Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (3135-son)
04.02.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 4-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3135]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. NABIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-dekabr,
29-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 29-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Ushbu Nizom davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya instruktorlari, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari hamda oliy taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari, kafedra mudirlarining (bundan buyon matnda pedagog kadrlar deb yuritiladi) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligi reyting tizimi orqali har 5 yilda bir marta baholanadi.
2. Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini reyting tizimi orqali baholashdan maqsad pedagog kadrlarning oʻquv fani boʻyicha malakasi, dars oʻtish mahorati, ish faoliyati samaradorligini aniqlash, taʼlim sifatini yaxshilash orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, oʻquvchilarning (talabalar) fanlarni oʻzlashtirishida boʻshliqlar hosil boʻlishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
3. Ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlar ishga qabul qilinganidan keyin 1 yildan soʻng, oliy taʼlim tashkilotlari yoki professional taʼlim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirganlar kasbiy faoliyatiga 3 yil toʻlgandan soʻng pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholashga jalb etiladi.
4. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan holda uzoq muddat (uch oydan ortiq) davolanayotgan, homiladorlik, tugʻish hamda bolani parvarishlash taʼtilidagi pedagog kadrlar ish faoliyatiga qaytganlariga 1 yil toʻlgandan soʻng pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholashga jalb etiladi.
5. Pedagog kadrning faoliyati samaradorligining aniqlangan reytingi pedagog kadr bir taʼlim tashkilotidan boshqasiga ishga oʻtganda saqlanadi.
2-bob. Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholash ishlarini tashkil qilish
6. Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini aniqlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) boshliqlarining buyrugʻi bilan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlari (bundan buyon matnda tegishli taʼlim tashkilotlari deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda kamida 9 kishidan iborat baholash komissiyalari (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
Komissiya tarkibi quyidagi tartibda shakllantiriladi:
komissiya raisi — tegishli hududiy boshqarma boshligʻi oʻrinbosari;
komissiya aʼzolari — davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkiloti, sport federatsiyalarining hududiy boʻlimlari (hududda rivojlangan sport turi boʻyicha) rahbar xodimlari hamda professor-oʻqituvchilari;
komissiya kotibi — tegishli hududiy boshqarma masʼul xodimi.
Komissiya tarkibi har 5 yilda bir marta yangilanadi.
7. Komissiya raisi:
komissiya ishini tashkil etadi;
komissiya aʼzolarining vazifalarini belgilaydi;
komissiya faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Komissiya raisi mazkur Nizomda belgilangan boshqa vazifalarni ham bajaradi.
8. Komissiya raisi pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholashning adolatli, oshkoralik tamoyillari asosida oʻtkazilishi hamda natijalarning xolisligi uchun javobgar boʻladi.
9. Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholashdan oʻtuvchi pedagog kadrlarning komissiya tarkibiga kiritilishi man etiladi.
10. Komissiya oʻz faoliyatini mazkur Nizom va taʼlim mazmuniga qoʻyilgan Davlat taʼlim standartlari talablarini bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa qonunchilik hujjatlari asosida olib boradi.
11. Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholash muddati, baholash shartlari va tartibi komissiya tomonidan bir oy oldin eʼlon qilinadi.
12. Komissiyaga pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholashga doir hujjatlarni oʻz vaqtida, toʻliq va toʻgʻri taqdim etilishini taʼminlash maqsadida tegishli taʼlim tashkilotlarida taʼlim tashkiloti rahbarining buyrugʻi bilan shakllantiriladigan ekspert guruhi tuziladi.
13. Ekspert guruhi kamida 5 kishidan iborat quyidagi tarkibda tuziladi:
ekspert guruhi raisi — tegishli taʼlim tashkiloti rahbari;
ekspert guruhi aʼzolari — pedagogik kengash qarori bilan tasdiqlangan kamida 2 nafar pedagog, kasaba uyushmasi raisi;
ekspert guruhi kotibi — tegishli taʼlim tashkilotlari rahbarining oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari.
14. Pedagog kadr tomonidan ekspert guruhiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
pedagog kadrning ilmiy daraja yoki ilmiy unvon olganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (agar mavjud boʻlsa);
pedagog kadrning malaka oshirganligi toʻgʻrisidagi sertifikat nusxasi (agar mavjud boʻlsa).
15. Ekspert guruhi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida pedagog kadrning hujjatlar yigʻmajildi tayyorlanib, komissiyaga taqdim etiladi.
Hujjatlar yigʻmajildida pedagog kadrning malaka oshirganligi toʻgʻrisidagi sertifikat nusxasi, pedagog kadrning oʻquv yili davomida oʻtgan dars va ochiq darslari, pedagog kadr oʻquvchilarining (talabalar) fanlarni oʻzlashtirish reytingi va erishgan yutuqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi maʼlumotnoma mavjud boʻlishi talab etiladi. Bunda maʼlumotnoma ekspert guruhi ekspert guruhi raisi va aʼzolari tomonidan imzolangan holda komissiyaga taqdim etiladi.
16. Ekspert guruhi tomonidan hujjatlar komissiyaga elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
3-bob. Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholash
17. Komissiya tomonidan pedagog kadrning oʻquv fani boʻyicha malakasi, dars oʻtish mahorati, ish faoliyati samaradorligini, jismoniy tarbiya sohasidagi texnika xavfsizligi qoidalarini bilish darajasini aniqlash maqsadida u bilan bevosita suhbat oʻtkaziladi.
Suhbat jarayoni videotasvirga olinadi, berilgan savollar va javoblar maxsus (sahifalangan, tikilgan va muhrlangan) daftarda qayd etiladi.
18. Suhbat natijalari asosida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrining faoliyati samaradorligi mazkur Nizomning 1-ilovasidagi mezonlar asosida, umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti pedagog kadrining faoliyati samaradorligi mazkur Nizomning 2-ilovasidagi mezonlar asosida, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkiloti pedagog kadrining faoliyati samaradorligi mazkur Nizomning 3-ilovasidagi mezonlar asosida, oliy taʼlim tashkiloti pedagog kadrining faoliyati samaradorligi mazkur Nizomning 4-ilovasidagi mezonlar asosida baholanadi.
19. Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligi komissiya tomonidan quyidagi ballar yigʻindisi asosida 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi:
86 — 100 ball — faoliyat samaradorligi yuqori;
71 — 85 ball — faoliyat samaradorligi oʻrta;
56 — 70 ball — faoliyat samaradorligi qoniqarli;
0 — 55 ball — faoliyat samaradorligi qoniqarsiz.
20. Komissiya pedagog kadrning faoliyati samaradorligini baholash natijalari boʻyicha mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda qaror qabul qiladi.
Komissiya qarori, agar ovoz berishda komissiya tarkibidagi aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Qarordan nusxa pedagog kadrning ish joyidagi shaxsiy hujjatlari yigʻmajildida saqlanadi.
21. Komissiya pedagog kadrning faoliyati samaradorligini baholash natijalarini 3 kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligiga yuborishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan pedagog kadrning faoliyati samaradorligini baholash reytingining elektron bazasi yuritiladi.
22. Komissiya qaroridan norozi boʻlgan pedagog kadr baholash natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida hududiy boshqarmalar boshliqlarining buyrugʻi bilan tuziladigan apellyatsiya komissiyasiga yoki sudga yozma ravishda shikoyat berish huquqiga ega.
23. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga baholash komissiyasi faoliyatida ishtirok etmagan hududiy boshqarmalar xodimlari orasidan komissiya raisi va kamida 3 nafar aʼzo kiritiladi.
24. Pedagog kadrning apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqishda pedagog kadr ishtirok etish huquqiga ega.
25. Apellyatsiya komissiyasi 24 soat ichida apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqadi. Bunda apellyatsiya komissiyasi pedagog kadrning suhbat natijalari yozilgan videotasvirlarni qayta tekshirish orqali baholash komissiyasi tomonidan qoʻyilgan ballning toʻgʻriligiga baho beradi va uning natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda pedagog kadrning apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish masalasi koʻrsatiladi.
Qaror 24 soat ichida pedagog kadrga hamda baholash komissiyasiga yetkazilishi lozim.
4-bob. Yakuniy qoidalar
26. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
27. Mazkur Nizom Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Maktabgacha taʼlim vaziri A. SHIN
2018-yil 28-dekabr
Xalq taʼlimi vaziri Sh. SHERMATOV
2018-yil 28-dekabr
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
2018-yil 28-dekabr
Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. XOLMUXAMEDOV
2018-yil 28-dekabr
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U. TASHKENBAYEV
2018-yil 28-dekabr
Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 24-iyuldagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3135-1, 05.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 10/19/3135-1/3514-son)
Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti pedagog kadrining faoliyati samaradorligini baholash mezoni_______________________________________________________________________________________________________ (Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining nomi va pedagog kadrning F.I.O. )_________________________________________________________________________________________20__/20__ — oʻquv yilida toʻplagan ball qaydnomasiT/rMezonlarBall1.Belgilangan dars soatlari yuklamasini bajarganligi.102.Malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligi: joriy oʻquv yilida boʻlsa; tamomlagan sanasidan 1 yildan oshgan, biroq 3 yildan oshmagan boʻlsa. 5 23.Dars mashgʻulotlarni innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda olib borishi (tayyorlov, asosiy, yakuniy qismlari uchun).154.Dars mashgʻulotlarni oʻquvchilarga amaliy (koʻrsatib berish usullari) va nazariy (koʻrgazmali vositalar orqali) yetkazib berish (dars tahlili).155.Darsdan tashqari sport turlari boʻyicha toʻgaraklar tashkil etganligi va oʻtkazishi (dars yuklamasidan kelib chiqqan holda belgilanadi). 76.Sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etish (tasdiqlangan reja va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tayyorlangan hisobot asosida belgilanadi): respublika miqyosida; viloyat miqyosida; tuman (shahar) miqyosida; maktablararo; maktab miqyosida. 10 8 6 4 27.Sport musobaqalar gʻoliblari va sport seksiya mashgʻulotlarida shugʻullanuvchilar ichidan iqtidorli sportchilarni tanlash va ularni sport maktablariga yoʻnaltirish.38.Xalqaro, respublika va viloyat miqyosida tashkil etilayotgan turli koʻrik tanlovlarda, shu jumladan sport yoʻnalishidagi tanlovlarda nominatsiyalarni qoʻlga kiritish va nominant tayyorlash hamda faxriy unvonlarni qoʻlga kiritish (eng yaxshi sportchi, murabbiy, pedagog va boshqalar): xalqaro miqyosda; respublika miqyosida; viloyat miqyosida. 5 3 29.Oʻquv sinfining (guruh) rahbari majburiyatlarini bajarish (oʻquvchilarning yil yakunidagi oʻzlashtirish darajasi hamda ularning maktab sport va ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroklarini hisobga olgan holda).310.Dars va darsdan tashqari vaqtda soha mutaxassislarni jalb qilgan holda master-klasslar hamda ochiq darslarni tashkil qilish va oʻtkazish.511.Xalqaro yoki respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarida oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etish (har biri uchun): xalqaro anjumanda; respublika miqyosidagi anjumanda. 5 312.Jismoniy tarbiya va sport sohasi boʻyicha metodik qoʻllanma tayyorlash va chop etish (elektron nusxasini tarqatish): yakkamualliflikda; hammualliflikda. 5 313.Dars jarayoni va toʻgarak mashgʻulotlarida ingliz tilidagi sport terminlarini oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi.514.Taʼlim tashkiloti rahbariyatining xodim faoliyatiga munosabati.4Jami:100__________________ ball, faoliyat samaradorligi yuqori; __________________ ball, faoliyat samaradorligi oʻrta; __________________ ball, faoliyat samaradorligi qoniqarli; __________________ ball, faoliyat samaradorligi qoniqarsiz.Komissiya raisi____________________________________________________________(F.I.O.)(imzo)Komissiya aʼzolari ____________________________________________________________(F.I.O.)(imzo)Kotib____________________________________________________________(F.I.O.)(imzo)
Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkiloti pedagog kadrining faoliyati samaradorliginibaholash mezoni___________________________________________________________________________________(Oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotining nomi va pedagog kadrning F.I.O.)_________________________________________________________________________________20___/20___-oʻquv yilida toʻplagan ball qaydnomasiT/rMezonlarBall1.Belgilangan dars soatlari yuklamasini bajarganligi.52.Dars mashgʻulotlarini oʻquvchilarga amaliy (koʻrsatib berish usullari) va nazariy (koʻrgazmali vositalar orqali) yetkazib berish (dars tahlili).153.Malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligi:joriy oʻquv yilida boʻlsa;5tamomlagan sanasidan 1 yildan oshgan, biroq 3 yildan oshmagan.24.Soha boʻyicha berilgan toifalar:bosh oʻqituvchi;5yetakchi oʻqituvchi;3katta oʻqituvchi;2mutaxassis oʻqituvchi.15.Darsdan tashqari sport turlari boʻyicha toʻgaraklar tashkil etganligi va oʻtkazishi (tasdiqlangan reja asosida belgilanadi):2 va undan ortiq sport turidan boʻlsa;51 ta sport turidan boʻlsa.26.Sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etish (tasdiqlangan reja va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tayyorlangan hisobot asosida belgilanadi):respublika miqyosida;5viloyat miqyosida;4tuman (shahar) miqyosida;3oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlariaro2oʻrta maxsus, professional tashkilotlari miqyosida.17.Sport musobaqalar gʻoliblari ichidan iqtidorli sportchilarni tanlash va ularni ixtisoslashtirilgan sport maktablariga yoʻnaltirish.28.Oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlariaro musobaqalarga oʻquvchilar jamoalarini tayyorlash (trenerlar soniga mos ravishda taqsimlanadi) (sport oʻyinlarida jamoaning har bir sportchisi uchun).39.Oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkiloti ichidagi oʻqituvchi-xodimlar oʻrtasidagi sport musobaqalarida yakka yoki jamoaviy sport turlari boʻyicha gʻolib va sovrindor boʻlish.310.Musobaqalarda hakamlik qilish:xalqaro musobaqalarda;5respublika miqyosidagi musobaqalarda;4oʻrta maxsus, professional tashkilotlariaro musobaqalarda;3oʻrta maxsus, professional tashkilotlarining oʻzidagi musobaqalarda.211.Ommaviy jismoniy tarbiya, sport-koʻngilochar va madaniy-dam olish tadbirlarini tashkil qilish va oʻtkazish.312.Ommaviy jismoniy tarbiya, sport-koʻngilochar tadbirlarida ishtirok etish.213.Xalqaro va respublika miqyosida tashkil etilayotgan turli koʻrik tanlovlarda, shu jumladan sport yoʻnalishidagi tanlovlarda nominatsiyalarni qoʻlga kiritish va nominant tayyorlash hamda faxriy unvonlarni qoʻlga kiritish (eng yaxshi sportchi, murabbiy, pedagog va boshqalar):xalqaro miqyosida;5respublika miqyosida.314.Kasbga yoʻnaltirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish (har bir tadbir uchun) bitiruvchilar monitoringida ishtirok etish;5ochiq eshiklar kuni tadbirida ishtirok etish.315.Oʻquv sinf (guruh)ining rahbari majburiyatlarini bajarish (oʻquvchilarning yil yakunidagi oʻzlashtirish darajasi hamda ularning oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkiloti sport va ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroklarini hisobga olgan holda).516.Darsdan tashqari vaqtda soha mutaxassislarni jalb qilgan holda master-klasslar hamda ochiq darslarni tashkil qilish va oʻtkazish.317.Xalqaro yoki respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarida oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etish (har biri uchun):xalqaro anjumanda;5respublika miqyosidagi anjumanda.318.Sohaga oid oʻquv-uslubiy adabiyotlar tayyorlash va nashr ettirish:yakka mualliflikda;5hammualliflikda.319.Darslarni va toʻgarak mashgʻulotlarini ingliz tilida olib borish (oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari maʼlumotlari asosida).520.Taʼlim tashkiloti rahbariyatining xodim faoliyatiga munosabati.3Jami:100__________ ball, faoliyat samaradorligi yuqori;__________ ball, faoliyat samaradorligi oʻrta;__________ ball, faoliyat samaradorligi qoniqarli;__________ ball, faoliyat samaradorligi qoniqarsiz.Komissiya raisi______________________________________________________(F.I.O.)(imzo)Komissiya aʼzolari_____________________________________________________(F.I.O.)(imzo)Kotib_____________________________________________________(F.I.O.)(imzo)
Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Oliy taʼlim tashkiloti pedagog kadrining faoliyati samaradorligini baholash mezoni______________________________________________________________________________________(Oliy taʼlim tashkilotining nomi va pedagog kadrning F.I.O.)______________________________________________________________20__/20__ — oʻquv yilida toʻplagan ball qaydnomasiT/rMezonlarBelgilanganBallar1.Belgilangan dars soatlari yuklamasini bajarganligi.52.Dars mashgʻulotlarini talabalarga amaliy (koʻrsatib berish usullari) va nazariy (koʻrgazmali vositalar orqali) yetkazib berish (dars tahlili).153.Malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligi:joriy oʻquv yilida boʻlsa;5tamomlagan sanasidan 1 yildan oshgan, biroq 3 yildan oshmagan.24.Soha boʻyicha berilgan unvonlar:professor;15pedagogika fanlar doktori;12dotsent;10pedagogika fanlari nomzod;8katta oʻqituvchi;5mutaxassis oʻqituvchi.35.Darsdan tashqari sport turlari boʻyicha toʻgaraklar tashkil etganligi va oʻtkazishi (tasdiqlangan reja asosida belgilanadi):2 va undan ortiq sport turidan boʻlsa;51 ta sport turidan boʻlsa.26.Sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etish (tasdiqlangan reja va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tayyorlangan hisobot asosida belgilanadi):respublika miqyosidagi;5viloyat miqyosidagi;4oliy taʼlim tashkilotlari miqyosida.37.Sport musobaqalar gʻoliblari ichidan iqtidorli sportchilarni tanlash va ularni ixtisoslashtirilgan sport maktablariga yoʻnaltirish.38.Oliy taʼlim tashkilotlararo musobaqalarga talabalar jamoalarini tayyorlash (trenerlar soniga mos ravishda taqsimlanadi) (sport oʻyinlarida jamoaning har bir sportchisi uchun).39.Oliy taʼlim tashkilotlararo oʻqituvchi-xodimlar oʻrtasidagi sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish.510.Musobaqalarda hakamlik qilish:xalqaro musobaqalarda;5respublika miqyosidagi musobaqalarda;3oliy taʼlim tashkilotlari miqyosidagi musobaqalarda.111.Ommaviy jismoniy tarbiya, sport-koʻngilochar va madaniy-dam olish tadbirlarini tashkil qilish va oʻtkazish.312.Ommaviy jismoniy tarbiya, sport-koʻngilochar tadbirlarida ishtirok etish.213.Xalqaro va respublika miqyosida tashkil etilayotgan turli koʻrik tanlovlarda, shu jumladan sport yoʻnalishidagi tanlovlarda nominatsiyalarni qoʻlga kiritish va nominant tayyorlash hamda faxriy unvonlarni qoʻlga kiritish (eng yaxshi sportchi, murabbiy, pedagog va boshqalar):xalqaro miqyosida;5respublika miqyosida.314.Kasbga yoʻnaltirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish (har bir tadbir uchun) bitiruvchilar monitoringida ishtirok etish;5ochiq eshiklar kuni tadbirida ishtirok etish.315.Oʻquv guruhning rahbari majburiyatlarini bajarish (talabalarning yil yakunidagi oʻzlashtirish darajasi hamda ularning oliy taʼlim tashkilotlar sport va ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroklarini hisobga olgan holda).516.Darsdan tashqari vaqtda soha mutaxassislarni jalb qilgan holda master-klasslar hamda ochiq darslarni tashkil qilish va oʻtkazish.317.Sohaga oid oʻquv-uslubiy adabiyotlar tayyorlash va nashr ettirish:yakkamualliflikda;5hammualliflikda.318.Oliy taʼlim tashkiloti rahbariyatining xodim faoliyatiga munosabati.3Jami:100__________________ ball, faoliyat samaradorligi yuqori;__________________ ball, faoliyat samaradorligi oʻrta;__________________ ball, faoliyat samaradorligi qoniqarli;__________________ ball, faoliyat samaradorligi qoniqarsiz. Komissiya raisi __________________________________________(F.I.O.)(imzo)Komissiya aʼzolari __________________________________________(F.I.O.)(imzo)Kotib__________________________________________(F.I.O.)(imzo)
Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 10/19/3135/2571-son, 05.08.2019-y., 10/19/3135-1/3514-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 28.07.2022-y., 10/22/3135-2/0684-son; 22.11.2023-y., 10/23/3135-3/0872-son; 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son; 24.12.2024-y., 10/24/3135-4/1053-son)
