Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Buyrak kasalliklarini oʻz ichiga oladi. Oʻtkir glomerulonefrit oʻtkazgan shaxslar yaroqsiz deb topiladilar va yil davomida kuzatuvda boʻlishlari lozim. Yukli sinovlarini bajarib va buyraklar funksiyasining ijobiy koʻrsatgichlari bilan statsionar tekshiruvidan keyin, parvoz ishiga qoʻyilish masalasi koʻrib chiqiladi. Surunkali nefrit yoki piyelonefrit alomatlarida, ishga yaroqlik toʻgʻrisidagi xulosa, kasallik jarayoning kechishi va buyraklar faoliyati saqlanganligi, ikkilamchi gipertenzion sindromini ifodalanganligiga qarab individual chiqariladi. Piyelonefrit ikkilamchi xususiyatda boʻlib kelgan hollarda, asosiy kasalligini hisobga olib, koʻrikdan oʻtkaziladilar.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-809850
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son). neolex.uz/uz/laws/law-417670/25 (lex.uz/docs/-809850)