Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasiga oʻzgartirish kiritish haqida (47-son)
18.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-oktabrdagi PF-5553-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash hamda aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini kuchaytirish, shuningdek mehnatiga kam haq toʻlanadigan xodimlar ish haqi miqdorini jadal ravishda oshirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasidan foydalanadigan xoʻjalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlarga ularning moliyaviy imkoniyatlaridan va xoʻjalik faoliyati natijalaridan kelib chiqqan holda, xodimlar mehnatiga haq toʻlashni tashkil etish uchun asos sifatida Yagona tarif setkasining oshirilgan tarif koeffitsiyentlarini belgilash huquqi berilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-yanvar,
47-son
