“Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2971-1-son)
18.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 18-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2971-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 26-dekabrdagi 182-son “Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2971, 2018-yil 15-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 7-son, 128-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-dekabr,
156-son
