Energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlarini undirib olish choralarini koʻrish uchun maʼlumotlarni taqdim etish hamda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijalarini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1437-son)
25.12.2004
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 25-dekabrda 1437-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
“Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabrdagi 511-sonli qaroriga muvofiq qaror qilinadi:
1. Energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlarini undirib olish choralarini koʻrish uchun maʼlumotlarni taqdim etish hamda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijalarini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan oʻn kun oʻtgandan soʻng kuchga kiritilsin.
Davlat soliq qoʻmitasining raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 9-dekabr,
2004-68-son
