17-modda. Konsullikning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bogʻliq funksiyalari
Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida (O‘RQ-517-son) · Sana: 17.01.2019 · Amalda
Konsullikning mansabdor shaxslari oʻz vakolatlari doirasida:
1) xorijda doimiy yashayotgan shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga doir arizalarni qabul qiladi;
2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga doir arizalarni asoslash uchun taqdim etilgan faktlar va hujjatlarni tekshiradi;
3) fuqarolik masalalariga doir arizalarni zarur hujjatlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi;
4) xorijda doimiy yashayotgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlaydi;
5) xorijda doimiy yashayotgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganligini roʻyxatdan oʻtkazadi;
6) xorijda doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritadi.
Konsullikning mansabdor shaxslari zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin.
