19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan yoʻqotilgan taqdirda konsullikning funksiyalari
Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida (O‘RQ-517-son) · Sana: 17.01.2019 · Amalda
Agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni yoʻqotsa va bu haqda konsullik muassasasiga murojaat qilsa, konsullikning mansabdor shaxsi arizachi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tekshirilganidan hamda uning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi tasdiqlanganidan keyin mazkur fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi va unga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish (qaytib kelish) huquqini beruvchi vaqtinchalik hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda rasmiylashtiradi hamda beradi.
