Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (3028-1-son)
23.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruviining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3028-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-son “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/21-son qarori (roʻyxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 26-son, 530-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-dekabr,
39/19-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-son qaroriga ILOVA
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“inkassa xonasi — naqd pul tushumlari solingan va belgilangan tartibda plombalangan sumkani (qopni) bevosita mijozdan qabul qilib olish uchun moʻljallangan xona.”.
2. Quyidagi mazmundagi 461-band bilan toʻldirilsin:
“461. Naqd pul tushumlari solingan va belgilangan tartibda plombalangan sumkadagi (qopdagi) naqd pul tushumlarini bank filialiga oʻzlari olib kelgan mijozlar mazkur Yoʻriqnomaning 8a-ilovasiga muvofiq shakldagi blankni toʻldirgan holda inkassa xonasiga topshiradi.
Naqd pulni qabul qilgan kassa xodimlari (bank ish kuni mobaynida masʼul kassa xodimlari, bank ish kuni yakunlangach yoki dam olish kunlari kechki kassa xodimlari) mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan blankning kvitansiya qismiga imzo qoʻygan va muhr bosgan holda uni mijozga qaytarib beradi.
Bank kassa tarmogʻida inkassa xonasi alohida yoki ish hajmidan kelib chiqqan holda kirim, chiqim kassalarida yoki mijozlarga kassa xizmati koʻrsatiladigan boshqa kassa xonalarida tashkil etiladi.
Bank filialining qayta sanash kassasi kassirlari ushbu sumkadagi (qopdagi) naqd pullarni saralanishi, sanalishi, tushum pullarni mijozning hisobvaragʻiga kirim qilinishi, bankdagi mijozning boʻsh sumkasini (qopini) unga qaytarib berish hamda ushbu kassa operatsiyalarini bajarishga doir hujjatlarning rasmiylashtirilishi mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”.
3. 81-bandning ikkinchi xatboshisidagi “mazkur holatlar mazkur dalolatnomada” degan soʻzlar “ushbu holatlar mazkur hujjatlarning dalolatnoma qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 96-bandning ikkinchi xatboshisidagi “toʻrtburchak” degan soʻz “uchburchak” degan soʻz bilan almashtirilsin.
5. 170-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bank binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarda ish kuni yakunlangach naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldigʻini bank kechki kassasiga chakana amaliyot kassasi kassiri tomonidan topshirilganda mazkur Yoʻriqnomaning 8a-ilovasiga muvofiq shakldagi blank toʻldiriladi.”.
6. 208-bandning birinchi xatboshisidagi “eshigi boʻlgan temir stellaj, seyf yoki qulflanadigan temir javonlarda” degan soʻzlar “qulflanadigan temir stellaj, seyf yoki temir javonlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 210-bandning ikkinchi xatboshisidagi “hamda naqd pul va ular” degan soʻzlar “hamda ular naqd pul va” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 233-banddagi “Bu haqida” degan soʻzlar “Mazkur jarayon” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 299-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“299. Bankning naqd pul va boshqa qimmatliklarini tashish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning naqd pul tushumlarini oʻz vaqtida inkassatsiya qilish va daxlsizligini taʼminlagan holda bank kassalariga yetkazib berish maqsadida inkassatsiya xizmatlari tashkil etiladi.”.
10. 300-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
11. 301-banddan “Respublika inkassatsiya xizmatining boʻlinmalari tomonidan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
12. 303-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
13. 304-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“304. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashish va inkassatsiya qilish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni bajaruvchi inkassatsiya xizmatining har bir xodimi bilan moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuzilishi lozim.”.
14. 305-banddagi “inkassatsiya xizmati” degan soʻzlar “Markaziy bankning “Respublika inkassatsiya xizmati” davlat unitar korxonasi (bundan buyon matnda Respublika inkassatsiya xizmati deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 325-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“325. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni banklar oʻrtasida yoki hududlararo tashish shartnomaga asosan inkassatsiya xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.”.
16. 334-bandning birinchi xatboshisi “tushirilganligi hamda” degan soʻzlardan keyin “plomba bosilgan tizimchaning uzilmaganligini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
17. 336-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“336. Inkassatorlar tomonidan naqd pul va boshqa qimmatliklar tashish uchun qabul qilib olinganida, kassa mudiri yoki uning koʻrsatmasiga binoan boshqa kassa xodimining nazorati ostida inkassatorlar ularni standart brezent qoplarga joylaydilar. Har bir qopning ogʻzi tikilib, tizimcha bilan ikki yarim aylanishda siqib bogʻlanadi. Tizimchaning bir uchi matodan tayyorlangan yorliqdan oʻtkazilib, yorliqda joʻnatuvchi bank nomi, qopga solingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni nominal qiymati hamda umumiy summasi, qopning oʻrab-bogʻlangan sanasi koʻrsatilib, tizimcha uchlari mahkam bogʻlangan holda qop belgilangan tartibda plombalanadi.”.
18. 346-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“346. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashish inkassatsiya xizmatlarining yopiq kuzovli maxsus avtomashinalarida amalga oshirilishi lozim. Inkassatsiya xizmatlari naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashib borish, belgilangan bankka but va oʻz vaqtida yetkazib berish, ularning daxlsizligini taʼminlash choralarini koʻrishi lozim.”.
19. 347-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
20. 350-bandning ikkinchi xatboshisidagi “ikkinchi nusxasi” degan soʻzlar “birinchi nusxasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda 8a-ilova bilan toʻldirilsin.
22. 13, 14a, 14b, 14v, 16, 20, 24, 42, 44, 45 va 46-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2 — 12-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 8a-ILOVA
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 13-ILOVA
_________________________________________ Bank (filial) rahbari: __________________________ ______________ M.Oʻ. (inkassatsiya xizmatining nomi) (F.I.O.) (imzo) M.Oʻ. (Inkassatsiya xizmati) Inkassatsiya yoʻnalishi katta inkassatori: ___________________________ ______________ M.Oʻ. (F.I.O.) (imzo) Xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari: ___________________________ ______________ M.Oʻ. ______________ -sonli YOʻNALISh (F.I.O.) (imzo) 20_____yil_____________________________oyi uchun _____________-sonli TAShRIF VARAQASI (oy nomi) __________________________________________________________________________________________________________________ (xoʻjalik yurituvchi subyektining nomi) Mijozga biriktirilgan sumka (qop)larning raqamlari ____________________________________________________________________________ Mij�z manzili _________________________________________________________________________________ Mijoz telefon raqami _________________________ Mijozning faoliyat turi: ______________________________________ (tushum puliga bogʻliq boʻlgan faoliyat turi) Mijozning bank(filial)dagi hisob raqami _________________________________ Kun Mijoz tomonidan tushum pullari solingan sumkalarni (qoplarni) topshirish vaqti Tushum puli solingan sumkalar (qoplar) Inkassatorlardan qabul qilingan boʻsh sumkalar (qoplar) raqami Xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining imzosi Mijozning ish vaqtini tugashi: ______ soat________daqiqa Inkassatorning tashrif vaqti _______soat __________daqiqa Inkassatorning dam olish kunlaridagi tashrif vaqti ______soat ________daqiqa soat daqiqa raqami boʻyicha qayd etilgan naqd pullar summasi Inkassatsiya xizmati tashrifining davriyligi ___________________________ (har kuni, va h. k.)_______________ Agar tushum pullari inkassatorga topshirilmasa, xoʻjalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsi oʻsha sana qatoriga tushum pullarini topshirmaslik sababini koʻrsatib tasdiqlashi shart. Yozishda xatoga yoʻl qoʻyilgan hollarda, notoʻgʻri yozuv ustidan chiziq tortilib (oʻchirilib), toʻgʻrisi esa tashrif varaqasining hoshiyasiga yozib qoʻyiladi. Ikki yoki undan ortiq sumkalar (qoplar) topshirilsa yoki qabul qilinsa, “Tushum pullari solingan sumka (qop)” raqami va “Inkassatordan qabul qilingan boʻsh sumka (qop)” raqami ustuniga raqamlar oʻrniga qop(sumka)lar soni soʻz bilan yoziladi. Inkassatorning takroriy kelishi (mijozga qayta tashrif qilinganida), topshirilgan tushum pullari “Takroriy tashriflar (mijozga qayta kirishlar)” boʻlimiga yoziladi. Tashrif varaqasini inkassatorlar tomonidan toʻldirilishi man etiladi. 1. 2. 3. 4. 5.
Izoh: Har kuni inkassatsiya boʻlimi boshligʻi (navbatchi inkassator) bank (filial) rahbariga bir kun avval (kechagi kun) tushum pullarini inkassatorlarga topshirmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha maʼlumot taqdim etadi.
(13-ilovaning orqa tomoni) Kun Mijoz tomonidan tushum pullari solingan sumkalarni (qoplarni) topshirish vaqti Tushum puli solingan sumkalar (qoplar) Inkassatorlardan qabul qilingan boʻsh sumkalar (qoplar) raqami Xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining imzosi Kun Mijoz tomonidan tushum pullari solingan sumkalarni (qoplarni) topshirish vaqti Tushum puli solingan sumkalar (qoplar) Inkassatorlardan qabul qilingan boʻsh sumkalar (qoplar) raqami Xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining imzosi soat daqiqa raqami boʻyicha qayd etilgan naqd pullar miqdori (soʻm) soat daqiqa raqami boʻyicha qayd etilgan naqd pullar miqdori (soʻm) 6. 25. 7. 26. 8. 27. 9. 28. 10. 29. 11. 30. 12. 31. 13. JAMI: _________________________________________________________________ 14. (birinchi tashriflarda inkassatsiya qilingan summa) 15. TAKRORIY TAShRIFLAR (MIJOZGA QAYTA KIRIShLAR) 16. 17. 18. 19. JAMI: _________________________________________________________________ 20. (takroriy tashriflarda inkassatsiya qilingan summa) 21. HAMMASI: _________________________________________________________________ 22. (oy davomida inkassatsiya qilingan summa) 23. Tekshirdi: ________________________________________________________ __________ 24. (inkassatsiya xizmati (boʻlinma) rahbari F.I.O., imzosi) (sana)”.
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 3-ILOVA
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 14a-ILOVA
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 4-ILOVA
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 14b-ILOVA
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 5-ILOVA
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 14v-ILOVA
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 6-ILOVA
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 16-ILOVA
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 7-ILOVA
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 20-ILOVA
________________________________________________________________________ (bank, filial nomi) 20____ yil “_____” ______________________________ga Qayta sanash kassasining kassiri_________________________________________________________ning ____________________________(F.I.O.) NAZORAT VARAQASI 175-shakl T/r Kassa mudiri yoki boshqa kassirga topshirilgan naqd pul va boshqa qimmatliklar Naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olgan kassa mudiri/kassirning summasi (raqam va soʻz bilan) bogʻlamlari soni (dona) F.I.O. tasdiqlovchi imzosi Jami: Naqd pul va boshqa qimmatliklarni sanovchi kassir_______________________________ (kassirning imzosi)
(20-ilovaning orqa tarafi) T/r Qayta sanash uchun qabul qilib olingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni Sanovchi kassirning tasdiqlovchi imzosi summasi topshiruvchining F.I.O. raqam bilan soʻz bilan Jami: ”.
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 8-ILOVA
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 24-ILOVA
_____________________ bank __________________________filiali Inkassatorlar guruhiga topshirilgan boʻsh inkassatsiya sumkalar� (qoplari) sonini qayd etish K I T O B I Boshlangan: 20____ “_____” ____________ da Tugallangan: 20____ “_____” ____________ da (24-ilovaning orqa tomoni) Boʻsh inkassatsiya sumka (qop)larini Boʻsh inkassatsiya sumka (qop)larini qabul qilish soni topshirgan qayta sanash kassasi xodimining F.I.O. qabul qilgan inkassatorning qabul qilish soni topshirgan qayta sanash kassasi xodimining F.I.O. qabul qilgan inkassatorning sanasi vaqti (soat, daqiqa) raqam bilan soʻz bilan F.I.O. imzosi sanasi vaqti (soat, daqiqa) raqam bilan soʻz bilan F.I.O. imzosi ”.
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 9-ILOVA
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 42-ILOVA
MUDDATLI IShONChNOMA 173-shakl INKASSATSIYA XIZMATI ___________________________________________ inkassatsiya (inkassatsiya xizmati nomi) 20____ yil “___” ___________________ _____________-son IShONChNOMA Ushbu ishonchnoma_____________________________________ (kim tomonidan berildi) inkassator ___________________________________________ga (inkassator F.I.O.) _____________________________________________ xizmati (inkassatsiya xizmati rahbarining F.I.O.) tomonidan mijozlar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning naqd pul tushumlari solinib plombalangan yoki boʻsh inkassatsiya sumka(qop)larini qabul qilib olish uchun berildi IShONChNOMANING AMAL QILISh MUDDATI 20____ yil “_____” ______________________gacha __________________________________ ning ____________ imzosi (inkassatorning F.I.O.)____________________ (imzosi) Inkassatsiya xizmati _________________________________________________________ _______(inkassatsiya xizmati nomi) Inkassatsiya xizmati rahbari: __________________________________________________ ____________ ___________________________(F.I.O.)_____________________________(imzosi) M.Oʻ. (inkassatsiya xizmatining muhri (mavjud boʻlsa) ”.
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 10-ILOVA
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 44-ILOVA
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 11-ILOVA
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 45-ILOVA
* Joʻnatilayotgan naqd pullar roʻyxati har bir valyuta turi boʻyicha alohida tuzilishi hamda banknot va tangalarni “soʻm”, “dollar”, “yevro” yoki boshqa valyuta ekanligi “Banknotlar qiymati” ustunida hamda “Summasi” ustunida aniq koʻrsatilishi kerak.”.
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 12-ILOVA
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 46-ILOVA
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
