Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (2546-2-son)
14.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 14-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2546-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 23-noyabrdagi 22/9-son (roʻyxat raqami 2546, 2013-yil 27-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 711-modda) bilan tasdiqlangan Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-dekabr,
39/8-son
