“Oʻzbekneftgaz” aksionerlik jamiyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning birinchi galdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4029-son)
24.11.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublika iqtisodiyoti va aholisini tabiiy gaz va neft mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash, neft-gaz tarmogʻi korxonalarining moliyaviy holatini yaxshilash va muntazam rivojlantirishda “Oʻzbekneftgaz” aksionerlik jamiyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, “Asaka” ATB va “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining ilovaga muvofiq “Oʻzbekneftgaz” aksionerlik jamiyati investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditlari boʻyicha 2019-yil 1-yanvardan 2021-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davrda soʻndirilishi lozim boʻlgan asosiy qarzni qaytarish muddatlarini, qayta moliyalashtiruvchi banklarning majburiyatlarini restrukturizatsiya qilgan holda 3 yilga uzaytirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorovga mazkur qaror ilovasida koʻrsatilgan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgarmasi kreditlari boʻyicha “Oʻzbekneftgaz” aksionerlik jamiyatining tijorat banklari oldidagi majburiyatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining avval takdim etilgan davlat kafolatlariga oʻzgartirishlar kiritish vakolati berilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-noyabr,
PQ-4029-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PQ-4029-son qaroriga ILOVA
“Oʻzbekneftgaz” AJ investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun ajratilgan, qayta moliyalashtiruvchi banklarning majburiyatlarini restrukturizatsiya qilgan holda, asosiy qarz toʻlovlari muddati 3 yilga uzaytiriladigan Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditlari
ROʻYXATI
mln. AQSH dollari T/r Investitsiya loyihalariniig nomi Jami kredit summasi, shundan Toʻlov muddati uzaytiriladigan asosiy qarz summasi* rasmiylashtirilgan kredit summasi ajratilgan kredit summasi jami shundan 2019-yil 2020-yil 2021-yil “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 1. Surgʻil koni negizida konni jihozlash bilan Ustyurt gaz-kimyo kompleksini qurish* 748,4 745,4 272,1 90,7 90,7 90,7 2. Somontepa, Girsan, Choʻlquvar, Qumli, Toyloq, Qoʻshimcha va Chegaraqum gazkondensat konlarini jihozlash 75,5 76,4 40,5 13,5 13,5 13,5 3. Janubiy Kemachi konini qoʻshimcha jihozlash 33,0 33,0 18,0 6,0 6,0 6,0 4. “Shoʻrtanneftgaz” USHK propan-butan aralashmasi olish qurilmasini qurish (5-navbati) 37,5 37,5 16,8 8,4 8,4 0,0 5. Shoʻrtan konini 2-siquv kompressor stansiyasini qurish bilan qoʻshimcha jihozlash 53,4 53,0 29,1 9,7 9,7 9,7 6. Alan konini siquv kompressor stansiyasini qurish bilan qoʻshimcha jihozlash 53,5 48,6 26,4 8,8 8,8 8,8 7. Shimoliy Shoʻrtan koni va Shoʻrtan bosh qurilmalarida yoʻldosh gazlarni utilizatsiya qilish* 15,0 15,0 8,1 2,7 2,7 2,7 8. Sharqiy Berdax va Shimoliy Berdax konlarini siquv kompressor stansiyasini qurish bilan qoʻshimcha jihozlash 57,9 57,9 31,5 10,5 10,5 10,5 9. “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MCHJda gazni oltingugurtdan tozalash uchta blokini qurish, safdan chiqariladigan quvvaglar oʻrnini toʻldirish 32,8 32,8 19,8 6,6 6,6 6,6 10. Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksining tozalangan metan gazi asosida suyultirilgan sintetik yoqilgi ishlab chiqarish* 280,0 105,1 18,0 6,0 6,0 6,0 “Asaka” ATB 11. Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksining tozalangan metan gazi asosida suyultirilgan sintetik yoqilgi ishlab chiqarish* 740,0 740,0 105,7 - 35,2 70,5 Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 12. “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MCHJda propan-butan aralashmasi olish qurilmasini qurish 55,4 55,4 22,2 7,4 7,4 7,4 JAMI 2 182,4 2 000,1 608,2 170,3 205,5 232,4
* Kreditlarni toʻlash muddatlarini uzaytirish toʻgʻrisidagi bitimlar, joriy kredit bitimlari bilan belgilangan muddatlarda toʻliq soʻndirilishini nazarda tutgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining har bir krediti boʻyicha alohida tuziladi.
