4-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida (710-II-son) · Sana: 03.12.2004 · Amalda
Yerning va (yoki) suv kengliklarining (akvatoriyalarning) ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik boʻlgan, xoʻjalik maqsadidagi doimiy yoki vaqtincha foydalanishdan toʻliq yoki qisman chiqarilgan uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi.
Tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda muhofaza qilish va foydalanish rejimi (bundan buyon matnda rejim deb yuritiladi) oʻrnatiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar biologik, landshaft rang-barangligini taʼminlash va ekologik muvozanatni saqlab turish uchun moʻljallangan yaxlit ekologik tizimni tashkil etadi.
