48-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
48.1-moddaga: koʻzdagi toʻr pardaning koʻchishi, pigmentli retinitlar, tomirlarning ogʻir kasalliklari, jarohatlar, xavfli oʻsmalar kiradi.
Oʻtkazilgan oʻtkir kasalliklardan keyin: konyunktivit, sklerit, keratit, irit, iridotsiklit, yengil koʻz kontuziyasida, sogʻaygandan soʻng, ishga qoʻyish haqida xulosa chiqariladi.
Uveit, uzoq davom etuvchi, qaytalanuvchi iridotsiklitlar, keratitlar, xorioretinitlar, nevritlar, koʻz olmasining jarohatli shikastlanishida sogʻayish imkoni boʻlsa, uchuvchi tarkibi va bortkuzatuvchilar, keyingi koʻrikdan uch-olti oydan keyin 48.2-modda boʻyicha oʻtishlari bilan, davolanishlari lozim.
HHB dispetcherlari, mehnatga layoqatsizlik varaqasi yopilgandan va navbatdagi mehnat taʼtilidan foydalangandan keyin ishga qoʻyiladi.
Koʻrish faoliyati yetarli saqlangan, yoshga bogʻliq boʻlgan rivojlanmaydigan boshlangʻich katarakta, koʻz gavharini cheklangan xiralashuvi, shishasimonli jarohat xarakteri, makulodistrofiya, koʻrish nervining boshlangʻich rivojlanmagan atrofiyasi bilan shaxslar, koʻrikdan 48.2-modda boʻyicha oʻtkaziladilar.
Uchuvchilar uchun koʻrish oʻtkirligi yomon koʻzda korreksiyasiz 0.6, shturman, bortmuxandis va bortmexaniklar — korreksiyasiz 0.4, boshqa kasblar uchun — korreksiyasiz 0.3 dan kam boʻlmagan, koʻrish maydoni normal, qorongʻilikka moslashish, binokulyar koʻrishni oʻzgarmasligida, koʻrish aʼzolari faoliyati yetarli saqlangan deb qabul qilinadi. Boshqa koʻzning koʻrish funksiyasi 52-modda talablariga javob berishi kerak.
Katarakta ekstraksiyasini keyingi intraokulyar linza implantatsiyasi bilan operatsiyani oʻtkazgan uchuvchi tarkibi va bortkuzatuvchilar, parvoz ishiga individual baholash boʻyicha tiklanishlari lozim, bir tomonlama artifakiyada HHB dispetcherlik ishiga operatsiyadan keyin olti oydan kam boʻlmagan vaqtdan keyin qoʻyiladi. Ikki tomonlama artifakiya bilan dispetcherlar HHB boʻyicha ishga individual baholash boʻyicha qoʻyiladi.
Keratorefraksion operatsiyalardan keyin I ustun boʻyicha koʻrikdan oʻtuvchi (bortkuzatuvchi va dispetcherlardan tashqari) va qayta parvoz ishiga kiruvchi shaxslar yaroqsiz deb topiladilar, II, III, IV ustunlar boʻyicha kasbiga yaroqlik toʻgʻrisidagi xulosa individual qabul qilinadi.
HHB dispetcherlikka va bortkuzatuvchilikka oʻqishga qoʻyish masalasi, uzoqni koʻra olmaslik darajasini, operatsiyadan oldin 3.5D dan yuqori boʻlmagan, keratomik qirqmalar 10 dan koʻp boʻlmasa va koʻz tubida oʻzgarishlar hisobga olinib individual hal qilinadi.
