Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PF-5656-son)
05.02.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Uzumchilik va vinochilikni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish tizimini takomillashtirish, ularning ishlab chiqarilishi va aylanmasini samarali monitoring qilish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish va mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida:
3. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq:
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi belgilangan tartibda beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi;
alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar mahsulotni faqat ulgurji tashkilotlarga realizatsiya qiladi, pivo mahsulotlari, koʻpiklanadigan va tabiiy vinolar bundan mustasno;
barcha yuridik shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanishga haqli;
koʻpiklanadigan va tabiiy vinolarni realizatsiya qilish barcha savdo korxonalari, shuningdek mehmonxonalar xizmatlarini hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqini beruvchi ruxsat etish guvohnomasi boʻlmasdan turib umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi huzuridagi etil spirti sifatini aniqlash boʻyicha laboratoriyalar, ularning tegishli tarzda ishlashi uchun zarur texnik sharoitlarni taʼminlaydigan isteʼmol etil spirtini ishlab chiqaruvchi korxonalarda joylashadi;
alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar oldindan toʻlovni amalga oshirmasdan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqiga ega.
4. 2020-yil 1-yanvardan boshlab aroq va (yoki) likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga quyidagi qoʻshimcha litsenzion talablar joriy etilsin:
uch yil ichida oʻzining texnik uzum navlari plantatsiyalarini bir tekis yaratish va kelgusida vino materiallari va (yoki) vino ishlab chiqarishni tashkil qilish. Bunda texnik uzum navlari ekilganidan keyingi uch yildan soʻng texnik uzum navlari plantatsiyalarining maydoni aroq va (yoki) likyor-aroq mahsulotlarini yillik ishlab chiqarish hajmining 75 foiziga mutanosib keladigan vino materiallari va (yoki) vino ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan hosilni yigʻish imkonini berishi kerak;
aroq hamda isteʼmol etil spirtidan aroq va likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan oʻrnatilgan quvvatlarning 60 foizidan kam boʻlmagan miqdorda foydalanilishini taʼminlash. Bunda yillik ishlab chiqarish hajmi absolyut alkogolga qayta hisoblaganda kamida 100 ming dekalitrni tashkil qilishi lozim;
aroq ishlab chiqarmaydigan korxonalarda isteʼmol etil spirtidan likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan oʻrnatilgan quvvatlarning 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorda foydalanilishini taʼminlash.
Bunda uzum, mevalar va rezavordan tayyorlangan alkogol mahsulotlariga minimal ishlab chiqarish hajmi boʻyicha litsenzion talab oʻrnatilmaydi.
5. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishga ilgari berilgan litsenziyalar, amal qilish muddatidan qatʼi nazar, 2020-yil 1-yanvargacha haqiqiy hisoblanadi va yangi litsenziya talablarini hisobga olgan holda qayta rasmiylashtirilishi shart.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Toshkent shahri, Abay koʻchasi, 6-uy manzili boʻyicha joylashgan tugatilayotgan “Oʻzsharobsanoat” AJning bino va inshootlarini jihozlari va tashkiliy texnikasi bilan birga Agentlik va Inspeksiyaning operativ boshqaruviga berish, shuningdek tugatish jarayoni yakunlanganidan keyin jamiyatning qolgan pul mablagʻlari va asosiy vositalarini Agentlik va Inspeksiyaga teng ulushlarda taqsimlash;
bir oy muddatda “Oʻzstandart” agentligi balansidagi etil spirtning sifatini aniqlash boʻyicha laboratoriyalar mulkini Inspeksiyaning operativ boshqaruviga berish;
2019-yilning oxirigacha “Oʻzsharobsanoat” AJning mazkur Farmonga 1-ilovada koʻzda tutilgan agrofirmalar, ulgurji bazalar va boshqa tashkilotlar ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushlarini belgilangan tartibda savdoga qoʻyishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi salohiyatli, jumladan xorijiy investorlarni mazkur Farmonga muvofiq realizatsiya qilinadigan obyektlar haqida keng xabardor qilish va ularni xarid qilishga jalb etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni qabul qilsin.
7. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda, texnologik va iqtisodiy maqsadga muvofiqligini inobatga olgan holda, isteʼmol etil spirtini ishlab chiqaruvchilar tomonidan oʻz bugʻdoyzorlarini tashkil qilish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki oy muddatda mazkur Farmon talablarini inobatga olgan holda, jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
alkogol mahsulotlari aylanmasini hisobga olish axborot tizimiga ulanishni asosiy litsenziya talabi sifatida belgilagan holda alkogol mahsulotining ulgurji savdosini amalga oshirish boʻyicha litsenziya faoliyatining yangi turini joriy etish;
alkogol va tamaki mahsulotlarining taʼlim, sport va diniy muassasalardan toʻgʻri chiziq boʻyicha ikki yuz metrdan ortiq radiusda joylashgan savdo obyektlarida, shuningdek umumiy savdo maydoni ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan savdo majmualari (bozorlar) va yarmarka pavilyonlarida realizatsiya qilish;
respublika hududiga alkogol mahsulotlarini polietilen, polistirol va boshqa polimer materiallardan tayyorlangan polimer isteʼmol idishlarida olib kirishga taqiq va javobgarlikni oʻrnatish, pivo va vino mahsulotlari bundan mustasno.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-fevral,
PF-5656-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-son Farmoniga 1-ILOVA
“Oʻzsharobsanoat” AJning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladigan tashkilotlar ustav kapitallaridagi ulushlari
roʻyxati
T/rTashkilot nomiHudud“Oʻzsharobsanoat” AJ ulushi(foizlarda)Etil spirti ishlab chiqaruvchi korxonalar 1. “Andijon biokimyo zavodi” AJAndijon viloyati51,022. “Biokimyo” AJToshkent viloyati51,03. “Bektemir-spirt eksperimental zavodi” AJToshkent sh.51,0Alkogol, likyor-aroq va vinochilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar 1. “Noʻkis vino zavodi” AJQoraqalpogʻiston Respublikasi51,02. “Shohrud” AJBuxoro viloyati51,03. “Shahrisabz vino-aroq” AJQashqadaryo viloyati51,014. “Namanganvino” AJ Namangan viloyati57,245. “Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” AJSamarqand viloyati51,06. “Denov vino-aroq” AJSurxondaryo viloyati51,07. “Sirdaryovino” AJSirdaryo viloyati51,08. “Konvin”AJ Toshkent viloyati51,09. “Mastona” AJFargʻona viloyati 51,010. “Urganchsharob” AJ Xorazm viloyati 53,9411. “Oʻzbekiston shampani” AJToshkent sh.51,012. “Toshkentvino kombinati” AJToshkent sh.51,79“Sharobsavdo” ulgurji bazalari1. “Qoraqalpoqsharobsavdo” MCHJQoraqalpogʻiston Respublikasi100,02. “Toʻrtkoʻlsharobsavdo” MCHJQoraqalpogʻiston Respublikasi100,03. “Ellikqalʼasharobsavdo” MCHJQoraqalpogʻiston Respublikasi100,04. “Taxiatosh shahar sharobsavdo” MCHJQoraqalpogʻiston Respublikasi100,05. “Beruniysharobsavdo” MCHJQoraqalpogʻiston Respublikasi100,06. “Qoʻngʻirotsharobsavdo” MCHJQoraqalpogʻiston Respublikasi100,07. “Andijonsharobsavdo” MCHJAndijon viloyati100,08. “Qoʻrgʻontepasharobsavdo” MCHJAndijon viloyati100,09. “Shahrixonsharobsavdo” MCHJAndijon viloyati100,010. “Qoradaryosharobsavdo” MCHJAndijon viloyati100,011. “Baliqchi tuman sharobsavdo” MCHJAndijon viloyati100,012. “Xoʻjaobodsharobsavdo” MCHJAndijon viloyati100,013. “Gʻijduvonsharobsavdo” MCHJBuxoro viloyati100,014. “Olot tuman sharobsavdo” MCHJBuxoro viloyati100,015. “Buxoro shahar sharobsavdo” MCHJBuxoro viloyati100,016. “Tozasharob” MCHJBuxoro viloyati100,017. “Jondorsharobsavdo” MCHJBuxoro viloyati100,018. “Peshku tuman sharobsavdo” MCHJBuxoro viloyati100,019. “Doʻstliksharobsavdo” MCHJJizzax viloyati100,020. “Dashtobodsharobsavdo” MCHJJizzax viloyati100,021. “Marjonbuloqsharobsavdo” MCHJJizzax viloyati100,022. “Bahmalsharobsavdo” MCHJJizzax viloyati100,023. “Gʻallaorol tuman sharobsavdo” MCHJJizzax viloyati100,024. “Zominsharobsavdo” MCHJJizzax viloyati100,025. “Kitobsharobsavdo” MCHJQashqadaryo viloyati100,026. “Nishon tuman sharobsavdo” MCHJQashqadaryo viloyati100,027. “Yakkabogʻsharobsavdo” MCHJQashqadaryo viloyati100,028. “Qarshisharobsavdo” MCHJQashqadaryo viloyati100,029. “Qiziltepasharobsavdo” MCHJNavoiy viloyati100,030. “Navoiy viloyat sharobsavdo” MCHJNavoiy viloyati100,031. “Xatirchisharobsavdo” MCHJNavoiy viloyati100,032. “Zarafshonsharobsavdo” MCHJNavoiy viloyati100,033. “Chortoq tuman sharobsavdo” MCHJNamangan viloyati100,034. “Qorakoʻlsharobsavdo” MCHJNamangan viloyati100,035. “Yangiqoʻrgʻonsharobsavdo” MCHJNamangan viloyati100,036. “Samarqand shahar sharobsavdo” MCHJSamarqand viloyati100,037. “Samarqand tuman sharobsavdo” MCHJSamarqand viloyati100,038. “Oqariqsharobsavdo” MCHJSamarqand viloyati100,039. “Kattaqoʻrgʻon shahar sharobsavdo” MCHJSamarqand viloyati100,040. “Siyosharobsavdo” MCHJSamarqand viloyati100,041. “Ishtixonsharobsavdo” MCHJSamarqand viloyati100,042. “Sifatsharobsavdo” MCHJSamarqand viloyati100,043. “Denovsharobsavdo” MCHJSurxondaryo viloyati100,044. “Qumqoʻrgʻonsharobsavdo” MCHJSurxondaryo viloyati100,045. “Jarqoʻrgʻonsharobsavdo” MCHJSurxondaryo viloyati100,046. “Oltinsoy tuman sharobsavdo” MCHJSurxondaryo viloyati100,047. “Maliksharobsavdo” MCHJSirdaryo viloyati100,048. “Mirzaobodsharobsavdo” MCHJSirdaryo viloyati100,049. “Guliston shahar sharobsavdo” MCHJSirdaryo viloyati100,050. “Toshkentsharobsavdo” MCHJToshkent viloyati100,051. “Qibraysharobsavdo” MCHJToshkent viloyati100,052. “Kelessharobsavdo” MCHJToshkent viloyati100,053. “Damachisharobsavdo” MCHJToshkent viloyati100,054. “Oʻzgarishsharobsavdo” MCHJToshkent viloyati100,055. “Olmaliqsharobsavdo” MCHJToshkent viloyati100,056. “Yangiyoʻlsharobsavdo” MCHJToshkent viloyati100,057. “Chirchiqsharobsavdo” MCHJToshkent viloyati100,058. “Quyichirchiqsharobsavdo” MCHJToshkent viloyati100,059. “Oʻrtaovulsharobsavdo” MCHJToshkent viloyati100,060. “Ohangaron shahar sharobsavdo” MCHJToshkent viloyati100,061. “Chinozsharobsavdo” MCHJToshkent viloyati100,062. “Bekobodsharobsavdo” MCHJ Toshkent viloyati100,063. “Gʻazalkentsharobsavdo” MCHJToshkent viloyati100,064. “Boʻstonliq tuman sharobsavdo” MCHJToshkent viloyati100,065. “Osiyosharobsavdo” MCHJFargʻona viloyati100,066. “Qoʻqon shahar sharobsavdo” MCHJFargʻona viloyati100,067. “Vodilsharobsavdo” MCHJFargʻona viloyati100,068. “Xorazmsharobsavdo” MCHJXorazm viloyati100,069. “Xonkasharobsavdo” MCHJXorazm viloyati100,070. “Xivasharobsavdo” MCHJXorazm viloyati100,071. “Yangibozorsharobsavdo” MCHJXorazm viloyati100,072. “Qoʻshkoʻpirsharobsavdo” MCHJXorazm viloyati100,073. “Markazsharobsavdo” MCHJToshkent sh.100,074. “Oynursharobsavdo” MCHJToshkent sh.100,075. “Faizsharobsavdo” MCHJToshkent sh.100,076. “Chilonzor tuman sharobsavdo” MCHJToshkent sh.100,077. “Mirzo Ulugʻbek tuman hududiy ixtisoslashgan sharob-savdo bazasi” MCHJToshkent sh.100,078. “Yantarsharobsavdo” MCHJToshkent sh.100,079. “Yunusobod tuman sharobsavdo” MCHJToshkent sh.100,080. “Uchtepasharobsavdo” MCHJToshkent sh.100,081. “Shayhontoxursharobsavdo” MCHJToshkent sh.100,082. “Sharqsharobsavdo” MCHJToshkent sh.100,0Agrofirmalar1. “Agroexport RK-group” MCHJQoraqalpogʻiston Respublikasi3,352. “Vodiy mirishkori agrofirmasi” MCHJAndijon viloyati10,03. “Oltin shingil agrofirmasi” MCHJAndijon viloyati2,384. “Uzumsharobeksport” MCHJAndijon viloyati10,05. “Buxaraagrofrukt” MCHJBuxoro viloyati1,96. “Shofirkon uzum” MCHJBuxoro viloyati5,867. “Buxaraagromirimpeks” MCHJBuxoro viloyati14,28. “Baxmalagrosilver” MCHJJizzax viloyati5,929. “Gʻallaorol agrotex gold” MCHJJizzax viloyati14,6610. “Yangioboduzumservis” MCHJ **Jizzax viloyati93,511. “Shahrisabz noz-nematlari” MCHJQashqadaryo viloyati5,5712. “Kitobuzumservis” MCHJQashqadaryo viloyati74,9513. “Tupchoq uzumzorlari” MCHJQashqadaryo viloyati8,4414. “Yakkaboguzumservis” MCHJQashqadaryo viloyati9,015. “Jannatmakon saxovati agrofirmasi” MCHJNavoiy viloyati9,116. “Xatirchi uzumzori” MCHJNavoiy viloyati17,9217. “Quyoshli yurt uzumi” MCHJNamangan viloyati11,218. “Kapitalagroimpeks” MCHJNamangan viloyati2,319. “Urgut zamin sohibkori” MCHJSamarqand viloyati 5,9320. “Sirdaryo moʻminobod toklari” MCHJSamarqand viloyati10,021. “Bulungʻurmevaeksport” MCHJSamarqand viloyati5,222. “Charosagrouzumlari” MCHJSamarqand viloyati8,0623. “Agromevauzum” MCHJSamarqand viloyati10,024. “Maroqand oxalik uzumlari” MCHJSamarqand viloyati10,025. “Kattaqoʻrgʻon maska uzum bogʻlari” MCHJSamarqand viloyati10,026. “Ishtixonmevaeksport” MCHJSamarqand viloyati10,027. “Dilkisho-sifat” MCHJSamarqand viloyati9,9928. “Shashmohkashob” MCHJSurxondaryo viloyati0,9929. “Qumqoʻrgʻon agrofirmasi” MCHJSurxondaryo viloyati10,030. “Oltinsoy kamalagi” MCHJSurxondaryo viloyati10,031. “Qorasuvmevasabzavod” MCHJSurxondaryo viloyati4,7232. “Mirzaobodanorzoruzumzorlari” MCHJSirdaryo viloyati 74,733. “Agrobiznesparkent” MCHJToshkent viloyati5,9134. “Parkentkonsaltingtexnikservis” MCHJToshkent viloyati73,835. “Boʻstonliquzumservis” MCHJToshkent viloyati2,9736. “Yangiyoʻldavragro” MCHJToshkent viloyati5,8737. “Fayzmegamax” MCHJToshkent viloyati9,3838. “Ohangaronuzumagro” MCHJToshkent viloyati10,039. “Zangiotauzummahsulotsavdo” MCHJToshkent viloyati10,040. “Mastona Osiyo Namkor” MCHJFargʻona viloyati1,3141. “Quvasoyuzumzori” MCHJFargʻona viloyati10,042. “Xorazmuzumitayyorlovsavdo” MCHJXorazm viloyati1,71Boshqa tashkilotlar1. “Yangiobod uzumchilik oʻquv markazi” MCHJJizzax viloyati1,252. “Uzagroelectron” MCHJQashqadaryo viloyati1003. “Yakkabogʻsharobkonserva” MCHJQashqadaryo viloyati98,534. “Chorraxamuzmeva” MCHJQashqadaryo viloyati42,85. “Original gold garden” MCHJQashqadaryo viloyati32,26. “Davr sharob” MCHJQashqadaryo viloyati24,37. “Subtropik ekinlari” MCHJSurxondaryo viloyati1008. “Xoʻjaipok sanatoriyasi sogʻlomlashtirish majmuasi” MCHJSurxondaryo viloyati42,99. “Chotqol” MCHJToshkent viloyati12,510. “Vinagroimpeks” MCHJToshkent sh.52,5111. “Mark and Control Sys.” MCHJToshkent sh.30,012. “Vinolar markazi” MCHJToshkent sh.12,013. “Qishloq hayoti” gazetasi tahririyati” MCHJToshkent sh.12,014. “BLKTB-Mevasabzavot” MCHJToshkent sh.11,3515. “Sharobsoz” MCHJToshkent sh.4,3416. “Qishloq qurilish invest” MCHJToshkent sh.2,7517. “Qishloq qurilish bank” ATBToshkent sh.1,2018. “Savdogar” ATBToshkent sh.0,0219. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” AJToshkent sh.0,0003
** “Yangioboduzumservis” MCHJga nisbatan mulkiy huquq va majburiyatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni 1-ilovasining rus tilidagi matni 65-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-noyabrdagi PQ-505-son “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida:
b) 2-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
v) 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3573-son “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori 2-bandining beshinchi xatboshi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda ushbu faoliyatga mazkur bandning toʻrtinchi xatboshi talablari tatbiq etilmaydi”.
