Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga pasportlarni berish va almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida (726-1-son)
10.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 10-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 726-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5400-son “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishda uning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2018-yil 5-apreldagi PQ-3654-son “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan 1999-yil 15-aprelda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga pasportlarni berish va almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 726, 1999-yil 11-may) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. KAMILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-dekabr,
39-son
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining 2018-yil 27-dekabrdagi 39-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga pasportlarni berish va almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 11, 14, 21 va 23-bandlardagi “Konsullik boshqarmasiga” degan soʻzlar “Konsullik-huquqiy departamentiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 13-bandda:
birinchi xatboshidagi “Konsullik boshqarmasiga” degan soʻzlar “Konsullik-huquqiy departamentiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “Konsullik boshqarmasining” degan soʻzlar “Konsullik-huquqiy departamentining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 25-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Konsullik boshqarmasining” degan soʻzlar “Konsullik-huquqiy departamentining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 26-bandda:
birinchi xatboshidagi “Konsullik boshqarmasiga” va “Konsullik boshqarmasi” degan soʻzlar tegishlicha “Konsullik-huquqiy departamentiga” va “Konsullik-huquqiy departamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “Konsullik boshqarmasi” degan soʻzlar “Konsullik-huquqiy departamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. Mazkur oʻzgartirishlar Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2018-yil 25-dekabr
39-son
