51-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjatlariga nisbati
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida (O‘RQ-518-son) · Sana: 06.02.2019 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjatlari yuridik majburiyat yuklovchi qoidalarni oʻz ichiga olmasligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, Konstitutsiyasiga va boshqa qonunchiligiga zid boʻlmasligi kerak. Bunda shunday xalqaro hujjatlarda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga havola qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjatlari, qoida tariqasida, deklaratsiyalar, bayonotlar, kommyunike, anglashuv memorandumlari, ahdlashuv bayonnomalari, hamkorlik rejalari va dasturlari shaklida qabul qilinadi.
Ushbu Qonun qoidalarining xalqaro shartnomalar tuzish tashabbusi bilan chiqishga va ularni imzolashga oid qismi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjatlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
