41-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Surunkali qaytalanuvchi ekzema (shu jumladan cheklangan: quloq chigʻanogʻi, qoʻl panjalarida, yuzda, boʻynda, jinsiy aʼzolar sohalarida) barcha ustunlar boʻyicha yaroqsizlik xulosasiga asos boʻladi. Ekzemaning yengil shakllarida koʻrikdan oʻtuvchilar davolanishlari lozim. Ogʻir, tarqalib ketgan, davolash mushkul boʻlgan va surunkali mikrobli ekzemaga oʻtayotgan piodermiya turlarida koʻrikdan oʻtuvchilar yaroqsiz deb topiladilar.
Yengil turlardagi ixtioz, tangachali temiratkini joylashishi cheklangan, yengil turida, umumiy ahvoli yaxshiligida 41.2-modda qoʻllaniladi.
Terining zamburugʻli shikastlanishi, piodermiya, parazitar kasalliklari (leyshmanioz, qoʻtir) bilan shaxslar davolanishi lozim. Davolangandan keyin ishga yaroqlilik toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
Tananing ochiq joylarida joylashgan vitiligo (yuz, boʻyin, qoʻl panjalarida) va uyali alopetsiya bilan, FA oʻquv yurtlariga va bortkuzatuvchilikka nomzodlar oʻqishga yaroqsizdirlar.
