1-modda. Konsullik faoliyatining asosiy vazifalari
Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida (O‘RQ-517-son) · Sana: 17.01.2019 · Amalda
Konsullik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligida, Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarda berilgan barcha huquqlardan toʻliq hajmda foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan choralar koʻrish maqsadida amalga oshiriladi.
Konsullik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan yaxshi qoʻshnichilik hamda doʻstona munosabatlarini rivojlantirishga, iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalarni va boshqa aloqalarni kengaytirishga koʻmaklashish uchun yoʻnaltirilgandir.
