllantirish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatishda foydalaniladigan tegishli axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish. 2020-yil yanvar 12. Muvofiqlik sertifikatini talab qiluvchi tovarlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan organlarning ish sharoitlarini yaxshilash. 1. Muvofiqlik sertifikatlari davlat reyestridan maʼlumotlar taqdim etish boʻyicha veb-servis ishlab chiqish va idoralararo maʼlumot almashinuvi platformasiga ulash. 2019-yil iyun “Oʻzstandart” agentligi (Sattarov), Sertifikatlash boʻyicha akkreditatsiyadan oʻtgan organlar, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Maksudov) 2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan axborot va maʼlumotlarning elektron bazalarini shakllantirish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatishda foydalaniladigan tegishli axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish. 2019-yil iyun 13. Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash uchun fuqarolarning ish staji va ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ochiqligini taʼminlash. 1. Quyidagi maʼlumotlarni taqdim etuvchi veb-servis ishlab chiqish va idoralararo maʼlumot almashinuvi platformasiga ulash: ish haqi miqdori toʻgʻrisida; pensiya tayinlash uchun hisoblanadigan ish staji. 2019-yil sentabr DSQ (Musayev), Moliya vazirligi (Qoʻchqorov), Loyiha boshqaruv milliy agentligi (Maksudov) “Oʻzarxiv” agentligi (Aʼlamov), Loyiha boshqaruv milliy agentligi (Maksudov) 2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan axborot va maʼlumotlarning elektron bazalarini shakllantirish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatishda foydalaniladigan tegishli axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish. 2022-yil yanvar 14. Davlat xizmatlari markazlari orqali yer osti uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya va yer qaʼridan foydalanish boʻyicha boshqa davlat xizmatlarini joriy etish boʻyicha takliflar kiritish. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. 2019-yil may Adliya vazirligi (Davletov), Davlat geologiya qoʻmitasi (Islamov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (Qoʻchqorov)
Izoh:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Tadbirlar rejasining amalga oshirilishida metodologik yordam va tizimli monitoring olib boradi va har chorakda uning ijro jarayoni haqida Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qaroriga 4-ILOVA
Davlat xizmatlari markazlari binolarini qurish
REJA-JADVALI
T/r Davlat xizmatlari markazlari Ijro muddati Masʼul ijrochilar QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI 1. Nukus shahri 2019-yil iyun Nukus shahar hokimligi 2. Amudaryo tumani 2019-yil iyul Amudaryo tumani hokimligi 3. Beruniy tumani 2019-yil sentabr Beruniy tumani hokimligi 4. Kegeyli tumani 2020-yil dekabr Kegeyli tumani hokimligi 5. Moʻynoq tumani 2019-yil may Moʻynoq tumani hokimligi 6. Nukus tumani 2020-yil sentabr Nukus tumani hokimligi 7. Taxtakoʻpir tumani 2020-yil sentabr Taxtakoʻpir tumani hokimligi 8. Toʻrtkoʻl tumani 2019-yil dekabr Toʻrtkoʻl tumani hokimligi 9. Xoʻjayli tumani 2019-yil dekabr Xoʻjayli tumani hokimligi 10. Chimboy tumani 2020-yil iyul Chimboy tumani hokimligi 11. Shumanay tumani 2020-yil sentabr Shumanay tumani hokimligi 12. Ellikqalʼa tumani 2019-yil sentabr Ellikqalʼa tumani hokimligi 13. Qonlikoʻl tumani 2020-yil dekabr Qonlikoʻl tumani hokimligi 14. Qoraoʻzak tumani 2020-yil dekabr Qoraoʻzak tumani hokimligi 15. Qoʻngʻirot tumani 2019-yil iyul Qoʻngʻirot tumani hokimligi 16. Taxiatosh tumani 2019-yil sentabr Taxiatosh tumani hokimligi ANDIJON VILOYATI 17. Andijon shahri 2019-yil sentabr Andijon shahar hokimligi 18. Andijon tumani 2019-yil mart Andijon tumani hokimligi 19. Asaka tumani 2019-yil sentabr Asaka tumani hokimligi 20. Baliqchi tumani 2019-yil iyun Baliqchi tumani hokimligi 21. Buloqboshi tumani 2019-yil sentabr Buloqboshi tumani hokimligi 22. Boʻz tumani 2019-yil sentabr Boʻz tumani hokimligi 23. Jalaquduq tumani 2019-yil sentabr Jalaquduq tumani hokimligi 24. Izboskan tumani 2019-yil sentabr Izboskan tumani hokimligi 25. Oltinkoʻl tumani 2019-yil oktabr Oltinkoʻl tumani hokimligi 26. Marhamat tumani 2019-yil avgust Marhamat tumani hokimligi 27. Ulugʻnor tumani 2019-yil avgust Ulugʻnor tumani hokimligi 28. Paxtaobod tumani 2020-yil may Paxtaobod tumani hokimligi 29. Xoʻjaobod tumani 2019-yil oktabr Xoʻjaobod tumani hokimligi 30. Xonobod shahri 2019-yil avgust Xonobod shahar hokimligi 31. Shahrixon tumani 2020-yil mart Shahrixon tumani hokimligi BUXORO VILOYATI 32. Jondor tumani 2019-yil iyun Jondor tumani hokimligi 33. Gʻijduvon tumani 2019-yil oktabr Gʻijduvon tumani hokimligi 34. Vobkent tumani 2019-yil oktabr Vobkent tumani hokimligi 35. Qorakoʻl tumani 2019-yil may Qorakoʻl tumani hokimligi 36. Shofirkon tumani 2019-yil iyun Shofirkon tumani hokimligi 37. Buxoro tumani 2019-yil noyabr Buxoro tumani hokimligi 38. Kogon tumani 2019-yil noyabr Kogon tumani hokimligi 39. Kogon shahri 2019-yil avgust Kogon shahar hokimligi 40. Olot tumani 2019-yil sentabr Olot tumani hokimligi 41. Peshku tumani 2019-yil mart Peshku tumani hokimligi 42. Romitan tumani 2019-yil noyabr Romitan tumani hokimligi JIZZAX VILOYATI 43. Arnasoy tumani 2019-yil dekabr Arnasoy tumani hokimligi 44. Baxmal tumani 2019-yil dekabr Baxmal tumani hokimligi 45. Doʻstlik tumani* 2019-yil mart Adliya vazirligi 46. Jizzax shahri 2019-yil dekabr Jizzax shahar hokimligi 47. Zafarobod tumani 2019-yil dekabr Zafarobod tumani hokimligi 48. Zarbdor tumani 2019-yil dekabr Zarbdor tumani hokimligi 49. Zomin tumani** 2019-yil may Davlat xizmatlari agentligi 50. Paxtakor tumani 2019-yil dekabr Paxtakor tumani hokimligi 51. Forish tumani 2019-yil dekabr Forish tumani hokimligi 52. Sh. Rashidov tumani 2019-yil dekabr Sh. Rashidov tumani hokimligi 53. Gʻallaorol tumani 2019-yil dekabr Gʻallaorol tumani hokimligi 54. Yangiobod tumani 2019-yil dekabr Yangiobod tumani hokimligi QASHQADARYO VILOYATI 55. Qarshi shahri 2019-yil dekabr Qarshi shahar hokimligi 56. Qarshi tumani 2019-yil sentabr Qarshi tumani hokimligi 57. Muborak tumani 2019-yil sentabr Muborak tumani hokimligi 58. Shahrisabz tumani 2019-yil sentabr Shahrisabz tumani hokimligi 59. Kasbi tumani 2019-yil sentabr Kasbi tumani hokimligi 60. Mirishkor tumani 2019-yil sentabr Mirishkor tumani hokimligi 61. Chiroqchi tumani 2019-yil dekabr Chiroqchi tumani hokimligi 62. Yakkabogʻ tumani 2019-yil noyabr Yakkabogʻ tumani hokimligi 63. Shahrisabz shahri 2019-yil sentabr Shahrisabz shahar hokimligi 64. Kitob tumani 2019-yil dekabr Kitob tumani hokimligi 65. Koson tumani 2019-yil dekabr Koson tumani hokimligi 66. Qamashi tumani 2019-yil dekabr Qamashi tumani hokimligi 67. Nishon tumani 2019-yil dekabr Nishon tumani hokimligi 68. Gʻuzor tumani 2019-yil dekabr Gʻuzor tumani hokimligi 69. Dehqonobod tumani 2019-yil dekabr Dehqonobod tumani hokimligi NAVOIY VILOYATI 70. Karmana tumani 2019-yil dekabr Karmana tumani hokimligi 71. Qiziltepa tumani 2019-yil dekabr Qiziltepa tumani hokimligi 72. Navbahor tumani 2019-yil dekabr Navbahor tumani hokimligi 73. Xatirchi tumani 2019-yil dekabr Xatirchi tumani hokimligi 74. Nurota tumani 2019-yil dekabr Nurota tumani hokimligi 75. Zarafshon shahri 2020-yil dekabr Zarafshon shahar hokimligi 76. Uchquduq tumani 2019-yil dekabr Uchquduq tumani hokimligi 77. Tomdi tumani 2020-yil dekabr Tomdi tumani hokimligi NAMANGAN VILOYATI 78. Kosonsoy tumani 2019-yil sentabr Kosonsoy tumani hokimligi 79. Mingbuloq tumani 2019-yil sentabr Mingbuloq tumani hokimligi 80. Namangan tumani 2019-yil dekabr Namangan tumani hokimligi 81. Norin tumani 2019-yil oktabr Norin tumani hokimligi 82. Pop tumani 2019-yil oktabr Pop tumani hokimligi 83. Toʻraqoʻrgʻon tumani 2019-yil dekabr Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimligi 84. Uychi tumani 2019-yil noyabr Uychi tumani hokimligi 85. Uchqoʻrgʻon tumani 2019-yil noyabr Uchqoʻrgʻon tumani hokimligi 86. Chortoq tumani 2019-yil sentabr Chortoq tumani hokimligi 87. Chust tumani 2019-yil dekabr Chust tumani hokimligi 88. Yangiqoʻrgʻon tumani 2020-yil may Yangiqoʻrgʻon tumani hokimligi SAMARQAND VILOYATI 89. Samarqand shahri 2019-yil sentabr Samarqand shahar hokimligi 90. Kattaqoʻrgʻon shahri 2020-yil aprel Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi 91. Bulungʻur tumani 2019-yil sentabr Bulungʻur tumani hokimligi 92. Jomboy tumani 2019-yil sentabr Jomboy tumani hokimligi 93. Ishtixon tumani 2019-yil sentabr Ishtixon tumani hokimligi 94. Kattaqoʻrgʻon tumani 2019-yil oktabr Kattaqoʻrgʻon tumani hokimligi 95. Qoʻshrabot tumani 2019-yil dekabr Qoʻshrabot tumani hokimligi 96. Narpay tumani 2019-yil iyun Narpay tumani hokimligi 97. Nurobod tumani 2019-yil iyul Nurobod tumani hokimligi 98. Oqdaryo tumani 2019-yil sentabr Oqdaryo tumani hokimligi 99. Payariq tumani 2019-yil iyul Payariq tumani hokimligi 100. Pastdargʻom tumani 2019-yil iyul Pastdargʻom tumani hokimligi 101. Paxtachi tumani 2019-yil sentabr Paxtachi tumani hokimligi 102. Samarqand tumani 2019-yil sentabr Samarqand tumani hokimligi 103. Toyloq tumani 2020-yil aprel Toyloq tumani hokimligi 104. Urgut tumani 2019-yil iyun Urgut tumani hokimligi SIRDARYO VILOYATI 105. Guliston shahri 2019-yil avgust Guliston shahar hokimligi 106. Sayxunobod tumani 2019-yil mart Sayxunobod tumani hokimligi 107. Guliston tumani 2020-yil mart Guliston tumani hokimligi 108. Yangiyer shahri 2020-yil fevral Yangiyer shahar hokimligi 109. Sirdaryo tumani 2019-yil avgust Sirdaryo tumani hokimligi 110. Boyovut tumani 2020-yil yanvar Boyovut tumani hokimligi 111. Shirin shahri 2019-yil sentabr Shirin shahar hokimligi 112. Oqoltin tumani 2019-yil avgust Oqoltin tumani hokimligi 113. Mirzaobod tumani 2019-yil avgust Mirzaobod tumani hokimligi 114. Sardoba tumani 2019-yil dekabr Sardoba tumani hokimligi 115. Xovos tumani 2019-yil dekabr Xovos tumani hokimligi SURXONDARYO VILOYATI 116. Termiz shahri 2019-yil iyun Termiz shahar hokimligi 117. Angor tumani 2019-yil iyul Angor tumani hokimligi 118. Boysun tumani 2019-yil dekabr Boysun tumani hokimligi 119. Denov tumani 2019-yil sentabr Denov tumani hokimligi 120. Jarqoʻrgʻon tumani 2019-yil dekabr Jarqoʻrgʻon tumani hokimligi 121. Qiziriq tumani 2019-yil dekabr Qiziriq tumani hokimligi 122. Qumqoʻrgʻon tumani 2019-yil iyul Qumqoʻrgʻon tumani hokimligi 123. Muzrabod tumani 2019-yil sentabr Muzrabod tumani hokimligi 124. Oltinsoy tumani 2019-yil iyun Oltinsoy tumani hokimligi 125. Sariosiyo tumani 2019-yil dekabr Sariosiyo tumani hokimligi 126. Termiz tumani 2019-yil sentabr Termiz tumani hokimligi 127. Uzun tumani 2019-yil sentabr Uzun tumani hokimligi 128. Sherobod tumani 2019-yil dekabr Sherobod tumani hokimligi 129. Shoʻrchi tumani 2019-yil iyul Shoʻrchi tumani hokimligi TOSHKENT VILOYATI 130. Angren shahri 2019-yil sentabr Angren shahar hokimligi 131. Bekobod shahri 2019-yil dekabr Bekobod shahar hokimligi 132. Chirchiq shahri 2019-yil sentabr Chirchiq shahar hokimligi 133. Boʻka tumani 2020-yil sentabr Boʻka tumani hokimligi 134. Boʻstonliq tumani 2019-yil noyabr Boʻstonliq tumani hokimligi 135. Zangiota tumani 2019-yil may Zangiota tumani hokimligi 136. Toshkent tumani 2019-yil may Toshkent tumani hokimligi 137. Olmaliq shahri 2019-yil dekabr Olmaliq shahar hokimligi 138. Oqqoʻrgʻon tumani 2019-yil sentabr Oqqoʻrgʻon tumani hokimligi 139. Oʻrtachirchiq tumani 2019-yil sentabr Oʻrtachirchiq tumani hokimligi 140. Parkent tumani 2019-yil noyabr Parkent tumani hokimligi 141. Piskent tumani 2019-yil noyabr Piskent tumani hokimligi 142. Ohangaron tumani 2020-yil noyabr Ohangaron tumani hokimligi 143. Nurafshon shahri 2019-yil sentabr Nurafshon shahar hokimligi 144. Ohangaron shahri 2019-yil noyabr Ohangaron shahar hokimligi 145. Bekobod tumani 2020-yil dekabr Bekobod tumani hokimligi 146. Chinoz tumani 2020-yil noyabr Chinoz tumani hokimligi 147. Yuqorichirchiq tumani 2019-yil iyul Yuqorichirchiq tumani hokimligi 148. Yangiyoʻl shahri 2020-yil dekabr Yangiyoʻl shahar hokimligi 149. Yangiyoʻl tumani 2020-yil dekabr Yangiyoʻl tumani hokimligi 150. Qibray tumani 2019-yil sentabr Qibray tumani hokimligi 151. Quyichirchiq tumani 2020-yil sentabr Quyichirchiq tumani hokimligi XORAZM VILOYATI 152. Bogʻot tumani 2019-yil sentabr Bogʻot tumani hokimligi 153. Gurlan tumani 2019-yil sentabr Gurlan tumani hokimligi 154. Qoʻshkoʻpir tumani 2019-yil avgust Qoʻshkoʻpir tumani hokimligi 155. Hazorasp tumani 2019-yil may Hazorasp tumani hokimligi 156. Xiva tumani 2019-yil sentabr Xiva tumani hokimligi 157. Xiva shahri 2019-yil sentabr Xiva shahar hokimligi 158. Xonqa tumani 2019-yil sentabr Xonqa tumani hokimligi 159. Yangiariq tumani 2019-yil avgust Yangiariq tumani hokimligi 160. Yangibozor tumani 2019-yil sentabr Yangibozor tumani hokimligi 161. Shovot tumani 2019-yil sentabr Shovot tumani hokimligi 162. Urganch tumani 2019-yil may Urganch tumani hokimligi 163. Urganch shahri 2019-yil may Urganch shahar hokimligi FARGʻONA VILOYATI 164. Margʻilon shahri 2019-yil sentabr Margʻilon shahar hokimligi 165. Quva tumani 2019-yil sentabr Quva tumani hokimligi 166. Fargʻona tumani 2019-yil avgust Fargʻona tumani hokimligi 167. Yozyovon tumani 2019-yil avgust Yozyovon tumani hokimligi 168. Qoʻshtepa tumani 2019-yil oktabr Qoʻshtepa tumani hokimligi 169. Oltiariq tumani 2019-yil noyabr Oltiariq tumani hokimligi 170. Toshloq tumani 2019-yil avgust Toshloq tumani hokimligi 171. Beshariq tumani 2019-yil avgust Beshariq tumani hokimligi 172. Bogʻdod tumani 2019-yil avgust Bogʻdod tumani hokimligi 173. Dangʻara tumani 2019-yil avgust Dangʻara tumani hokimligi 174. Uchkoʻprik tumani 2019-yil sentabr Uchkoʻprik tumani hokimligi 175. Oʻzbekiston tumani 2019-yil sentabr Oʻzbekiston tumani hokimligi 176. Soʻx tumani 2019-yil iyun Soʻx tumani hokimligi TOSHKENT SHAHRI 177. Olmazor tumani 2019-yil sentabr Olmazor tumani hokimligi 178. Sergeli tumani 2019-yil sentabr Sergeli tumani hokimligi 179. Uchtepa tumani 2019-yil sentabr Uchtepa tumani hokimligi 180. Chilonzor tumani 2019-yil iyul Chilonzor tumani hokimligi 181. Yakkasaroy tumani 2019-yil dekabr Yakkasaroy tumani hokimligi 182. Yashnobod tumani 2019-yil sentabr Yashnobod tumani hokimligi 183. Shayxontohur tumani 2019-yil noyabr Shayxontohur tumani hokimligi 184. Mirobod tumani 2019-yil noyabr Mirobod tumani hokimligi 185. Mirzo Ulugʻbek tumani 2019-yil noyabr Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligi 186. Yunusobod tumani 2019-yil noyabr Yunusobod tumani hokimligi
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzuridagi Davlat xizmatlari markazlari binolarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilishini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2018-yil 8-maydagi PQ-3701-son qaroriga muvofiq tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari binolarini qurish boʻyicha investorlar bilan kelishuvga erishilgan taqdirda, mazkur Reja-jadvalga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
* Qurilish Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
** Qurilish Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
