Xorazm viloyatida qovun yetishtirish hajmlarini yanada koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (114-son)
12.02.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2018-yil 29-30-noyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va 30-noyabr kuni Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi yigʻilishi bayoni ijrosi, shuningdek, Xorazm viloyatida qovun yetishtiruvchi xoʻjaliklarni tashkil etish, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda ishlar olib borish, innovatsion texnologiyalar asosida qovunni ochiq maydonlarda va issiqxonalarda yetishtirish, uni qayta ishlashni kompleks rivojlantirish, sohaning eksport salohiyatini yanada yuksaltirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Xorazm viloyati hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan:
Xorazm viloyatida 2019-2020-yillarda qovun mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmlarini koʻpaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Xorazm viloyatida xatlov natijasiga koʻra aniqlangan, foydalanilmayotgan yerlarda eksportbop qovun mahsulotlarini ochiq usulda 2019-2020-yillarda bosqichma-bosqich yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Xorazm viloyati tumanlarida 2019-2020-yillarda qovun ekish uchun issiqxonalar tashkil etishning prognoz koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Xorazm viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda viloyatdagi zaxira yerlar hisobidan qovun yetishtirishni bosqichma-bosqich koʻpaytirib borish uchun zarur yer maydonlarini belgilangan tartibda ajratish choralarini koʻrsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi:
Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda qovunning ochiq maydonlar va issiqxonalar uchun moʻljallangan eksportbop navlari urugʻlarini yetarli miqdorda yetishtirishni taʼminlasinlar;
“Oʻzagroeksport” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda dunyodagi asosiy isteʼmolchi davlatlarning qovun mahsulotlarini tur va navlari boʻyicha import qilish hajmlarini oʻrganib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev, Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov hamda Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-fevral,
114-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-fevraldagi 114-son qaroriga 1-ILOVA
Xorazm viloyatida 2019-2020-yillarda qovun mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmlarini koʻpaytirish boʻyicha chora-tadbirlar
DASTURI
T/r Chora-tadbirlar Amalga oshirish mexanizmi Bajarish muddati Masʼul ijrochilar 1. Xorazm viloyatida tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, hududlarni qovun yetishtirishga bosqichma-bosqich ixtisoslashtirish. 1. Hududlarni ixtisoslashtirish boʻyicha Ishchi guruh tuzish. 2. Ishchi guruh tomonidan har bir hududning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda ixtisoslashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash. 3. Har bir tumanda qovun mahsulotlarining eksportbop va qayta ishlashga mos nav va duragaylarini tanlab olish. 4. Hududlar ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ekinlarni joylashtirishda almashlab ekish tizimini joriy etish. 2019-yil fevral 2019-yil mart 2019-2020-yillar Xorazm viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi 2. Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan va iqtisodiy samara bermayotgan, qishloq xoʻjaligiga yaroqsiz hamda ball boniteti past yer maydonlarida qovun yetishtirishga ixtisoslashgan issiqxonalarni bosqichma-bosqich tashkil etish. 1. Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan va iqtisodiy samara bermayotgan, qishloq xoʻjaligiga yaroqsiz hamda ball boniteti past yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazish. 2. Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan va iqtisodiy samara bermayotgan, qishloq xoʻjaligiga yaroqsiz hamda ball boniteti past yer maydonlarda issiqxonalarni tashkil etish boʻyicha tashabbuskorlarni aniqlash. 3. Issiqxonalar quradigan subyektlarga xalqaro moliya institutlarining resurslarini jalb etish va tijorat banklari kreditlarini ajratish choralarini koʻrish. 4. Qovun yetishtirishga ixtisoslashgan issiqxonalarni qurish ishlarini amalga oshirish boʻyicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 5. Tarmoq jadvallariga asosan issiqxonalarni qurish boʻyicha monitoring yuritish ishlarini tashkil etish. 2019-yil mart 2019-yil mart 2019-yil aprel 2019-yil aprel 2019-2020-yillar Xorazm viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi 3. Xorazm viloyatida ochiq maydonlarda va issiqxonalarda yetishtirishga moʻljallangan eksportbop qovun navlari urugʻlarini bosqichma-bosqich koʻpaytirish. 1. Viloyatning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda, ochiq maydonlarda hamda issiqxonalarda yetishtirishga moʻljallangan eksportbop qovun navlari urugʻlarini bosqichma-bosqich koʻpaytirish �oʻyicha takliflar tayyorlash. 2. Ochiq maydonlarda va issiqxonalarda yetishtirishga moʻljallangan eksportbop qovun navlari urugʻlarini koʻpaytirish borasida ilmiy asoslangan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. 3. Viloyatda qovun mahsulotlarini yetishtirish maqsadida qovun urugʻlarini koʻpaytirishning 5 yillik sxemasini ishlab chiqish. 4. Urugʻchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari kesimida qovun urugʻlarini koʻpaytirish tadbirlarini bajarish. 2019-yil fevral 2019-yil mart 2019-yil mart 2019-2020-yillar Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Xorazm viloyati hokimligi 4. Ochiq maydonlarda va issiqxonalarda qovun mahsulotlarini yetishtirishda uchraydigan “qovun pashshasi” zararkunandasini aniqlash, unga qarshi kurashish hamda qovun ekilgan maydonlarda fitosanitar tozalikni taʼminlash. 1. Ochiq maydonlarda va issiqxonalarda qovun mahsulotlarini yetishtirishda uchraydigan kasal�ik va zararkunandalarga (qovun pashshasi) qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. 2. Kasallik va zararkunandalarga (qovun pashshasi) qarshi kurashish uchun zarur kimyoviy preparatlar miqdorini aniqlash va zaxirasini yaratish. 3. Qovun kasallik va zararkunandalarini (qovun pashshasi) aniqlash boʻyicha prognoz tadbirlarini amalga oshirish, tutqichlar qoʻyish va zarur qarshi kurashish ishlarini bajarish. 4. Hashorat va kasalliklarga (qovun pashshasi) qarshi kurashish boʻyicha maxsus oʻquv-seminarlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2019-yil mart 2019-yil aprel 2019-yil may — sentyabr “Oʻzagrokimyohimoya” AJ, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi, Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi 5. Ochiq maydonlarda va issiqxonalarda eksportbop qovun navlarini yaratish seleksiyasi boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashtirish. 1. Eksportbop, hosildor, sifat koʻrsatkichlari yuqori, transportbop, kasalliklarga chidamli boʻlgan qovun navlarini yaratish boʻyicha ilmiy-texnik dasturlar doirasida bajariladigan loyihalarni tayyorlash va belgilangan tartibda topshirish. 2. Ilmiy-texnik loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish. 3. Ekspertizadan oʻtkazilgan loyihalarni moliyalashtirish. 2019-yil may 2019-yil oktyabr 2019-yil dekabr Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi 6. Ochiq maydonlarda va issiqxonalarda qovunni ekish, qator oralariga ishlov berish, hosilni yigʻishtirish va tashish boʻyicha talab etiladigan qishloq xoʻjaligi maxsus texniklari va agregatlar bilan taʼminlash. 1. Ochiq maydonlarda va issiqxonalarda qovun yetishtirish uchun talab etiladigan va yetishmaydigan qishloq xoʻjaligi texnikalari va agregatlar turlarini oʻrganish va ularning ajratilishini taʼminlash. 2. Qovunchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarini texnikalar bilan lizing asosida bosqichma-bosqich taʼminlash boʻyicha choralarni koʻrish. 2019-2020-yillar 2019-2020-yillar Xorazm viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi Xorazm viloyati hokimligi, “Oʻzagrolizing” AJ 7. Xorazm viloyatida ochiq maydonlarda va issiqxonalarda qovun yetishtirishga ixtisoslashgan fermer va dehqon xoʻjaliklarini ularning oʻz va boʻnak mablagʻlari hisobidan mineral oʻgʻitlar va yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlash. 1. Ochiq maydonlarda va issiqxonalarda qovun yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga mineral oʻgʻitlar va yonilgʻi-moylash mahsulotlariga boʻlgan talabni oʻrganish. 2. Qovun yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga mineral oʻgʻit va yonilgʻi-moylash mahsulotlari ularning oʻz va boʻnak mablagʻlari hisobidan yetkazib berilishiga koʻmaklashish. 2019-2020-yillar “Oʻzneftmahsulot” AJ, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ, Xorazm viloyati hokimligi 8. Tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida qovun ekinlarini fermer xoʻjaliklari kesimida joylashtirish va ekilishini taʼminlash. 1. Qovun yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari va tayyorlovchi, qayta ishlovchi hamda eksport qiluvchi tashkilotlar oʻrtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzish. 2. Tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish. 3. Tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida qovun ekinlarini fermer xoʻjaliklari kesimida joylashtirish. 4. Qovun ekinlarining fermer xoʻjaliklari kesimida ekilishini taʼminlash. 2019-yil 25-mart 2019-yil 1-aprel 2019-yil may Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi 9. Qovun mahsulotini eksport hajmlarini oshirish. 1. Dunyodagi asosiy isteʼmolchi davlatlarning qovun mahsulotlarini tur va navlari boʻyicha import qilish hajmlarini oʻrganish. 2. Ushbu davlatlarning talablaridan kelib chiqib, eksport shartnomalarini tuzish. 3. Qovun mahsulotlarini eksportga chiqarish. 2019-yil 30-mart har mavsumda Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzagroeksport” AJ, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-fevraldagi 114-son qaroriga 2-ILOVA
Xorazm viloyatida xatlov natijasiga koʻra aniqlangan, foydalanilmayotgan yerlarda eksportbop qovun mahsulotlarini ochiq usulda 2019-2020-yillarda bosqichma-bosqich yetishtirishning
PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-fevraldagi 114-son qaroriga 3-ILOVA
Xorazm viloyati tumanlarida 2019-2020-yillarda qovun ekish uchun issiqxonalar tashkil etishning
PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2019-y., 09/19/114/2602-son; 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son; 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
