“71-modda. Tavakkalchiliklarni aniqlashga, baholashga va kamaytirishga doir choralar — Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-516-son)
“71-modda. Tavakkalchiliklarni aniqlashga, baholashga va kamaytirishga doir choralar
Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-516-son) · Sana: 15.01.2019 · Amalda
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning, shuningdek ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiruvchi organlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni oʻrganishni, tahlil qilishni va aniqlashni oʻz faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, oʻrganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar koʻrishi shart.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish hollarining oldini olish yoki sonini kamaytirish uchun qoʻllaniladigan choralar aniqlangan tavakkalchiliklarga muvofiq boʻlishi hamda nazorat qilishning kengaytirilgan yoki soddalashtirilgan choralarini qoʻllash hamda resurslarni samarali taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish imkonini berishi kerak.
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi barcha organlarga hamda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga yetkazilishi kerak.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan tavakkalchiliklarni baholash boʻyicha choralarni muvofiqlashtirishni maxsus vakolatli davlat organi amalga oshiradi”;
9) 8-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan maxsus vakolatli davlat organi pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar oʻtkazilishi ustidan ushbu Qonunda belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi.
Maxsus vakolatli davlat organi oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilishda xoli va mustaqildir, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno”;
10) 9-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maxsus vakolatli davlat organi:
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi organlarning ishini muvofiqlashtiradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qilinishini taʼminlaydi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni, shu jumladan avtomatlashtirilgan axborot, maʼlumotnoma tizimlaridan hamda maʼlumotlar bazalaridan axborotni soʻraydi va bepul oladi;
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha ushbu Qonunga muvofiq olinadigan axborotning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish belgilarini aniqlash maqsadida tahlil qilinishini amalga oshiradi;
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlardan kelib tushadigan shubhali operatsiyalar haqidagi xabarlarni oladi, maʼlumotlar bazalarini shakllantiradi va ularga ishlov beradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq maʼlumotlar va axborotni almashish hamda yuborish boʻyicha hamkorlik tartibini huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan birgalikda belgilaydi;
yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda yoki soʻrovga binoan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqador pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar haqidagi materiallarni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi tegishli organlarga yuboradi;
terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning roʻyxatini terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlaridan hamda xalqaro tashkilotlardan rasmiy kanallar orqali olingan maʼlumotlar asosida shakllantiradi va yuritadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish boʻyicha tavakkalchiliklarni baholashni tashkil etish yuzasidan jalb etilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda choralar koʻradi;
yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni amalga oshirish uchun pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻttiz ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish haqida koʻrsatmalar yuboradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining qoʻllanilish amaliyotini davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan olinadigan axborot asosida tahlil qiladi hamda umumlashtiradi, shuningdek qonun hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi hamda kiritadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida chet davlatlarning vakolatli organlari, xalqaro ixtisoslashgan tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, chet davlatlarning tegishli vakolatli organlari bilan kelishuvlar tuzadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki chet davlatlarning vakolatli organlari, xalqaro tashkilotlar bilan oʻzarolik prinsipi asosida hamkorlik qiladi va axborot almashishni amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi”;
11) 10-moddaning matnidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 13-modda:
ikkinchi qismi “yoki terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlardan keyin “yoxud ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 14-moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari “terrorchilik faoliyatida”, “terrorchilik faoliyatini” degan soʻzlardan keyin tegishincha “yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda”, “yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
14) 15-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) IV bobning nomidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 18-moddaning:
nomidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish, shuningdek pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarni terrorchilik faoliyatida yoxud boshqa jinoiy faoliyatda ishtirok etayotgan yoki ushbu faoliyatda ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoxud jismoniy shaxslar haqida xabardor qilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”;
17) 19-modda:
birinchi qismining ruscha matnidagi “rabotniki” degan soʻz “sotrudniki” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 20-moddaning:
nomidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 22-moddaning:
nomidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 23-moddaning matnidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 24-moddaning:
nomidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ-163-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan OʻRQ-387-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) 50-moddasining oltinchi qismidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-344-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 335-modda, 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 9, 506-modda, № 10, 605-modda) 10-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-371-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 129-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) 11-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 670-modda) 242-moddasining ikkinchi qismidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 7-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 13-modda:
nomidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining:
birinchi xatboshisidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar, iqtisodiy va korrupsiya bilan bogʻliq boshqa jinoyatlar boʻyicha tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni va surishtiruvni amalga oshiradi”;
ikkinchi qismidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
26-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-yanvar,
OʻRQ-516-son
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “71-modda. Tavakkalchiliklarni aniqlashga, baholashga va kamaytirishga doir choralar Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-516-son). neolex.uz/uz/laws/law-4163513/71 (lex.uz/docs/-4163506)