23-modda. Himoya qilinuvchi shaxslarning majburiyatlari
Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-515-son) · Sana: 14.01.2019 · Amalda
Himoya qilinuvchi shaxslar:
xavfsizlik choralarini taʼminlovchi organ tomonidan berilgan koʻrsatmalarni, shuningdek uning qonuniy talablarini bajarishi;
oʻziga nisbatan qilingan har bir tahdid yoxud gʻayriqonuniy harakatlar toʻgʻrisida xavfsizlik choralarini taʼminlovchi organni darhol xabardor qilishi;
xavfsizlikni taʼminlash uchun oʻziga berilgan mol-mulkni asrab-avaylashi;
oʻziga nisbatan qoʻllanilgan xavfsizlik choralari haqidagi maʼlumotlarni oshkor etmasligi shart.
Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida foydalanishga berilgan mol-mulk sotib yuborilgan, oʻzga shaxsga berib yuborilgan yoki unga shikast yetkazilgan taqdirda, himoya qilinuvchi shaxs qonunga muvofiq javobgar boʻladi.
