34-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Oʻqishga nomzodlar va FA parvoz (dispetcherlik) ishiga va bortkuzatuvchilik xizmatiga kirayotgan shaxslar, ularning qorin devorida operatsiyalardan keyingi chandiqlar bor boʻlsa, TUEKka oʻtkazilgan operatsiyaning xarakteri haqida hujjatlar taqdim etishlari kerak. Rivojlanish anomaliyasi, qorin boʻshligʻidagi aʼzolarning shikastlanishi, oʻsmasiz kasalliklar, shu bilan birga, yara kasalligi, xoletsistit, oʻt-tosh kasalligi, oʻtkir va surunkali pankreatit, strangulyatsionli tutilish va ichak buralishi sababiga koʻra operatsiyalardan keyin, oʻqishga nomzodlar va FA ishiga kirayotganlar, yaroqsiz deb topiladilar.
Appendikulyar infiltratda koʻrikdan oʻtuvchilar yaroqsiz deb topiladilar. Faqat operativ davolashdan keyin ishga tiklanish mumkin.
Natijasi ijobiy boʻlganda, parvoz (dispetcherlik) ishiga va bortkuzatuvchilik ishiga va oʻqishni davom ettirishga, operatsiyadan keyin, quyidagi muddatlarda ruhsat beriladi:
koʻkrak qafasining ichki aʼzolar shikastlanmagan ichiga kirgan jarohatlarida, oʻtkir appenditsit sababli appendektomiyada, Mekkelev divertikuli olib tashlanganda, diagnostik laparotomiyada (agar intraoperatsion reviziya maʼlumotlariga boʻyicha, chuqur tekshiruvlarga yoki uzoq muddatli konservativ davolanishga koʻrsatma boʻlmasa), olti haftadan kam boʻlmagan vaqtdan keyin;
koʻkrak qafasining ichki aʼzolar shikastlangan ichiga kirgan jarohatlarida, hamda peritonitli asorati boʻlmagan kasalliklarda toʻrt — olti oydan kam boʻlmagan vaqtdan keyin;
qorin boʻshligʻidagi aʼzolar shikastlanishi yoki kasallanishi, avj olib ketgan peritonitli asoratlari bilan,- oʻn ikki oydan kam boʻlmagan vaqtdan keyin.
Bitishma kasalligida, ichak buralishining sababi bartaraf qilinmaganda va oshqozon osti bezi operatsiyasidan keyin koʻrikdan oʻtuvchilar tiklanishlari mumkin emas. Klinik alomatlarsiz dolixosigma yaroqsizlik haqida hulosa qilishga asos boʻlmaydi.
Oshqozon, 12-barmoqli ichak yara kasalligi va uning asoratlari sababli operatsiyadan keyin, xoletsistektomiya, tuzilmali kasalliklar sababli splenektomiyadan keyin, tibbiy xulosa xirurg terapevt bilan birgalikda chiqariladi.
Qorin devoridagi churralar operativ davolanishi lozim. Koʻrikdan oʻtuvchilar, operatsiyadan keyin besh-olti haftadan kam boʻlmagan vaqtdan keyin ishga (oʻqishga) qoʻyiladilar. Aylanasi 4 smgacha boʻlgan va ogʻriq sindromi boʻlmagan toʻgʻri chov churrasida, komissiya oraliq davrida operativ davolanishga ruxsat beriladi. Aylanasi 1 sm dan koʻp boʻlmagan kindik churrasida, ogʻriqli sindrom operativ davolanishga koʻrsatma boʻladi. Churra boʻrtib chiqmagan toʻgʻri mushaklar diastazida, FA oʻquv yurtlariga va bortkuzatuvchilik ishiga kirayotganlarga, yaroqsizlik haqida hulosa chiqariladi. Parvoz (dispetcherlik) ishiga ruxsat beriladi.
