46-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
46.1-moddaga qovoqlar yetishmovchiligi va qovoq chetini agʻdarilib qolishi, qisman trixiaz, I — III darajali traxoma, yarali blefaritlar, davolab boʻlmaydigan surunkali konyunktivitlar, koʻrish aʼzosi faoliyatini buzuvchi va operativ davolash lozim boʻlmagan xavfli oʻsmalar va xavfsiz shishlar kiradi.
46.2-moddaga oddiy blefaritlar, oʻtkir ifodalanmagan konyunktivitlar, ahamiyatsiz anatomik oʻzgarishlar bilan IV darajali traxoma, qovoq konyuktivitlari, qovoq terisining I darajali saratoni tuzalgandan keyin (onkolog xulosasi boʻyicha), kichik oʻlchamdagi xavfsiz oʻsmalar, koʻrish aʼzolari faoliyatini buzmaydigan qovoqdagi chandiqli oʻzgarishlar kiradi.
Qovoqlarning surunkali kasalliklari va konyunktivitlarning oʻtkirligi va zoʻrayishida davolash oʻtkaziladi.
Soxta qanotsimon parda, pingvekula, katta boʻlmagan xalazion, konyunktivadagi bitta-ikkita ustki follikullar, uchuvchilik oʻquv yurtlariga kirishga toʻsqinlik qilmaydi.
