Respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosini yetishtirishni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (2-son)
02.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga ajratilgan paxta maydonlarida sifatli urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirish va moliyalashtirishni tartibga solish hamda Vazirlar Mahkamasining “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 19-sentabrdagi 744-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosini yetishtirishni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirish ishlari boʻyicha doimiy tahlillar oʻtkazib borsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov, qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.U. Xaydarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 2-yanvar,
2-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-yanvardagi 2-son qaroriga ILOVA
Respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
2. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari va oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari — paxta xom ashyosini yetishtirish faoliyati Hukumat qarorlari bilan belgilangan xoʻjalik subyektlari va urugʻchilik klasterlari;
urugʻlik paxta xom ashyosi — kelgusi yil paxta hosili uchun urugʻlik chigit ekish maqsadida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida yetishtiriladigan urugʻlik paxta xom ashyosi;
urugʻchilik xoʻjaliklari — urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirish huquqiga ega boʻlgan xoʻjaliklari;
ustama mablagʻ — urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishda ishtirok etuvchi tashkilotlarni ragʻbatlantirish maqsadida urugʻchilik xoʻjaliklari, ilmiy muassasalar, nav mualliflari va urugʻchilikka bevosita aloqador boʻlgan subyektlarga ajratiladigan mablagʻ.
4. Yetishtirilgan urugʻlik chigit va paxta xom ashyosi taqsimoti, oʻz ehtiyoji uchun foydalanish yoki sotish masalalari paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2-bob. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi
5. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari bilan birgalikda respublikada oxirgi 3 yilda urugʻlik chigitning amaldagi sarfidan hamda kelgusi yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining takliflariga asosan paxta xom ashyosi yetishtirishning prognoz hajmlaridan kelib chiqib, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida yetishtiriladigan urugʻlik paxta xom ashyosi miqdori va navlarini aniqlaydilar va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishgan holda har yili 1-oktabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar.
7. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida urugʻlik paxta xom ashyosi ekiladigan maydon hajmi, paxta yetishtirishning prognoz hajmlari va gʻoʻza navlari boʻyicha joylashtirish masalalari har yil 1-noyabrga qadar Hukumatning qarorida belgilanadi.
8. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish urugʻlik paxta qiymatining 60 foizigacha Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
9. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari kredit olish uchun xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga ariza bilan murojaat qiladi.
Arizada kredit olish uchun tayyorlangan biznes-reja ilova qilinadi.
10. Jamgʻarma bilan tuzilgan Bosh bitimga muvofiq tijorat banki paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarini oyma-oy kesimida moliyalashtirish uchun resurslar ajratish boʻyicha Jamgʻarmaga ariza beradi.
11. Jamgʻarma tomonidan har oyning 5-kunigacha tijorat bankiga kredit resurslari ajratiladi.
12. Tijorat banki tomonidan paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarini moliyalashtirish uchun kredit resurslari ajratiladi.
13. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga:
barcha agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda moliyalashtirish, shu jumladan, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy va biologik vositalari, yoqilgʻi-moylash mahsulotlari, boshqa resurslar va xizmatlarni xarid qilish va joyiga yetkazib berish;
tuzilgan shartnomalarga muvofiq urugʻchilik fermer xoʻjaliklarining mehnat haqini oyma-oy toʻlab berish va urugʻlik paxta hosili uchun toʻliq oʻzaro hisob-kitoblarni yil yakunigacha amalga oshirish;
urugʻchilik fermer xoʻjaliklariga berilgan moddiy-texnika resurslari va xizmatlaridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish;
zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, hosildorlik va urugʻlik paxta xom ashyosi sifatini oshirish, qishloq xoʻjaligi xodimlarini ragʻbatlantirish uchun qoʻshimcha moliyaviy resurslar ajratish yuzasidan toʻliq masʼuliyat yuklatiladi.
3-bob. Tayyorlangan urugʻlik paxta xom ashyosiga ustamalar toʻlash tartibi
14. Urugʻlik paxta xom ashyosiga qonunchilik hujjatlariga asosan yetishtirilgan urugʻlik paxta xomashyosidan tayyorlangan urugʻlik chigit Oʻzbekiston Respublikasi Davlat standarti (OʻzDSt-663-2017 “Urugʻlik chigit. Texnikaviy shartlar”) talablariga mos boʻlganda, paxta xomashyosi qiymatiga nisbatan superelita va elita urugʻlik chigit uchun 50 foiz, I avlod (R1) uchun 35 foiz, II avlod (R2) uchun 25 foiz va III avlod (R3) uchun 15 foiz miqdorida ustamalar hisoblanadi.
15. Ustamalar xarajati tayyorlangan urugʻlik chigit narxiga kiritiladi.
16. Ustamalar yetishtirilgan urugʻlik paxta xom ashyosi miqdoriga hisoblanadi va quyidagi tartibda ikki bosqichda hisob-kitob amalga oshiriladi:
a) paxta-toʻqimachilik klasterlarida:
birinchi bosqichda — urugʻlik paxta xom ashyosi yetkazib beruvchi tomonidan yetishtirilgan urugʻlik paxta xom ashyosi uchun hisoblangan ustamaning 50 foizi paxta-toʻqimachilik klasterlari ixtiyorida qoldiriladi;
ikkinchi bosqichda — urugʻlik chigit ekilgandan (sotilgandan) keyin ustamaning qolgan qismi 100 foiz deb hisoblanib, shundan 50 foizi paxta-toʻqimachilik klasterlari ixtiyorida qoldiriladi, qolgan 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va quyidagicha taqsimlanadi:
“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasiga va uning viloyat hududiy boshqarmalariga hamda elita urugʻchiligi laboratoriyalariga — 20 foiz;
nav originatorlari, institutlar, seleksioner va urugʻchilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarga — 30 foiz.
b) paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlarida:
birinchi bosqichda — topshirilgan urugʻlik paxta xom ashyosi uchun hisoblangan ustamaning 50 foizi miqdorida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tarkibiga kiruvchi urugʻchilik xoʻjaliklariga paxta xom ashyosini topshirgan vaqtda;
ikkinchi bosqichda — urugʻlik chigit ekilgandan (sotilgandan) keyin ustamaning qolgan 50 foiz qismi 100 foiz deb hisoblanib, shundan 10 foizi paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari ixtiyorida qoldiriladi, 40 foizi ularning tarkibiga kiruvchi urugʻchilik fermer xoʻjaliklari ixtiyorida qoldiriladi;
“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan ustamalarni toʻlash boʻyicha urugʻlik chigit tayyorlovchi tashkilotlar oʻrtasida shartnomalar tuziladi.
Ustamalarning hisobi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan hisobot shakllari asosida hisoblanadi va toʻlanadi.
qolgan 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va quyidagicha taqsimlanadi:
“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasiga va uning viloyat hududiy boshqarmalariga hamda elita urugʻchiligi laboratoriyalariga — 20 foiz;
nav originatorlari, institutlar, seleksioner va urugʻchilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarga — 30 foiz.
17. Oʻtkaziladigan mablagʻning nav originatorlari, institutlar, seleksioner olimlarga tegishli qismi taqsimotida ularning tayyorlangan paxta urugʻligidagi ulushi eʼtiborga olinadi.
18. Nav originatorlari, institutlar, seleksioner olimlar va urugʻchilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarga ustama mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yillik xarajatlar smetasiga hamda tegishli tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining maxsus hisobvaragʻidan oʻtkazib beriladi.
19. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari oʻz ehtiyojlari uchun gʻoʻzaning xorijiy nav va duragay urugʻlarini belgilangan tartibda olib kelishi va yetishtirishi mumkin.
4-bob. Yakunlovchi qoida
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosini yetishtirishni moliyalashtirish
SXEMASI
Bosqichlar Tadbirlar Masʼullar Muddatlar Urugʻlik paxta xom ashyosini yetishtirish hajmini aniqlash 1-bosqich Kelgusi yil hosili uchun paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida yetishtiriladigan urugʻlik paxta xom ashyosi miqdorini aniqlash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 1-oktabrgacha 2-bosqich Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida urugʻlik paxta xom ashyosi ekiladigan maydon hajmi, paxta yetishtirishning prognoz hajmlari va gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish masalalarini Hukumat qarorida belgilash. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi 1-noyabrgacha Urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish 3-bosqich Urugʻlik paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari bilan paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari oʻrtasida urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalarini tuzish Urugʻchilik fermer xoʻjaliklari, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari 1-yanvargacha 4-bosqich Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari kredit olish uchun xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga ariza berish Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari 10-yanvargacha 5-bosqich Jamgʻarma bilan tuzilgan Bosh bitimga asosan tijorat banki paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarini oyma-oy kesimida moliyalashtirish uchun resurslar ajratish boʻyicha Jamgʻarmaga ariza berish Tijorat banklari 20-yanvargacha 6-bosqich Jamgʻarma tomonidan tijorat bankiga kredit resurslari ajratish Jamgʻarma har oyning 5-kunigacha 7-bosqich Tijorat banki tomonidan paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarini moliyalashtirish uchun resurslar ajratish Tijorat banklari Agrotexnik tadbirlarga asosan oyma-oy Tayyorlangan urugʻlik paxta uchun ustama ajratish 8-bosqich Yetishtirilgan urugʻlik paxta uchun birinchi bosqichda 50 foiz ustama mablagʻlarni ajratish Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari Urugʻlik paxta topshirilgan vaqtda 9-bosqich Yetishtirilgan urugʻlik paxtadan tayyorlangan va kelgusi yilda ekilgan urugʻlik chigit uchun ikkinchi bosqichda qolgan 50 foiz ustama mablagʻlarni ajratish Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari, Jamgʻarma Kelgusi yil hosili uchun urugʻlik chigit ekilgandan (sotilgandan) keyin 10-bosqich Ikkinchi bosqichda ajratilgan ustama mablagʻlarni taqsimlash Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi Kelgusi yil hosili uchun urugʻlik chigit ekilgandan (sotilgandan) keyin
Respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
________tumanidagi ________ MChJda 20___ yil paxta hosilidan tayyorlangan urugʻlik chigit uchun urugʻchilikda ishtirok etgan barcha subyektlarga toʻlanadigan ustama haqlari toʻgʻrisida
HISOB-DALOLATNOMA
T/r Urugʻlik paxta yetishtirgan korxona nomi Paxtaning seleksion navi Paxtaning navi va sinfi Paxta tolasining tipi Urugʻlik chigitning reproduksiyasi (avlodi) Urugʻlik paxtaning konditsion vazni (tn) Ishlab chiqarilgan urugʻlik chigit Sotilgan urugʻlik chigitga toʻgʻri keladigan paxta Sertifikatga mos kelishi boʻyicha tahlil natijalari Sotilgan urugʻlik chigit (tn) Shu jumladan Foizi 1 tn urugʻlik paxtaning xarid narxi, soʻm Xarid narxi boʻyicha paxta xom ashyosining qiymati (ming soʻm) Toʻlanadigan ustama mikdori Birinchi bosqichda hisoblangan ustama (ming soʻm) Xarid qilish davrida xoʻjalikka toʻlangan ustama (ming soʻm) 2-bosqichda hisoblangan va toʻlanishi lozim boʻlgan ustama haqi Jami 50 % ustama shundan tonna foiz sertifikatlash sanasi narxi, soʻm sertifikat raqami chigitning unuvchanlik sinfi Tukli (Sertifikatlangan) chigit Tuksizlantirilib jami sotilgan tukli urugʻlik chigit Shundan foiz soʻmma ming soʻm Urugʻchilik xoʻjaliklarga 40% Institut originatorlariga 30% Paxta tozalash korxonalariga 10 % “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” DKga 20 % Tuksiz (Sertifikatangan)chigit Sotilgantuksiz (Sertifikatlangan) chigit 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 Asosiy urugʻlik fond 1 Jami: Zaxira urugʻlik fond 1 Jami: Jami “ _______” tashkilot boʻyicha
Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi _____________________ (imzo) ____________________ F.I.O “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish” DUK viloyati filiali boshligʻi _____________________ (imzo) ____________________ F.I.O Urugʻchilikni rivojlantirish markazi DK viloyati boshqarmasi boshligʻi _____________________ (imzo) ____________________ F.I.O “________________” MChJ rahbari _____________________ (imzo) ____________________ F.I.O
