“329-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish
Sudlarda davlat bojini undirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-513-son) · Sana: 09.01.2019 · Amalda
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) daʼvogarlar — ish haqini undirib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan;
2) daʼvogarlar — alimentlar undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
3) daʼvogarlar — mehnatda mayib boʻlganligi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
4) daʼvogarlar — noqonuniy hukm etish, jinoiy javobgarlikka tortish, maʼmuriy jazo berish tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq nizolar yuzasidan;
5) daʼvogarlar — jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
6) yuridik va jismoniy shaxslar — alimentlarni undirishga doir fuqarolik ishlari bilan bogʻliq hujjatlarni ularga berganlik uchun;
7) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquqlari hamda manfaatlari himoya qilinishini soʻrab sudga ariza bilan murojaat etgan yuridik va jismoniy shaxslar;
8) yuridik va jismoniy shaxslar — davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlar yuzasidan;
9) tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlari hamda boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda;
10) isteʼmolchilar — oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bogʻliq daʼvolar yuzasidan;
11) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavfsiz boʻlishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari va isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari — isteʼmolchilarning (isteʼmolchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini koʻzlab beriladigan daʼvolar yuzasidan;
12) daʼvogarlar — oʻrmon daraxtlarini oʻzboshimchalik bilan kesish hamda oʻrmondan foydalanish, oʻrmonni qoʻriqlash va muhofaza qilishning tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli oʻrmon fondiga yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;
