Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida (82-son)
03.02.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmonini va “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori bilan:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) xodimlarining umumiy cheklangan soni 216 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlari soni 178 nafar boʻlgan ijro etuvchi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchilari lavozimi kiritilganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosarlari va iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari boʻyicha Bosh vazir maslahatchilari kotibiyatlari hamda boshqa tarkibiy boʻlinmalar tashkil etilganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, Bosh vazirning maslahatchilari hamda Vazirlar Mahkamasi apparati ish samaradorligi va natijadorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining kotibiyati, protokol xizmati va matbuot xizmati tuzilmalari 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakili kotibiyati tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Xalqaro hamkorlik boʻlimining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimining tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;
Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq;
Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlarining kotibiyatlari tuzilmalari 8 — 12-ilovalarga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchilarining kotibiyatlari tuzilmalari 13-14-ilovalarga muvofiq;
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, uning oʻrinbosarlari kotibiyatlari va Hukumat apparati funksional boʻlinmalari tuzilmalari 15 — 23-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Bosh vazirning maslahatchilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan birgalikda 15 kun muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilarining funksional vazifalarini, shuningdek, kotibiyatlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlashga doir Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari;
kotibiyatlar mudirlari lavozimlariga nomzodlar, shuningdek, kotibiyatlarni qoʻyilgan vazifalar sifatli ishlab chiqilishini va samarali bajarilishini yuqori professional darajada taʼminlashga qodir boʻlgan mutaxassislar toʻldirish yuzasidan takliflar kiritilishini taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi:
bir hafta muddatda — Vazirlar Mahkamasi apparatining yangilangan shtat jadvali tasdiqlash uchun;
15 kun muddatda — Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlashga doir Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi;
yigirma kun muddatda — Vazirlar Mahkamasi apparatining Xoʻjalik faoliyati boshqarmasiga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar qayta koʻrib chiqilishini va mehnatga haq toʻlash boʻyicha tarif koeffitsiyentlari miqdorlari oshirilishini hisobga olgan holda takomillashtirishga doir Hukumat qarori loyihasi kiritilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, Bosh vazirning maslahatchilari va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 3-fevral,
82-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 1-ILOVA (tuzilma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori bilan tasdiqlangan)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ijro etuvchi tuzilmasi
Xodimlarning umumiy cheklangan soni 216 nafar.,
shu jumladan: boshqaruv xodimlari — 178 nafar;
texnik xodimlar — 38 nafar
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining
tuzilmasi
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PQ-4112-son, 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son va 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4127-son qarorlariga muvofiq.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakili kotibiyatining
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 4-ILOVA
Xalqaro hamkorlik boʻlimining
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 5-ILOVA
Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimining
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 6-ILOVA
Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatining
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 7-ILOVA
Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatining
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 8-ILOVA
Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyatining
tuzilmasi
Kotibiyat mudiri 1 Kotibiyat mudirining oʻrinbosari 1 Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati boʻyicha bosh mutaxassis 1 Andijon, Namangan, Fargʻona va Sirdaryo viloyatlari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Jizzax, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahri boʻyicha bosh mutaxassis 1 Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Chegaraboʻyi muammolarini hal etish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining respublika hududlariga tashriflari materiallarini tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning topshiriqlari amalga oshirilishini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Arxitektura, loyihalashtirish va hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Kapital qurilish, pudrat ishlari dasturlari va qurilish ishlari sifatini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Uy-joy qurilishini va qurilish industriyasini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Kommunal xoʻjalikni isloh qilish va rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish va koʻmir sanoati masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Temir yoʻl va aviatsiya transporti masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Avtomobil yoʻllarini va avtomobil transportini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish va davlat moddiy zaxiralari masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining yordamchisi 1 Inspektor 2 Hammasi: 21 Biriktirilgan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari 1. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi 2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi 3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi 4. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi 5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi 6. Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi 7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi 8. Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi 10. “Uzbekistan Airways” AJ 11. “Uzbekistan Airports” AJ 12. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 13. “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi 14. “Toshshahartransxizmat” AJ 15. “Oʻzbekkoʻmir” AJ 16. “Oʻzshahar qurilish invest” MChJ 17. “Oʻzmaxsusmontaj-qurilish” AK 18. “Qishloqqurilish-invest” IK 19. “Qurilishmashlizing” RILK 20. “Qishloq qurilish bank” ATB 21. “Ipoteka-bank” ATIB 22. Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi 23. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi obyektlarni qurish va ekspluatatsiya qilish direksiyasi” DUK 24. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash direksiyasi” DUK 25. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlar — tarkibiy oʻzgartirishlarni amalga oshirish va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan 26. TIV, IIV, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, DBQ, DXX ChQ, “Oʻzarxiv” va boshqa vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari — Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegara muammolarini hal etish, noqonuniy migratsiyaga, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlar noqonuniy olib kirilishiga qarshi kurashish masalalari yuzasidan 27. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Kotibiyatning oʻzaro hamkorligi taʼminlanadigan tashkilotlar roʻyxati 1. Xalqaro avtomobilda yuk va yoʻlovchilar tashish assotsiatsiyasi 2. Xalqaro ekspeditorlar assotsiatsiyasi 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hamda tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonalari faoliyati masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 9-ILOVA
Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyatining
tuzilmasi
Kotibiyat mudiri 1 Kotibiyat mudirining oʻrinbosari 1 Makroiqtisodiy tahlil, prognozlashtirish va tarkibiy oʻzgartirishlar masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Budjet siyosati masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Pensiya taʼminoti va kam taʼminlangan oilalar masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Soliq siyosati va soliq maʼmurchiligi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Bandlikni oshirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Moliya institutlari va sugʻurta masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Bank tizimini isloh qilish va kreditlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining yordamchisi 1 Inspektor 1 Hammasi: 13 Biriktirilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari 1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi 2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 3. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi 51. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi 6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi 7. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi 8. Oʻzbekiston banklar uyushmasi 9. “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ 10. “Oʻzagrosugʻurta” AJ 11. “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” AJ 12. “Xalq banki” AK 13. “Mikrokreditbank” ATB 14. “Turon bank” ATB 15. “Agrobank” ATB 16. Tijorat banklari — bank tizimi barqarorligini taʼminlash, isloh qilish, xorijiy kreditlar va qarzlarga xizmat koʻrsatish masalalari yuzasidan 17. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlar — iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan 18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: hokimning (raisning) iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — barcha darajalarda Davlat budjetining muvozanatliligini taʼminlash chora-tadbirlarini, bandlikni taʼminlash va aholi hayoti darajasini oshirish dasturlarini, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan Kotibiyatning oʻzaro hamkorligi taʼminlanadigan tashkilot “Hunarmand” uyushmasi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 10-ILOVA
Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining
tuzilmasi
Kotibiyat mudiri 1 Kotibiyat mudirining investitsiyalar va monopoliyaga qarshi siyosat masalalari boʻyicha oʻrinbosari 1 Rivojlantirishning davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirilishi monitoringini olib borish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringi va loyihalarni amalga oshirish guruhlari faoliyati masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda diplomatik vakolatxonalarning savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari va xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillar faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Monopoliyaga qarshi siyosat, raqobatni rivojlantirish va davlat aktivlarini boshqarish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Xorijiy mamlakatlarga oliy va yuqori darajalardagi tashriflarni tayyorlash, tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”)ni ishlab chiqish va amalga oshirilishi monitoringi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis (investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan) 1 Kotibiyat mudirining eksport, importni optimallashtirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari 1 Importni optimallashtirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish boʻyicha takliflarni shakllantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Bojxona-tarif va notarif jihatidan tartibga solish, bojxona organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Marketing faoliyatini tashkil etish, tashqi konyunktura tahlili, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va eksport faoliyatini sugʻurta qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis (Eksportni qoʻllab-quvvatlash milliy tizimi) 1 Iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarida sanoat mahsulotlari eksportini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, saqlash va qayta ishlash, infratuzilmani rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Xalqaro transport yoʻlaklarini rivojlantirish hamda xalqaro tashishlar tizimi samaradorligini oshirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Amaliy chora-tadbirlar rejalarini (“yoʻl xaritalari”ni) ishlab chiqish va amalga oshirish monitoringi (eksport va import kontraktlar yuzasidan), xalqaro shartnomalar ijrosi tahlili, tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish va JST bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining yordamchisi 1 Inspektor 2 Hammasi: 20 Biriktirilgan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari 1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi 3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi — investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar yuzasidan 4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi — investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar, shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish yuzasidan 5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi — investitsiya loyihalari ekspertizasi masalalari yuzasidan 6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar yuzasidan 7. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi — import va tashqi savdoni nazorat qilish masalalari yuzasidan 8. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi — yuklangan vazifalar yuzasidan 9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — yuklangan vazifalar yuzasidan 10. Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi — yuklangan vazifalar yuzasidan 11. Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat bilan taʼminlash sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi 12. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi — tashqi bozorlarda milliy sertifikatlarni va muvofiqlikni baholash natijalarini eʼtirof etish masalalari yuzasidan 13. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi — import va tashqi savdoni nazorat qilish masalalari yuzasidan 15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzinjiniring” respublika loyiha instituti 16. OʻzByuro KES 17. “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi 18. “Oʻztreyd” AJ 19. “Oʻrta Osiyo Trans” AJ 20. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 21. “Asaka” ATB 22. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 23. “Oʻzagroeksportbank” ATB 24. Tijorat banklari — investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va begʻaraz koʻmaklashish mablagʻlariga xizmat koʻrsatish hamda oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalarini (“yoʻl xaritalari”)ni ishlab chiqish va ular samarali amalga oshirilishi monitoringini olib borish masalalari yuzasidan 25. Xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar, boshqaruvchilar ofislari va vakolatxonalar 26. Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar — investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar yuzasidan 27. Erkin iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari va �xtisoslashtirilgan texnoparklar direksiyalari 28. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: (raisning) viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari — investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobat muhitini rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyati va ularni rivojlantirish, shuningdek, oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”)ni amalga oshirish masalalari yuzasidan.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 11-ILOVA
Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyatining
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 12-ILOVA
Xotin-qizlar va oilani qoʻllab-quvvatlash, FHDY organlari bilan ishlash masalalari kotibiyati
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 13-ILOVA
Yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari
kotibiyati
Maslahatchi 1 Kotibiyat mudiri 1 Energetika, energiyaning tiklanadigan manbalari va sanoat xavfsizligi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Naft-gaz tarmogʻi va gaz uzatish tizimi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Geologiya, mineral-xomashyo bazasi va metallurgiya masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Avtomobil va elektrotexnika sanoati masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi va qishloq xoʻjaligida xizmatlar sohasini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Paxta xomashyosini qayta ishlash va toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Zargarlik sanoati, standartlashtirish, metrologiya va sifat menejmentini joriy etish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Inspektor 1 Hammasi: 11 Biriktirilgan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi 3. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi 4. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifkatlashtirish agentligi 5. “Navoiy KMK” DK 6. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi 7. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi 8. “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi 9. “Oʻzbekneftgaz” AJ 10. “Oʻzbekenergo” AJ 11. “Oʻzbekgidroenergo” AJ 12. “Oʻzkimyosanoat” AJ 13. “Olmaliq KMK” AJ 14. “Oʻzmetkombinat” AJ 15. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ 16. “Oʻzagrolizing” AJ 17. “Oʻzagroservis” AJ 18. “Oʻzavtosanoat” AJ 19. “Oʻzpaxtasanoat” AJ.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 14-ILOVA
Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatining
tuzilmasi
Maslahatchi 1 Kotibiyat mudiri 1 Qishloq xoʻjaligini, fermerlik va qishloq infratuzilmasini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Yerdan oqilona foydalanish va oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Qishloq xoʻjaligida innovatsion texnologiyalarni va klaster tizimini joriy etish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Chorvachilik, parrandachilik, qorakoʻlchilik, veterinariya va naslchilik ishini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Savdo va pulli xizmatlar sohasini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Inspektor 1 Hammasi: 10 Biriktirilgan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari 1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi 2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi 3. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi 4. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi 5. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi 7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi 8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzmeliomashlizing” DUK 9. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi 10. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi 11. “Oʻzbekb�liqsanoat” uyushmasi 12. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi 13. “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi 14. Yongʻoq yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi 15. “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi 16. Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasi 17. Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi 18. Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi 19. Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi 20. “Oʻzsharobsanoat” AJ 21. “Oʻzagrokimyohimoya” AJ 22. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK 23. “Oʻzdonmahsulot” AK 24. Ulgurji bozorlar, yarmarkalar, xalq isteʼmol tovarlari koʻrgazmalari 25. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari — Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan. Kotibiyatning oʻzaro hamkorligi taʼminlanadigan tashkilotlar roʻyxati 1. Oʻzbekiston yilqichilik va ot sportchi federatsiyasi 2. Oʻzbekiston baliq ovlovchilar uyushmasi 3. Oʻzbekiston respublika karlar jamiyati 4. Oʻzbekiston respublika koʻrlar jamiyati.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 15-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi kotibiyatining
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 16-ILOVA
Yuridik taʼminlash boshqarmasining
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 17-ILOVA
Xoʻjalik faoliyati boshqarmasining
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 18-ILOVA
Umumiy boʻlimning
TUZILMASI
Boʻlim mudiri 1 Boʻlim mudirining oʻrinbosari 1 Hukumat qarorlari va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish va chiqarish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Hukumat qarorlari va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish va chiqarish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Hukumat qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini tarjima qilishni tashkil etish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Hukumat qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini tarjima qilishni tashkil etish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Hukumat qarorlari, boshqa hujjatlar loyihalarini tahrir qilish va sinxron tarjima masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Hukumat qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini tahrir qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarida ish yuritilishini tashkil etish va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Kiritilgan hujjatlarni qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazish mas�lalari boʻyicha inspektor 3 Joʻnatiladigan hujjatlarni tarqatish masalalari boʻyicha inspektor 3 Arxivni yuritish masalalari boʻyicha inspektor 1 Hukumat hujjatlarining elektron maʼlumotlar bazasini yuritish masalalari boʻyicha inspektor 1 Boʻlim mudiri qabulxonasi inspektori 1 Jami: 18
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 19-ILOVA
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimining
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 20-ILOVA
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimining
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 21-ILOVA
Nazorat va ijro intizomi boʻlimining
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 22-ILOVA
Birinchi boʻlimning
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi 82-son qaroriga 23-ILOVA
Kadrlar boʻlimining
tuzilmasi
