16 -modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Qandli diabet, qalqonsimon bez oldi bezlari, giperinsulinizmning turli shakllari (insulinoma, funksional giperinsulinizm), buyrakusti bezlari kasalliklari, jinsiy bezlar, gipotalamo-gipofiz (miya ortigʻi) kasalliklari endokrin patologiyasi bilan va boshqalar kiradi.
16.1-modda boʻyicha:
insulin yoki boshqa gipoglikemik dorilar bilan doimiy davolanishni talab qiluvchi qandli diabetning I turi, insulinga bogʻliq va qandli diabet II turi, oʻrta ogʻir va ogʻir shakli bilan;
zaharli boʻqoqning (tireotoksikoz) barcha shakli bilan shaxslar koʻrikdan oʻtkaziladi.
Birinchi marta aniqlangan qandli diabetning II turini yengil shaklida, uchuvchi tarkibi va bortkuzatuvchilar uch oygacha kuzatilishlari va davolanishlari lozim.
16.2-modda boʻyicha parvoz ishiga qoʻyish, dori-darmon vositalari qoʻllanilmasdan uglevod moddalar almashinuvi toʻliq kompensatsiyalanganda amalga oshiriladi. Qandli diabetning yengil shaklida dispetcherlar ishdan chetlatilmaydilar. Zaharli boʻqoqda (tireotoksikozda) sogʻaygandan soʻng, parvoz ishiga qoʻyish haqida qaror qayta tiklash (dori-darmon vositalari qoʻllanilmasdan) davosini oʻtkazib, 12 oydan ilgari boʻlmagan vaqtdan keyin qabul qilinadi. Qalqonsimon bezning diffuz eutireoid kattalashganligini I va II darajasi va uglevodlarga tolerantlikni buzilishi modda qoʻyilishiga asos hisoblanmaydi.
