43-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Surunkali ginekologik kasalliklarda anatomik nuqsonlar qoldiqlari, funksional buzilishlar va ogʻriq sindromi yoki yalligʻlanish jarayoning tez-tez xurujlari (yilda ikki marta va undan koʻp) bilan koʻrikdan oʻtuvchilar yaroqsiz deb hisoblanadi. Ayol jinsiy sohasidagi surunkali kasalliklar xurujida davolanish koʻrsatiladi, u tugagandan keyin, remissiyaning turgʻunligi masalasini hal qilish uchun, ikki hayz koʻrish davri davomida kuzatuv oʻtkaziladi (ishdan chetlashtirmasdan).
Bachadon boʻyni kasalliklari (eroziya, endotservitsit, eroziv ektropion), trixomonoz kolpiti, trixomoniazda ayollar TNK orqali 3 haftagacha muddatga yerdagi ishga oʻtkazilib, davolanishlari lozim. Bortkuzatuvchilarni tekshiruvi, parvoz ishidan chetlashtirilmay oʻtkaziladi.
Kichik tosdagi bitishmali jarayon, bachadon tanasini yoʻqligi, bir tomonda tuxumdonlarning, ikkala tomonda fallopiyev naychalarini yoʻqligi ishdan chetlashtirishga asos boʻlmaydi.
Jinsiy aʼzolarning tashqariga chiqishi va tushishining III darajasida, siydik tanosil va ichak tanosil oqma yarali teshiklarida, orqa chiqarish teshigi sfinkterini faoliyati buzilishi bilan chot yirtilishida, koʻrikdan oʻtuvchilar ishga yaroqsiz deb hisoblanadi.
Funksional faoliyati oʻzgarmagan holdagi birinchi-ikkinchi darajadagi bachadon va qin pastga siljib tushishi diskvalifikatsiyaga asos boʻlmaydi. Bortkuzatuvchi boʻlib ishga kirayotganlar va oʻqishga kiruvchi nomzodlar yaroqsiz deb hisoblanadi.
Xirurgik davolanishdan keyin tiklanish masalasi, olti oydan kam boʻlmagan vaqtdan keyin koʻrib chiqiladi.
Bachadonni notoʻgʻri joylashishida, rivojlanmaganligida, funksional buzilishlar bilan (metrorragiya, ogʻriqlar) ikki shoxli bachadonda yaroqsizlik haqida xulosa chiqariladi.
Tugʻma bachadon yoʻqligi, qinning yoʻqligi yoki rivojlanmaganligi funksional buzilishlar bilan kechmasa, diskvalifikatsiyaga asos boʻlmaydi. Germofraditizmda bortkuzatuvchi boʻlib ishga kiryotganlar va oʻqishga kiruvchi nomzodlar yaroqsiz deb hisoblanadi.
