27-modda. Konsullikning notarial harakatlarni amalga oshirish yuzasidan funksiyalari
Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida (O‘RQ-517-son) · Sana: 17.01.2019 · Amalda
Konsullikning notarial harakatlarni amalga oshiruvchi mansabdor shaxsi notarial harakatlarni amalga oshirish siriga rioya etishi shart. Konsullikning notarial harakatlarni amalga oshirish sirining oshkor etilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq javobgar boʻladi.
Konsullikning mansabdor shaxsi oʻz nomiga va oʻz nomidan, oʻzining xotini (eri) nomiga va uning nomidan, xotinining (erining) va oʻzining yaqin qarindoshlari nomiga va ularning nomidan notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
Konsullikning mansabdor shaxsi notarial harakatlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga amal qiladi. Konsullikning mansabdor shaxsi quyidagi hollarda notarial harakatlarni amalga oshirishni rad etadi, agar:
bunday harakatni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid boʻlsa;
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoki zarur vakolatlarga ega boʻlmagan vakil notarial harakatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimos bilan murojaat etgan boʻlsa;
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida koʻrsatilgan maqsadlarga zid boʻlsa;
bitim Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilikning talablariga nomuvofiq boʻlsa;
notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik talablariga nomuvofiq boʻlsa.
Agar taqdim etilgan hujjatlardan ularning qalbakilashtirilganligi aniq koʻrinib turgan boʻlsa yoki bu haqda shubhalanish uchun yetarli asoslar mavjud boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirish uchun taqdim etilgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga nomuvofiq deb hisoblanadi.
Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda, notarial harakatni amalga oshirish rad etilganligi toʻgʻrisida konsullikning mansabdor shaxsi murojaat etilgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatdan kechiktirmay qaror chiqaradi va uni notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat etgan shaxsga beradi.
Konsullikning mansabdor shaxsi quyidagi notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega:
1) bitimlarni (shartnomalar, vasiyatnomalar, ishonchnomalar va boshqalarni) tasdiqlash, bundan Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalar mustasno;
