Turkmaniston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (16-son)
13.01.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Turkmaniston Prezidenti S.A. Niyozovning 2004-yil 19-noyabrda Oʻzbekistonga qilgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan bitimlar va ahdlashuvlar amalga oshirilishini taʼminlash hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Turkmaniston bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan, tashrif davomida erishilgan bitimlar va ahdlashuvlarni amalga oshirish tadbirlari rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tashrif davomida imzolangan hujjatlar va bitimlar amalga oshirilishi ustidan zarur nazorat oʻrnatsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov, E.M. Gʻaniyev va M.Z. Usmonov bir oy muddatda Turkmanistonning vakolatli organlari bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasidagi tashqi savdo aylanmasi tarkibini chuqur oʻrganib chiqsinlar, chegaradagi savdoni rivojlantirish masalalarini ishlab chiqsinlar va ikki tomonlama savdo turlarini kengaytirish va hajmini koʻpaytirish yuzasidan aniq takliflar kiritsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 13-yanvar,
16-son
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 13-yanvardagi 16-son qaroriga ILOVA
2004-yil 19-noyabrda Buxoro shahrida oliy darajada boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Turkmaniston muzokaralari davomida erishilgan bitimlar va ahdlashuvlarni amalga oshirish TADBIRLARI REJASI
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 2-son, 10-modda)
