Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida (710-II-son) · Sana: 03.12.2004 · Amalda
Davlat tabiat yodgorliklari hududida ularning asralishiga xavf soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Davlat tabiat yodgorliklari qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida joylashgan boʻlsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga bunday yodgorliklarning rejimini taʼminlash majburiyatlari yuklatiladi.
Diniy maqsadlarda foydalaniladigan davlat tabiat yodgorliklari diniy tashkilotlarga yoki jismoniy shaxslarga bunday yodgorliklarni obodonlashtirish va asrash ishlarini amalga oshirish sharti bilan foydalanishga yoki ijaraga berilishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-415135
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 28-modda. Davlat tabiat yodgorliklarining rejimi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida (710-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-415228/28 (lex.uz/docs/-415135)