Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4125-son)
17.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini jadal rivojlantirish, nodavlat tashkilotlar tomonidan sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini shakllantirish maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini tashkil etishga ruxsat berish va ularga 1-ilovadagi roʻyxatga muvofiq sud ekspertizalarining ayrim turlarini oʻtkazish huquqini berish haqidagi taklifi maʼqullansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini pullik asosda 2-ilovaga muvofiq davlat muassasalarida oʻtaydilar;
sud ekspertizasi sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tamomlagan shaxslarga ularning kasbiy layoqatini va sud ekspertlariga tegishli ixtisoslik boʻyicha qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sud eksperti sertifikati beriladi;
sud-ekspertiza sohasida kadrlarni tayyorlash oliy taʼlim muassasalarida dual taʼlim prinsipiga muvofiq bakalavriat yoki magistratura bosqichlarida taʼlim olayotgan davrda shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari boʻyicha kamida olti oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida amalga oshirilishi mumkin;
sud eksperti sertifikatini olgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan Yagona reyestrga kiritiladi;
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud eksperti tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda sud eksperti sertifikatini olmasdan turib sud ekspertizasi oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertizasini oʻtkazishda davlat sud-ekspertiza muassasalari kabi funksiyalarni amalga oshiradi, ular kabi huquqqa ega boʻladi, majburiyatlarni bajaradi va javobgar hisoblanadi;
sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan sud ekspertizasi xulosasiga qoʻshilmagan taqdirda, takroriy sud ekspertizasi faqat davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan uning rasmiy veb-saytida belgilangan tartibda joylashtiriladigan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari reytingi yuritiladi.
3. 2019-2020-yillarda sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan pullik xizmatlar koʻrsatishdan kelib tushadigan va boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Markazning yangi boʻlinmalarini tashkil etish va qoʻshimcha shtatlar birligini joriy qilish;
Markaz tomonidan bajariladigan ishlar, koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha tariflar, narxlar va qiymatlarni mustaqil ravishda belgilash huquqi berilsin.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Markaz xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim barobar miqdorda qoʻllaniladi;
ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlar bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Markazning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Markazga koʻrsatilgan pullik xizmatlardan Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga tushadigan mablagʻlarning 70 foizigacha boʻlgan qismini Markaz xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish tadbirlari uchun yoʻnaltirishga ruxsat berilsin.
7. Ilmiy tadqiqotlar natijalarini sud-ekspertlik faoliyatiga tatbiq etish, sud ekspertizalarini oʻtkazish uslubiyotini takomillashtirish, davlat sud-ekspertiza muassasalarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishi etib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy taʼlim muassasalari Markazning tegishli boʻlim va laboratoriyalariga 4-ilovaga muvofiq biriktirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Markazga malakali mutaxassislar orasidan sud ekspertlarini tanlab olishda koʻmaklashsin.
8. Toshkent shahar hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-martga qadar Markazning ixtisoslashtirilgan yangi binosi belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinishini taʼminlasin.
9. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar xodimlari sud ekspertining mustaqilligi tamoyillariga soʻzsiz rioya qilishlari hamda sud ekspertlarining professional faoliyatiga har qanday koʻrinishlarda, shu jumladan ortiqcha byurokratik sansalorlik holatlarini yuzaga keltirish va asossiz chaqiruvlar orqali taʼsir koʻrsatishga yoʻl qoʻymaslik haqida qatʼiy ogohlantirilsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-yanvar,
PQ-4125-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4125-son qaroriga 1-ILOVA
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan oʻtkazilishiga ruxsat berilgan sud ekspertizalari turlarining
ROʻYXATI
T/rEkspertiza turlari1.Sud-xatshunoslik ekspertizasi2.Hujjatlarning sud-texnikaviy ekspertizasi 3.Sud-sanʼatshunoslik ekspertizasi 4.Sud-portret ekspertizasi5.Sud-trasologik ekspertizasi6.Tolali materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi7.Polimer materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi8.Lok-boʻyoq materiallari va qoplamalarining sud ekspertizasi9.Sud-tuproqshunoslik ekspertizasi10. Neft mahsulotlari va yoqilgʻi-moylash materiallarining sud ekspertizasi11. Tabiiy minerallar sud ekspertizasi12. Shisha buyumlari va silikatli qurilish materiallarining sud ekspertizasi13. Metall buyumlari va qotishmalarining sud ekspertizasi14. Dori vositalarining sud ekspertizasi15. Tabiati nomaʼlum moddalarning sud ekspertizasi16. Tarkibida spirt boʻlgan suyuqliklar va ularning izlari sud ekspertizasi17. Maxsus markerlar (koʻrsatkichlar) sud ekspertizasi18. Oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasi19. Sud-biologik ekspertizasi20. Sud-botanik ekspertizasi21. Sud-zoologik ekspertizasi22. Sud-ornitologiya ekspertizasi23. Sud-ixtiologik ekspertizasi24. Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi25. Sud-transport-trasologiya ekspertizasi26. Sud-transport-baholash ekspertizasi27. Sud-soliq ekspertizasi28. Sud-buxgalteriya ekspertizasi29. Sud-moliya-kredit ekspertizasi30. Mehnat iqtisodiyoti sud ekspertizasi31. Sud-rejali-iqtisodiyot ekspertizasi32. Sud-iqtisodiy-statistik ekspertizasi33. Tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi34. Sud-qurilish-texnikaviy ekspertizasi35. Sud-yer ekspertizasi36. Sud-tovarshunoslik ekspertizasi37. Sud-fonografiya ekspertizasi38. Videomateriallarning sud ekspertizasi39. Sud-ekologik ekspertizasi40. Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi41. Sud-filologik ekspertizasi42. Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasi43. Sud-psixologik ekspertizasi44. Sud-elektrotexnikaviy ekspertizasi45.Oziq-ovqat mahsulotlarini baholash ekspertizasi46.Bank sohasida boy berilgan foydani aniqlash ekspertizasi47.Radiotexnika ekspertizasi48.Intellektual mulk sohasida sud iqtisodiy ekspertizasi49.Transport vositalarining texnik holatini aniqlash ekspertizasi50.Yoʻl-transport hodisasi mexanizmini matematik usullar bilan aniqlash ekspertizasi51.Audiovizual va dasturiy mahsulotlarning sud tovarshunoslik ekspertizasi52.Mikrozarrachalar ekspertizasi53.Videotexnika ekspertizasi54.Fototexnika ekspertizasi55.Sud psixologik-filiologik ekspertizasi
Izoh: nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari mazkur Roʻyxat bilan tasdiqlangan sud ekspertizalari turlari boʻyicha komissiyaviy va kompleks sud ekspertizalarni oʻtkazishga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4125-son qaroriga 2-ILOVA
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlari uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etiladigan davlat muassasalarining
ROʻYXATI
T/rMuassasalarEkspertiza turlari1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiTolali materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasiPolimer materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasiLok-boʻyoq materiallari va qoplamalarining sud ekspertizasiSud-tuproqshunoslik ekspertizasiNeft mahsulotlari va yoqilgʻi-moylash materiallarining sud ekspertizasiTabiiy minerallar sud ekspertizasiShisha buyumlari va silikatli qurilish materiallarining sud ekspertizasiMetall buyumlari va qotishmalarining sud ekspertizasiDori vositalarining sud ekspertizasiTabiati nomaʼlum moddalarning sud ekspertizasiTarkibida spirt boʻlgan suyuqliklar va ular izlarining sud ekspertizasiMaxsus markerlar (koʻrsatkichlar) sud ekspertizasiOziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasiSud-biologik ekspertizasiOdam DNKsi sud-biologik ekspertizasiSud-transport-trasologiya ekspertizasiSud-transport-baholash ekspertizasiSud-iqtisodiy ekspertizasiSud-buxgalteriya ekspertizasiSud-moliya-kredit ekspertizasiMehnat iqtisodiyoti sud ekspertizasiSud-rejali-iqtisodiyot ekspertizasiSud-iqtisodiy-statistik ekspertizasiTashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasiSud-qurilish-texnikaviy ekspertizasiSud-yer ekspertizasiSud-tovarshunoslik ekspertizasiSud-fonografiya ekspertizasiVideomateriallarning sud ekspertizasiSud-ekologik ekspertizasiSud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasiSud-filologik ekspertizasiSud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasiSud-psixologik ekspertizasiSud-elektrotexnikaviy ekspertizasiOziq-ovqat mahsulotlarini baholash ekspertizasiBank sohasida boy berilgan foydani aniqlash ekspertizasiRadiotexnika ekspertizasiIntellektual mulk sohasida sud iqtisodiy ekspertizasiTransport vositalarining texnik holatini aniqlash ekspertizasiYoʻl-transport hodisasi mexanizmini matematik usullar bilan aniqlash ekspertizasiAudiovizual va dasturiy mahsulotlarning sud tovarshunoslik ekspertizasiMikrozarrachalar ekspertizasiVideotexnika ekspertizasiFototexnika ekspertizasiSud psixologik-filiologik ekspertizasi2.Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi AkademiyasiSud-xatshunoslik ekspertizasiHujjatlarning sud-texnikaviy ekspertizasi Sud-trasologik ekspertizasi3.Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi AkademiyasiSud-portret ekspertizasi4.Fanlar Akademiyasi Botanika institutiSud-botanik ekspertizasi5.Fanlar Akademiyasi Zoologiya institutiSud-zoologik ekspertizasiSud-ornitologiya ekspertizasiSud-ixtiologik ekspertizasi6.Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiSud-sanʼatshunoslik ekspertizasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4125-son qaroriga 3-ILOVA
2019-2020-yillarda sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Tadbirlar nomi Amalga oshirish shakli Ijro muddati Masʼul ijrochilar I. Sud-ekspertiza xizmatlari faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish: nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan sud ekspertizalari va tadqiqotlarini oʻtkazish; affillangan shaxs (mulkdor, taʼsischi, kuzatuv kengashi, ijro organi aʼzosi, kreditor, sugʻurtalovchi, mulkiy manfaatdor shaxs va boshqalar) boʻlgan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, shuningdek, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining qonunda belgilangan tartibda sud eksperti sertifikatini olmagan sud eksperti tomonidan sud ekspertizalari oʻtkazilishini taqiqlash. qonun loyihasi 2019-yil may Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, Advokatlar palatasi 2. Oʻzbekiston Respublikasining “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini toʻlash tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida”gi Qonuni oʻz kuchini yoʻqotganligi toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va ushbu tartibni Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlash. normativ-huquqiy hujjatlar 2019-yil iyun Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, Advokatlar palatasi 3. Quyidagilar toʻgʻrisidagi nizomlar loyihalarini ishlab chiqish: ixtisoslashtirilgan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi; sud ekspertlarini qayta tayyorlash tartibi; tegishli ixtisoslik boʻyicha sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning Yagona reyestrini yuritish tartibi. Vazirlar Mahkamasining qarori 2019-yil iyul Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, Advokatlar palatasi, Moliya vazirligi 4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining (keyingi oʻrinlarda — RSEM) xodimlar umumiy cheklangan soni 177 nafarni, shu jumladan boshqaruv xodimlarining soni 49 nafarni tashkil etgan yangilangan tuzilmasini tasdiqlash. Vazirlar Mahkamasining qarori 2019-yil fevral Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi 5. Qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni kiritish. normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2019-yil may Adliya vazirligi, RSEM II. Sud-ekspertlik amaliyotiga yangi innovatsion ishlanmalarni joriy etish, sud ekspertizalarining turlarini kengaytirish, ularning sifati va ishonchliligini oshirish 6. RSEM laboratoriyalarini “Tadqiqot va kalibrovka laboratoriyalarining vakolatliliga qoʻyiladigan umumiy talablar” ISO/IEC 17025 xalqaro standartiga muvofiq akkreditatsiya qilish. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2019-2020-yillar Adliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi 7. Markazda quyidagi yangi ekspertiza tadqiqotlari turlarini joriy qilish: sud-psixologik ekspertizasi; sud-elektrotexnika ekspertizasi; oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasi. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2019-2020-yillar RSEM, Fanlar Akademiyasi 8. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari hamda sud xodimlari uchun sud ekspertizalarini oʻtkazishga zarur boʻlgan tadqiqot obyektlarini yigʻish, saqlash va taqdim etish usullari toʻgʻrisida hududiy seminarlarni oʻtkazish. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2019-2020-yillar Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, Advokatlar palatasi 9. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudyalar, advokatlar uchun sud ekspertizasi xulosasining xolisligi, ilmiy asoslanganligi va qonuniyligini baholash boʻyicha misollarni kiritgan holda turli sohalardagi sud ekspertizalari xulosalari namunalari aks etgan oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlash. oʻquv qoʻllanma 2019-yil sentabr RSEM,TDYU, IIV Akademiyasi, Bosh prokuratura Akademiyasi, Advokatlar palatasi 10. Sud-ekspertlik faoliyatining eng dolzarb muammolari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni, shu jumladan milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish dasturini tasdiqlash. qoʻshma qaror 2019-yil iyul Adliya vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi 11. Sud-ekspertlik faoliyati boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish uchun zarur dasturiy mahsulotlar (maʼlumotlar bazalari), xususan “West Law”, “Lexis Nexis” va boshqa xalqaro maʼlumot-huquqiy tizimlarini xarid qilish va kelgusida yangilab borish. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2019-2020-yillar Adliya vazirligi 12. Axborot-resurs markazi fondini ixtisoslashtirilgan oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan yangilash, shu jumladan sud ekspertizasi sohasidagi xorijiy axborot-tahliliy davriy nashrlarga muntazam obuna boʻlishni taʼminlash. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2019-2020-yillar Adliya vazirligi 13. RSEMni “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining elektron axborot-kutubxona fondi va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga ulash. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2019-2020-yillar Adliya vaziriligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi 14. Sud ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, ish staji, oʻtkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlar asosida baholashning reyting tizimini joriy qilish. adliya vazirining buyrugʻi 2019-yil iyun Adliya vazirligi 15. Quyidagi tadqiqotlar boʻyicha pullik xizmat koʻrsatishning yangi turlarini joriy etish: Y-xromosoma boʻyicha populyatsion kelib chiqishni aniqlash; odamning turli kasalliklarga genetik moyilligini aniqlash; turli oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibini aniqlash. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2019-2020-yillar Adliya vazirligi 16. Davlat sud ekspertiza muassasalari va tegishli davlat organlari ekspert boʻlinmalari tomonidan oʻtkaziladigan bir xildagi sud ekspertizalarini aniqlash va ularni oʻtkazish boʻyicha yagona idoralararo uslubiyotni tasdiqlash. metodik koʻrsatmalar 2019-yil aprel Adliya vazirligi, IIV, manfaatdor idoralar III. RSEMning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sud-ekspertlik faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish 17. RSEMning yangi ixtisoslashgan binosi qurilishini texnik topshiriq va loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq “tayyor holda topshirish” shartlarida, shu jumladan quyidagilarni taʼminlagan holda yakunlash: elektr taʼminoti, gaz taʼminoti, aloqaning tashqi tarmoqlari va binoning boshqa infratuzilmasini qurish; tutash hududlarni (mahalliy budjet hisobidan) obodonlashtirish. qabul qilish dalolatnomasi 2019-yil mart Adliya vazirligi, Toshkent shahar hokimi apparati 18. RSEMning yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlash. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2019-2020-yillar Axborot texnologiyalari vazirligi, Adliya vazirligi 19. RSEM rasmiy veb-saytini modernizatsiya qilish va turli ijtimoiy tarmoqlarda, shu jumladan “Facebook”da RSEMning rasmiy sahifasini ochish. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2019-yil RSEM 20. Sud-ekspertiza muassasalarida quyidagilarni nazarda tutuvchi avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlari va kompyuter dasturlari, elektron maʼlumotlar bazalarini joriy etish: sud ekspertlarining avtomatlashtirilgan ish oʻrinlarini tashkil etish; ekspert xulosalarini roʻyxatga olish va buyurtmachilarga yuborish, shuningdek, sud ekspertlarining qoʻshimcha materiallar taqdim etilishini soʻrab kiritgan iltimosnomalarini yuborish va ularni taqdim qilish muddatlarini qisqartirish maqsadida idoralararo elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish; koʻrilayotgan ish natijasidan manfaatdor boʻlgan tomonlardan birining yoki boshqa shaxslarning foydasiga xulosa olish uchun sud ekspertiga taʼsir koʻrsatish holatlari, shuningdek, sud eksperti tomonidan korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida tadqiqot obyektlarini shifrlash (kodlash) tizimini toʻliq joriy etish; sud ekspertizalarini oʻtkazish ketma-ketligi, shuningdek, ularning muddatini toʻxtatish va uzaytirishni nazorat qilish imkoniyati. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2019-2020-yillar Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura 21. RSEMni maxsus mebel, sud ekspertizalar va kriminalistik tadqiqotlarni oʻtkazish uchun zarur zamonaviy uskunalar bilan 2019-2020-yillarda ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan taʼminlash. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2019-2020-yillar Adliya vazirligi, Moliya vazirligi IV. Ixtisoslashtirilgan nodavlat sud ekspertiza tashkilotlarini rivojlantirish 22. Ixtisoslashtirilgan nodavlat sud ekspertiza tashkilotlarini tashkil etish, shuningdek, RSEMni rivojlantirish uchun xususiy kapital, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalasini ishlab chiqish. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2019-2020-yillar Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Adliya vazirligi 23. OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlar orqali zamonaviy sud ekspertizasining imkoniyatlari toʻgʻrisida keng reklama va targʻibot kampaniyalarini oʻtkazish. chora-tadbirlar dasturi doimiy asosda Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, MTRK, EOAVMA V. Sud-ekspertlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish 24. Butunjahon sud ekspertlari assotsiatsiyasiga (IAFS) aʼzo boʻlish masalasini ishlab chiqish. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2019-2020-yillar Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi 25. RSEMning xalqaro hamkorligini rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish: yetakchi sud-ekspertiza, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan memorandumlar, oʻzaro hamkorlik bitimlari tuzish, qoʻshma dasturlarni amalga oshirish; RSEM sud ekspertlarining malakasini oshirish jarayonida yetakchi xorijiy mutaxassislarning ishtirokini taʼminlash maqsadida ularni jalb qilish amaliyotini joriy etish; RSEM sud ekspertlarini xorijiy mamlakatlarning sud-ekspertiza muassasalarida stajirovka oʻtashlari, shuningdek, sud-ekspertlik faoliyatining dolzarb masalalari boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy forumlarda muntazam ishtirok etishlarini tashkil qilish. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2019-2020-yillar Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi
Izoh.
1. Huquqiy munosabatlarning predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqib, tadbirlarni amalga oshirish shakllari oʻzgarishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy aktlar va boshqa hujjatlar esa birlashtirilishi mumkin.
2. Ikki va undan koʻp bandlar birlashtirilganda, ijro muddati sifatida birlashayotgan bandlar uchun koʻrsatilgan eng kechki muddat belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4125-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining tegishli boʻlim va laboratoriyalariga biriktirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy taʼlim muassasalarining
ROʻYXATI
T/r Muassasalar Ekspertizalar turlari Markazning boʻlim va laboratoriyalari 1. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Mikrozarralarning sud ekspertizasi Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi Tolali materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi 2. Toshkent davlat agrar universiteti Sud-tuproqshunoslik ekspertizasi 3. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti Polimer materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi 4. Toshkent kimyo texnologiyalari instituti Lok-boʻyoq materiallari va qoplamalarining sud ekspertizasi Neft mahsulotlari va yoqilgʻi-moylash materiallarining sud ekspertizasi Tarkibida spirt boʻlgan suyuqliklar va ular izlarining sud ekspertizasi Shisha buyumlari va silikatli qurilish materiallarining sud ekspertizasi Metall buyumlari va qotishmalarining sud ekspertizasi 5. Toshkent farmatsevtika instituti Dori vositalarining sud ekspertizasi 6. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti Tabiati nomaʼlum moddalarning sud ekspertizasi 7. M. Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Zaharli ximikatlar va ogʻir metallar tuzlarining sud ekspertizasi Tabiiy minerallar sud ekspertizasi Maxsus markerlar (koʻrsatkichlar) sud ekspertizasi Sud-biologik ekspertizasi Sud-ekologik ekspertizasi 8. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti Oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasi 9. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi 10. Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti Sud-avtotexnikaviy ekspertizasi Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi Sud-yoʻl-transport ekspertizasi Sud-transport-trasologiya ekspertizasi 11. Oʻzbekiston Respublikasi Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazi Sud-transport-baholash ekspertizasi 12. Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti Sud-iqtisodiy ekspertizasi Sud-iqtisodiy ekspertizasi boʻlimi Sud-buxgalteriya ekspertizasi Tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi Mehnat iqtisodiyoti sud ekspertizasi Sud-rejali-iqtisodiyot ekspertizasi Sud-iqtisodiy-statistik ekspertizasi 13. Bank-moliya akademiyasi Sud-moliya-kredit ekspertizasi 14. Toshkent arxitektura-qurilish instituti Sud-qurilish-texnikaviy ekspertizasi Sud-qurilish-texnik ekspertizasi boʻlimi Sud-yer ekspertizasi 15. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi Sud-yongʻin-texnik ekspertizasi Yongʻin-texnikaviy ekspertizasi laboratoriyasi 16. Toshkent davlat texnika universiteti Sud-elektrotexnikaviy ekspertizasi 17. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Sud-tovarshunoslik ekspertizasi Tovarshunoslik ekspertizasi boʻlimi 18. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Sud-fonografiya ekspertizasi Sud-fonografiya ekspertizasi laboratoriyasi Videomateriallarning sud ekspertizasi 19. M. Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi Nutqshunoslik va psixologik ekspertizasi boʻlimi Sud-psixologik ekspertizasi 20. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Sud-filologik ekspertizasi 21. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasi Kompyuter-texnikaviy ekspertizasi laboratoriyasi 22. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Sud-xatshunoslik ekspertizasi Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi Hujjatlarning sud-texnikaviy ekspertizasi 23. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Sud-trasologik ekspertizasi Sud-ballistika va trasologiya ekspertizasi laboratoriyasi Sud-daktiloskopik ekspertizasi Sud-portret ekspertizasi
