16-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida (710-II-son) · Sana: 03.12.2004 · Amalda
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari tabiiy obyektlar va majmualarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish boʻyicha barcha tashkiliy, tabiatni muhofaza qilish yoʻnalishidagi, texnikaviy va boshqa tadbirlardan iborat.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari tasarrufida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boʻlgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarining loyihalari davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilishi kerak.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqish tartibi ekologiya va iqlim oʻzgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
