Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PF-5666-son)
19.02.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Davlat mulki obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-oktabrdagi “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5552-son Farmoniga muvofiq eksperiment tariqasida 444 ta boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlari 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narx boʻyicha elektron savdo maydonchasida auksionga chiqarilib, shundan 310 ta obyekt 172 mlrd soʻm investitsiya kiritish hamda 3 536 ta yangi ish oʻrinlari yaratish sharti bilan 11,2 mlrd soʻmga sotilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-oktabrdagi “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5552-son Farmonida belgilangan davlat mulki obyektlarini sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha eksperiment oʻtkazish muddatini 2020-yil 1-yanvarga qadar uzaytirish haqidagi taklifi maʼqullansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi qoshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil qilish markazi” davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga oʻtkazilsin va u mazkur Markazning taʼsischisi sifatida belgilansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat mulkini jismoniy va nodavlat yuridik shaxslarga realizatsiya qilish, shuningdek, ijara va ishonchli boshqaruvga berish qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda ommaviy savdolar, shu jumladan “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali amalga oshiriladi;
2025-yil 1-fevraldan boshlab, boshlangʻich narxi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ming baravarigacha boʻlgan davlat aktivlarini, yer uchastkalarini (shu jumladan, yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini va koʻchma savdo joylarini) hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning mulklarini sotish va ijaraga berish boʻyicha oʻtkaziladigan elektron onlayn auksion savdolari jarayonida ishtirokchilar tomonidan uchinchi qadamdan boshlab shaxsiy hisobvaragʻida kamida ularning narx taklifiga nisbatan amaldagi zakalat miqdoridagi summaga ega boʻlish tartibi kiritiladi. Bunda ushbu mablagʻlar zakalat sifatida hisobga olinadi;
davlat koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish uchun elektron savdolarga chiqarishda, ular boʻyicha ijara toʻlovining eng kam stavkasi obyektni balansda saqlovchilar tomonidan ijaraga berish maqsadida koʻrsatilgan faoliyat turidan kelib chiqqan holda koʻrsatiladi;
davlat mulki obyektlari ijaraga berish uchun auksionga chiqarilganda ijaraga berish muddati uch yil etib belgilanadi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bunda, ijaraga oluvchi tomonidan majburiyatlar oʻz vaqtida va toʻliq bajarilgan taqdirda ijara muddati besh yil muddatga uzaytiriladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
5. Quyidagilar:
“E-AUKSION” elektron savdo platformasida 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narx boʻyicha investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan sotiladigan davlat mulki obyektlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
belgilangan tartibda sotilishi lozim boʻlgan davlat mulki obyektlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
kelgusida samarali foydalanish uchun davlat organlariga operativ boshqaruv huquqi asosida berilishi lozim boʻlgan davlat mulki obyektlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda:
mazkur Farmonning 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan tegishli yer uchastkalari, bino va inshootlarning kadastr hujjatlari tayyorlanishini hamda ularga boʻlgan huquqlarning qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur Farmonning 3-ilovasida koʻrsatilgan davlat mulki obyektlarini qabul qilish-topshirish ishlarini, shuningdek, ulardan kelgusida samarali foydalanilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining:
b) “Kvars” AJ ustav kapitalidagi 20 foiz davlat aksiyalari paketini bosqichma-bosqich fond birjasida ikkilamchi SPO oʻtkazish orqali, dastlab 2019-yilning iyun oyida aksiyalar paketining 5 foizini sotuvga chiqargan holda savdoga qoʻyish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
9. Belgilab qoʻyilsinki:
“E-AUKSION” elektron savdo platformasida sotilgan davlat mulk obyektlariga doir investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish xaridor tomonidan oʻz zimmasiga olingan mahsulot (xizmatlar) ishlab chiqarishning boshlanishi va yangi ish oʻrinlari yaratilishini nazarda tutuvchi majburiyatlar bajarilgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
vakolatli davlat organlari qarorlari boʻyicha sotilgan davlat mulki obyektlarining oldi-sotdi shartnomalarini majburiy ravishda notarial tasdiqlash talab etilmaydi.
10. “Nol” xarid qiymatida sotishda, shu jumladan, avval sotilgan davlat mulki obyektlari boʻyicha investitsiya majburiyatlari bajarilgan deb qabul qilingan paytdan boshlab bir yil davomida yangi ish oʻrinlarini saqlab qolish tartibi bekor qilinsin.
11. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktoriga Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli murojaati kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun muddatda kelishilishini taʼminlagan holda, yuqori turuvchi manfaatdor davlat organlari, shuningdek, Davlat budjetidan qoʻshimcha mablagʻlar nazarda tutilgan hollarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi roziligiga muvofiq idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, davlat koʻchmas mulk obyektlarini, shuningdek, xoʻjalik jamiyati yoki nodavlat notijorat tashkilotiga davlat mulki sifatida biriktirilgan respublika mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini (qonunchilik hujjatlariga muvofiq xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno), avtomototransport vositalarini hamda boshqa asosiy vositalarni bir tashkilot tasarrufidan boshqa bir davlat tashkiloti tasarrufiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari tegishli tuman (shahar) hokimining murojaatidan soʻng ikki oy muddatda balansda saqlovchilar tomonidan ularning tasarrufidagi hududda joylashgan, belgilangan tartibda respublika davlat boshqaruvi organlariga biriktirilgan, foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini (xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno) ijaraga berish taʼminlanmagan taqdirda, ushbu obyektlarni tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda balansda saqlovchilar uchun ajratmalarni tegishli mahalliy budjetga yoʻnaltirgan holda ijaraga berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi berilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda “E-AUKSION” elektron savdo platformasida sotiladigan davlat mulki obyektlari toʻgʻrisida tadbirkorlar va aholini doimiy ravishda keng xabardor qilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-fevral,
PF-5666-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-son Farmoniga 1-ILOVA
“E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narx boʻyicha investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan sotiladigan davlat mulki obyektlari
ROʻYXATI
T/r T/r Obyektlar nomi Joylashgan manzili Maydoni (m2) (aniqlik kiritilishi lozim) Balansda saqlovchi Idoraviy mansubligi umumiy qurilmalar Buxoro viloyati 1. 1. Sobiq “Yosh mexanizator” bolalar sogʻlomlashtirish lagerining bino va inshootlari Vobkent tumani, “Imomqozixon” QFY, “Quyi Xalach” qishlogʻi 133 648 4 312,2 Vobkent tumani Obodonlashtirish boshqarmasi Buxoro viloyati hokimligi 2. 2. Sobiq 15-son harbiy shaharchaning bino va inshootlari Olot tumani, “Oqqali” MFY, Maʼrifat koʻchasi 20 000 3 157 Olot tumani hokimligi Buxoro viloyati hokimligi 3. 3. 1-sonli suv koʻtarish nasos stansiyasining bino va inshootlari Qorovulbozor tumani, “Navbahor” QFY, “Choʻlquvar” mavzesi 500 245,1 Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK Buxoro viloyati hokimligi Jizzax viloyati 4. 1. Sobiq “Muruvvat-agrosanoat” MCHJning boʻsh turgan bino va inshootlarining bir qismi Zomin tumani, “Oqar” QFY 9 000 2 268,74 Zomin tumani hokimligi Jizzax viloyati hokimligi 5. 2. Boʻsh turgan qozonxona binosi Zomin tumani, Zomin shahri “Qayirma” MFY 720 210 Zomin tumani Tibbiyot birlashmasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Qashqadaryo viloyati 6. 1. Tugʻruq kompleksining qurilishi tugallanmagan binosi Qamashi tumani, Oʻzbekiston Mustaqilligi koʻchasi 18 750 2 094 “Yagona buyurtmachi xizmati” IK Qashqadaryo viloyati hokimligi 7. 2. Markaziy taʼmirlash ustaxonasining binosi (sobiq “Poʻlat Xazina” MMTP ) Mirishkor tumani, “Chamanzor” qishlogʻi 65 400 2 370,01 Mirishkor tumani hokimligi Qashqadaryo viloyati hokimligi 8. 3. Maʼmuriy obmorxona bino va inshootlari Nishon tumani, “Nishon” QFY 8 240 3 635,67 Qarshi shahri Magistral kanallar boshqarmasi Suv xoʻjaligi vazirligi 9. 4. Sobiq “EAUS-Sardor” ICHSFning mulkiy majmuasi (mato boʻlmagan materiallar va tibbiyot paxtasini ishlab chiqarish fabrikasi) Yakkabogʻ tumani, “Chaydaria” QFY 62 000 5 361,73 Yakkabogʻ tumani hokimligi Qashqadaryo viloyati hokimligi Samarqand viloyati 10. 1. Muzlatgichning boʻsh turgan bino va inshootlari Bulungʻur tumani, “Xoʻjabachcha” MFY 14 300 2 538 Bulungʻur tumani hokimligi Samarqand viloyati hokimligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-son Farmoniga 2-ILOVA
Belgilangan tartibda sotilishi lozim boʻlgan davlat mulki obyektlari
ROʻYXATI
T/r T/r Obyektlar nomi Joylashgan manzili Maydoni (m2) (aniqlik kiritilishi lozim) Balansda saqlovchi Idoraviy mansubligi umumiy qurilmalar Jizzax viloyati 1. 1. “Jizzax issiqlik energoqurilish” MCHJ ustav kapitalidagi 74,46% davlat ulushi* Jizzax shahar - - Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati 2. 1. Omborning bino va inshootlari Andijon sh., Chinobod koʻchasi, 60-uy 6 800 3 447 “Yagona buyurtmachi xizmati” IK Andijon viloyati hokimligi Toshkent shahri 3. 1. “International Beverages Tashkent” MCHJ QK ustav kapitalidagi 24,0% davlat ulushi Toshkent sh., Sergeli tumani, Qumariq koʻchasi - - Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
* hududiy tanlov komissiyasi tomonidan belgilanadigan investitsiya majburiyatlarni bajarish muddatlari va shartlari asosida davlat ulushi “Jada color Tekstil” MCHJga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida “nol” xarid qiymatida sotiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-son Farmoniga 3-ILOVA
Kelgusida samarali foydalanish uchun davlat organlariga operativ boshqaruv huquqi asosida berilishi lozim boʻlgan davlat mulki obyektlari
ROʻYXATI*
T/r T/r Obyektning nomi Joylashgan manzili Maydoni (m2) (aniqlik kiritilishi lozim) Balansda saqlovchi Idoraviy mansubligi Samarali foydalanish boʻyicha choralar jami qurilmalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. 1. Qozonxona binosi Nukus shahri, T. Kaypbergenov koʻchasi 242,72 242,72 “Kommunallik issilik orayi” DK Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ixtisosligi boʻyicha foydalanish uchun berish 2. 2. 5-sonli qozonxona binosi Chimboy tumani 72 72 “Kommunallik issilik orayi” DK Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Chimboy tumani hokimligiga samarali foydalanish uchun berish 3. 3. 4-sonli qozonxona binosi (2-sonli maktab hududida joylashgan) Qoraoʻzak tumani, Garessizlik koʻchasi 264 264 “Kommunallik issilik orayi” DK Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Qoraoʻzak tumani hokimligiga samarali foydalanish uchun berish 4. 4. 5-sonli qozonxona binosi (28-sonli maktab hududida joylashgan) Qoraoʻzak tumani, Garessizlik koʻchasi 136 136 “Kommunallik issilik orayi” DK Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Qoraoʻzak tumani hokimligiga samarali foydalanish uchun berish 5. 5. 6-sonli qozonxona binosi Qoraoʻzak tumani, K. Rzayev koʻchasi 90,27 90,27 “Kommunallik issilik orayi” DK Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Qoraoʻzak tumani hokimligiga samarali foydalanish uchun berish 6. 6. 1-sonli qozonxona Qonlikoʻl tumani 145,76 145,76 “Kommunallik issilik orayi” DK Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Qonlikoʻl tumani hokimligiga samarali foydalanish uchun berish 7. 7. 2-sonli qozonxona Qonlikoʻl tumani 146,3 146,3 “Kommunallik issilik orayi” DK Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Qonlikoʻl tumani hokimligiga samarali foydalanish uchun berish 8. 8. 3-sonli qozonxona Qonlikoʻl tumani 52,44 52,44 “Kommunallik issilik orayi” DK Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Qonlikoʻl tumani hokimligiga samarali foydalanish uchun berish 9. 9. 4-sonli qozonxona Qonlikoʻl tumani 146,3 146,3 “Kommunallik issilik orayi” DK Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Qonlikoʻl tumani hokimligiga samarali foydalanish uchun berish 10. 10. 5-sonli qozonxona Qonlikoʻl tumani 51,52 51,52 “Kommunallik issilik orayi” DK Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Qonlikoʻl tumani hokimligiga samarali foydalanish uchun berish 11. 11. 7-sonli qozonxona Qonlikoʻl tumani 65,35 65,35 “Kommunallik issilik orayi” DK Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Qonlikoʻl tumani hokimligiga samarali foydalanish uchun berish Buxoro viloyati 12. 1. Buxoro tibbiyot kollejining boʻsh turgan oʻquv binosi Buxoro shahri, Namozgoh koʻchasi, 50 2 570,25 932,4 Buxoro tibbiyot kolleji Sogʻliqni saqlash vazirligi Buxoro viloyati koʻz kasalliklari shifoxonasiga berish 13. 2. Buxoro muhandislik-texnologiya institutining foydalanilmayotgan oʻquv binosi Buxoro shahri, A. Yassaviy koʻchasi, 3 2 880 2 016 Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Buxoro shahar hokimligiga samarali foydalanish uchun berish 14. 3. Axborot resurs markazi binosi Buxoro shahri, B. Naqshband koʻchasi, 168 8 400 1 892 Buxoro davlat universiteti Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Buxoro viloyati Davlat xizmatlari agentligiga kelgusida samarali foydalanish uchun berish Navoiy viloyati 15. 1. 10-sonli xonadon Navoiy shahri, Shabboda koʻchasi, 7 42,3 42,3 “Navoiy KMK” DK Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Navoiy shahar hokimligiga “Oʻzbekiston” MFYga maʼmuriy bino sifatida foydalanish uchun berish 16. 2. 8-sonli xonadon Navoiy shahri, Oʻzbekiston koʻchasi, 8 38,5 38,5 “Navoiy KMK” DK Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Navoiy shahar hokimligiga “Gʻalaba” MFYga maʼmuriy bino sifatida foydalanish uchun berish 17. 3. 1-sonli xonadon Navoiy shahri, Nizomiy koʻchasi, 8 69,42 69,42 “Navoiy KMK” DK Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Navoiy shahar hokimligiga “Chinor” MFYga maʼmuriy bino sifatida foydalanish uchun berish 18. 4. 1-sonli xonadon Navoiy shahri, I. Karimov koʻchasi, 114 30,13 30,13 “Navoiy KMK” DK Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Navoiy shahar hokimligiga “Doʻstlik” MFYga maʼmuriy bino sifatida foydalanish uchun berish 19. 5. 20-sonli xonadon Navoiy shahri, Janubiy koʻchasi, 13 42 42 “Navoiy KMK” DK Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Navoiy shahar hokimligiga “Janubiy” MFYga maʼmuriy bino sifatida foydalanish uchun berish 20. 6. 3-sonli xonadon Navoiy shahri, M. Ulugʻbek koʻchasi, 27 69,4 69,4 “Navoiy KMK” DK Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Navoiy shahar hokimligiga “Gulzor” MFYga maʼmuriy bino sifatida foydalanish uchun berish 21. 7. 6-sonli xonadon Navoiy shahri, 2-mikro tuman, 3b 34,2 34,2 “Navoiy KMK” DK Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Navoiy shahar hokimligiga “Zarafshon” MFYga maʼmuriy bino sifatida foydalanish uchun berish 22. 8. 11-sonli xonadon Navoiy shahri, Shabboda koʻchasi, 7 41 41 “Navoiy KMK” DK Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Navoiy shahar hokimligiga kelgusida samarali foydalanish uchun berish 23. 9. 6-sonli xonadon Navoiy shahri, I. Karimov shoh koʻchasi, 74 48,22 48,22 “Navoiy KMK” DK Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Navoiy shahar hok�mligiga kelgusida samarali foydalanish uchun berish 24. 10. 1-sonli xonadon Navoiy shahri, I. Karimov shoh koʻchasi, 49 74,07 74,07 “Navoiy KMK” DK Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Navoiy shahar hokimligiga kelgusida samarali foydalanish uchun berish 25. 11. 7-sonli xonadon Navoiy shahri, I. Karimov shoh koʻchasi, 74 48,22 48,22 “Navoiy KMK” DK Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Navoiy shahar hokimligiga kelgusida samarali foydalanish uchun berish 26. 12. 15-sonli xonadon Navoiy shahri, Shabboda koʻchasi, 7 42,2 42,2 “Navoiy KMK” DK Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Navoiy shahar hokimligiga kelgusida samarali foydalanish uchun berish 27. 13. 15-sonli xonadon Navoiy shahri, Ibn Sino koʻchasi, 32 47,72 47,72 “Navoiy KMK” DK Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Navoiy shahar hokimligiga profilaktika boʻyicha inspektorlarni joylashtirish uchun berish 28. 14. 16-sonli xonadon Navoiy shahri, Ibn Sino koʻchasi, 32 47,72 47,72 “Navoiy KMK” DK Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Navoiy shahar hokimligiga profilaktika boʻyicha inspektorlarni joylashtirish uchun berish 29. 15. 17-sonli xonadon Navoiy shahri, Ibn Sino koʻchasi, 32 47,72 47,72 “Navoiy KMK” DK Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Navoiy shahar hokimligiga profilaktika boʻyicha inspektorlarni joylashtirish uchun berish 30. 16. 18-sonli xonadon Navoiy shahri, Ibn Sino koʻchasi, 32 47,72 47,72 “Navoiy KMK” DK Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Navoiy shahar hokimligiga profilaktika boʻyicha inspektorlarni joylashtirish uchun berish 31. 17. NKMK Markaziy kon boshqarmasining “Plamya” madaniyat klubi binosi Zarafshon shahri, “Yulduz” savdo markazi 1789,19 1789,19 “Navoiy KMK” DK Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Zarafshon shahar hokimligiga kelgusida samarali foydalanish uchun berish 32. 18. 10-sonli xonadon Zarafshon shahri, 3-mikro tuman, 12 51,8 51,8 “Navoiy KMK” DK Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Zarafshon shahar hokimligiga “Oltin vodiy” MFYga maʼmuriy bino sifatida foydalanish uchun berish 33. 19. 1-sonli xonadon Uchquduq tumani, Navroʻz koʻchasi, 14 36 36 “Navoiy KMK” DK Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Uchquduq tumani hokimligiga ichki ishlar organlarining tayanch punkti maʼmuriy binosi sifatida foydalanish uchun berish 34. 20. 1-sonli xonadon Uchquduq tumani, Boʻston koʻchasi, 3 62 62 “Navoiy KMK” DK Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Uchquduq tumani hokimligiga ichki ishlar organlarining tayanch punkti maʼmuriy binosi sifatida foydalanish uchun berish 35. 21. ZQBning Uchquduq tumanidagi mexanizatsiya ishlarini boshqarish maydoni Uchquduq tumani 9 477,5 339,27 “Navoiy KMK” DK Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Uchquduq tumani hokimligiga kelgusida maqsadli foydalanish uchun berish 36. 22. ZQBning 39-sonli qurilish montaj boshqarmasining maxsus maydoni Uchquduq tumani 42 140 - “Navoiy KMK” DK Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Uchquduq tumani hokimligiga kelgusida maqsadli foydalanish uchun berish Namangan viloyati 37. 1. Sobiq 18-sonli musiqa va sanʼat maktabining bino va inshootlari Yangiqoʻrgʻon tumani, “Zarkent” QFY, “Madaniyat” MFY 51 636 2 684,99 Yangiqoʻrgʻon madaniyat boʻlimi Madaniyat vazirligi 9201-sonli harbiy qismga samarali foydalanish uchun berish Surxondaryo viloyati 38. 1. Bino va inshootlar Termiz shahri, A. Temur koʻchasi, 94 42 900 12 391,4 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyati hokimligiga kelgusida maqsadli foydalanish uchun berish 39. 2. Bino va inshootlar Termiz shahri, A. Navoiy koʻchasi, 41a 3 100 596,3 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyati hokimligiga kelgusida maqsadli foydalanish uchun berish 40. 3. Bino va inshootlar Termiz shahri, A. Navoiy koʻchasi, 28 1 696 1 865,2 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyati hokimligiga kelgusida maqsadli foydalanish uchun berish 41. 4. Bino va inshootlar Termiz shahri, Birdamlik koʻchasi, 20a 7 117 3 625,9 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyati hokimligiga kelgusida maqsadli foydalanish uchun berish 42. 5. Bino va inshootlar Termiz shahri, Totuvlik koʻchasi, 3 10 650 4 676,7 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyati hokimligiga kelgusida maqsadli foydalanish uchun berish 43. 6. Issiqxona binosi Termiz tumani, “Pattakesar” QFY, “Manguzar” mahallasi 10 000 9 944 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyati hokimligiga kelgusida maqsadli foydalanish uchun berish 44. 7. Garaj binosi Termiz tumani, “Yangiariq” QFY, Quyoshli mahallasi 800 381 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyati hokimligiga kelgusida maqsadli foydalanish uchun berish Sirdaryo viloyati 45. 1. Axborot-resurs markazi binosi Guliston shahri, I. Karimov koʻchasi, 104 2 915,9 1 195,1 Guliston davlat universiteti Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Guliston shahar hokimligiga berish Fargʻona viloyati 46. 1. Axborot-resurs markazi binosi Fargʻona shahri, A. Navoiy koʻchasi, 66 358 358 Fargʻona politexnika instituti Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Fargʻona shahar hokimligiga koʻzi ojizlarga moʻljallangan kutubxona ochish uchun berish Xorazm viloyati 47. 1. Flyuorografiya va sil kasalligi boʻlimining boʻsh turgan binosi Urganch tumani, Ibn Sino koʻchasi, 12 600 527,4 Urganch tumani tibbiyot birlashmasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Urganch tumani hokimligiga samarali foydalanish uchun berish
* Izoh: Kelgusida mazkur davlat mulki obyektlari belgilangan tartibda tasarruf qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-son Farmoniga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-yanvardagi “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4933-son Farmoni 1-bandida:
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-iyuldagi “Davlat mulki obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2200-son qaroriga 6-ilovaning 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2340-son qarorida:
a) 2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “strategik xorijiy investorlarga” soʻzlari “xususiy, shu jumladan xorijiy investorlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidan “birinchi navbatda xorijiy investorlarga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovaning rus tilidagi matni nomlanishidagi “strategicheskim inostrannim investoram” soʻzlari “chastnim investoram, v tom chisle inostrannim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning rus tilidagi matni nomlanishidan “v pervuyu ochered inostrannim investoram” soʻzlari chiqarib tashlansin.
