Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning taʼminot normalarini tasdiqlash haqida (7-son)
08.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi va “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar uchun zarur darajadagi shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning oziq-ovqat taʼminoti normalari 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarni kiyim-kechak va yotoq buyumlari bilan taʼminlash normalari 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning choyshab, yostiq jildi, ustki kiyim-kechaklarini yuvish va kameralarni tozalash uchun sovun hamda yuvish vositalari bilan taʼminlash normalari 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarni shaxsiy gigiyena vositalari va kundalik foydalanish buyumlari bilan taʼminlash normalari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisiga quyidagi huquqlar berilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarni oziq-ovqat, kiyim-kechak, sovun hamda yuvish vositalari, shaxsiy gigiyena vositalari va kundalik foydalanish buyumlari bilan taʼminlash normalarini qoʻllash tartibini belgilash;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan, davolash oziq-ovqati bilan taʼminlanishga muhtoj bemor shaxslarni oziq-ovqat bilan taʼminlash tartibini belgilash. Bunda, davolash oziq-ovqatlarining qoʻshimcha narxi mazkur qaror bilan tasdiqlangan oziq-ovqat bilan taʼminlash normalarida nazarda tutilgan mahsulotlar narxining 20 foizidan oshmasligi kerak.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-yanvar,
7-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-yanvardagi 7-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning oziq-ovqat taʼminoti
NORMALARI
Ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlanayotgan shaxslarning va jazoni ijro etish muassasalaridan xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun oʻtkazilgan mahkumlar oziq-ovqat taʼminotining 1-son normasi T/r Mahsulotlar nomi Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm) 1. 1-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 600 2. 1-nav bugʻdoy uni 20 3. Turli xil yormalar (guruch mahsuloti bilan) 120 4. Dukkakli mahsulotlar 10 5. Makaron mahsulotlari 20 6. Goʻsht (mol, qoʻy goʻshti va boshqalar) 70 7. Parranda goʻshti (ichak-chavoqlaridan tozalangan) 50 8. Yogʻda konservalangan baliq 30 9. Tuxum (dona)* 1 10. Oʻsimlik yogʻi 30 11. Ovqatga va pazandachilikda ishlatiladigan yogʻlar, margarin yoki sariyogʻli margarin 30 12. Shakar 30 13. Choy (qora yoki koʻk) 1 14. Tuz 10 15. Kartoshka 500 16. Dafna yaprogʻi 0,1 17. Tomat pastasi 3 18. Turli xil sabzavotlar** jumladan: 421 karam (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 55 bodring va pomidor (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 95 piyoz 35 lavlagi va sabzi 95 qovoq 20 boshqa sabzavotlar (sholgʻom, turp, bulgʻor qalampiri, baqlajon) 121
* Jazoni ijro etish muassasalaridan xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasiga oʻtkazilgan mahkumlar uchun.
** Sabzavotlar bilan ularning mavsumiy yetishtirilishini hisobga olgan holda taʼminlanadi.
Qamoqda saqlanayotgan bemor shaxslar oziq-ovqat taʼminotining 2-son normasi Distrofiya, avitaminoz boʻyicha dispanser hisobiga olingan, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, sil, oshqozon yarasi, xavfli oʻsma va ruhiy xastaliklar bilan kasallangan bemorlar oziq-ovqat taʼminotining “A” normasi t/r Mahsulotlar nomi Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm) 1. 1-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 450 2. 1-nav bugʻdoy uni 20 3. Turli xil yormalar (guruch mahsuloti bilan) 70 4. Dukkakli mahsulotlar 10 5. Makaron mahsulotlari 30 6. Goʻsht (mol, qoʻy goʻshti va boshqalar) 80 7. Parranda goʻshti (ichak-chavoqlaridan tozalangan) 70 8. Yogʻda konservalangan baliq 30 9. Oʻsimlik yogʻi 30 10. Ovqatga va pazandachilikda ishlatiladigan yogʻlar, margarin yoki sariyogʻli margarin 10 11. Sariyogʻ 40 12. Tvorog 50 13. Sut 500 14. Tuxum (dona) 1,5 15. Shakar 45 16. Choy (qora yoki koʻk) 1 17. Oziq-ovqat tuzi 10 18. Kartoshka 450 19. Dafna yaprogʻi 0,1 20. Qurutilgan mevalar 15 21. Tomat pastasi 3 22. Kartoshka kraxmali 1 23. Turli xil sabzavotlar* jumladan: 421 karam (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 55 bodring va pomidor (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 95 piyoz 60 lavlagi va sabzi 95 qovoq 20 boshqa sabzavotlar (sholgʻom, turp, bulgʻor qalampiri, baqlajon) 96
Mazkur norma bilan distrofiya, avitaminoz, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, sil, oshqozon yarasi, xavfli oʻsma va ruhiy hastaliklar bilan kasallangan, tergov hibsxonalarining tibbiyot xodimlari yoki DXX tibbiyot muassasalarining tor doiradagi mutaxassislari, ular boʻlmaganda davlat tizimidagi sogʻliqni saqlash mutaxassislari tomonidan dispanser hisobiga olingan bemorlar taʼminlanadi.
Tergov hibsxonalarining tibbiyot xodimlari yoki DXX tibbiyot muassasalarining tor doiradagi mutaxassislari, ular boʻlmaganda davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi mutaxassislar xulosasiga asosan ushbu norma bilan silning faol turiga chalinganlar qamoqda saqlanayotgan vaqtda taʼminlanadi.
* Sabzavotlar bilan ularning mavsumiy yetishtirilishini hisobga olgan holda taʼminlanadi.
OIV-infeksiyasi va OITS bilan kasallangan bemorlar oziq-ovqat taʼminotining “B” normasi T/r Mahsulotlar nomi Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm) 1. 1-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 600 2. 1-nav bugʻdoy uni 20 3. Turli xil yormalar (guruch mahsuloti bilan) 70 4. Makaron mahsulotlari 100 5. Dukkakli mahsulotlar 40 6. Oʻsimlik yogʻi 30 7. Sariyogʻ 30 8. Sut 300 9. Tvorog 100 10. Shakar 45 11. Tuxum (dona) 2 12. Choy (qora yoki koʻk) 2 13. Tuz 6 14. Tomat pastasi 3 15. Kartoshka kraxmali 10 16. Kartoshka 400 17. Turli xil sabzavotlar* jumladan: 401 karam (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 55 bodring va pomidor (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 95 piyoz 40 lavlagi va sabzi 95 boshqa sabzavotlar (sholgʻom, turp, bulgʻor qalampiri, baqlajon) 81 koʻk piyoz 15 petrushka, ukrop, selderey 20 18. Yangi uzilgan mevalar* 200 19. Qurutilgan mevalar 30 20. Koʻk noʻxat (konservalangan) 20 21. Sharbatlar 100 22. Goʻsht (mol, qoʻy goʻshti va boshqalar) 100 23. Parranda goʻshti (ichak-chavoqlaridan tozalangan) 100 24. Pishloq 20 25. Kefir 200 26. Asal 10 27. Kofe, kakao 1 28. Elimshak (jelatin) 0,5 29. Drojji 1 30. Ziravorlar 1 31. Yogʻda konservalangan baliq 30
Mazkur norma bilan mahbuslar, tergov hibsxonalarining tibbiyot xodimlari yoxud DXX tibbiyot muassasalarining tor doiradagi mutaxassislari, ular boʻlmaganda davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi mutaxassislar xulosasiga asosan kasallikning turi hamda ogʻirligiga koʻra taʼminlanadi.
* Meva va sabzavotlar bilan ularning mavsumiy yetishtirilishini hisobga olgan holda taʼminlanadi.
Qamoqda saqlanayotgan homilador va emizikli ayollar oziq-ovqat taʼminotining 3-son normasi* t/r Mahsulotlar nomi Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm) 1. 1-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 500 2. 1-nav bugʻdoy uni 20 3. Turli xil yormalar (guruch mahsuloti bilan) 130 4. Makaron mahsulotlari 20 5. Goʻsht (mol, qoʻy goʻshti va boshqalar) 70 6. Parranda goʻshti (ichak-chavoqlaridan tozalangan) 70 7. Yogʻda konservalangan baliq 30 8. Tuxum (dona) 2 9. Dukkakli mahsulotlar 10 10. Ovqatga va pazandachilikda ishlatiladigan yogʻlar, margarin yoki sariyogʻli margarin 10 11. Oʻsimlik yogʻi 30 12. Sariyogʻ 40 13. Sut 500 14. Tvorog 50 15. Shakar 60 16. Choy (qora yoki koʻk) 1 17. Tuz 10 18. Dafna yaprogʻi 0,1 19. Tomat pastasi 3 20. Kartoshka kraxmali 1 21. Kartoshka 450 24. Yangi uzilgan meva (olma) 50 25. Qurutilgan mevalar 15 26. Turli xil sabzavotlar ** jumladan: 342 karam (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 40 bodring va pomidor (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 80 piyoz 60 lavlagi va sabzi 80 qovoq 20 boshqa sabzavotlar (sholgʻom, turp, bulgʻor qalampiri, baqlajon) 62
* Mazkur norma bilan homilador ayollar bola tugʻilishiga toʻrt oy qolganda taʼminlanadi (vrachning xulosasi asosida).
** Sabzavotlar bilan ularning mavsumiy yetishtirilishini hisobga olgan holda taʼminlanadi.
Qamoqqa olinganlar yoʻlda yurgan vaqtda ularni oziq-ovqat bilan taʼminlashning 4-son normasi T/r Mahsulotlar nomi Bir kishilik sutkalik miqdor (gramm) 1. 1-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 1000 2. Goʻsht* 320 yoki yarim dudlangan kolbasa 190 3. Shakar 30 4. Tuz 10 5. Choy (qora yoki koʻk) 1
* Tayyorlanishi lozim boʻlgan mahsulotlar qaynatib pishirilgan holda beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-yanvardagi 7-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarni kiyim-kechak va yotoq buyumlari bilan taʼminlash
NORMALARI
Qamoqqa olingan erkak mahbuslarni kiyim-kechak bilan taʼminlashning 1-son normasi T/r Kiyim-kechaklarning nomlanishi Bir kishi uchun buyumlar soni* Foydalanish muddati 1. Sunʼiy moʻynadan ishlangan quloqchinli shapka 1 dona 3 yil 2. Yozgi kepka (paxta ipidan toʻqilgan gazmoldan) 1 dona 1 yil 3. Kurtka — paxtadan (telogreyka) 1 dona 2 yil 4. Ishchi kostyum (paxta ipidan toʻqilgan gazmoldan) 1 komplekt 1 yil 5. Ichki koʻylak va ishton** (paxta ipidan toʻqilgan gazmoldan) 2 komplekt 2 yil 6. Shippak 1 juft 2 yil 7. Paypoq (paxta ipidan toʻqilgan gazmoldan) 6 juft 1 yil 8. Mayka va trusik (paxta ipidan toʻqilgan gazmoldan) 2 komplekt 1 yil 9. Ish botinkasi (charmdan) 1 juft 1 yil
* Mavsumiy kiyim-kechagi boʻlmagan, shuningdek kiyim-kechagida zararkunandalar mavjud boʻlgan ushlab turilgan va qamoqqa olingan erkak mahbuslarni kiyim-kechak bilan taʼminlash normasi.
** Ichki koʻylak va ishton oʻrniga mayka hamda trusik berilishiga ruxsat etiladi.
Qamoqqa olingan ayol mahbuslarni kiyim-kechak bilan taʼminlashning 2-son normasi T/r Kiyim-kechaklarning nomlanishi Bir kishi uchun buyumlar soni* Foydalanish muddati 1. Koʻylak (paxta ipidan toʻqilgan gazmoldan) 1 dona 1 yil 2. Xalat (paxta ipidan toʻqilgan gazmoldan) 1 dona 1 yil 3. Ichki koʻylak (paxta ipidan toʻqilgan gazmoldan) 2 dona 1 yil 4. Kurtka — paxtadan (telogreyka) 1 dona 3 yil 5. Ish kostyumi (paxta ipidan toʻqilgan gazmoldan) 1 komplekt 1 yil 6. Shippak 1 juft 2 yil 7. Paypoq (paxta ipidan toʻqilgan gazmoldan) 4 juft 1 yil 8. Roʻmolcha (paxta ipidan toʻqilgan gazmoldan) 1 dona 1 yil 9. Kalish 1 juft 1 yil
* Mavsumiy kiyim-kechagi boʻlmagan, shuningdek kiyim-kechagida zararkunandalar mavjud boʻlgan ushlab turilgan va qamoqqa olingan ayol mahbuslarni kiyim-kechak bilan taʼminlash normasi.
Ozodlikdan mahrum etilgan va xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun jalb etilgan erkak mahkumlarni kiyim-kechak bilan taʼminlashning 3-son normasi T/r Kiyim-kechaklarning nomlanishi Bir kishi uchun buyumlar soni Foydalanish muddati 1. Sunʼiy moʻynadan ishlangan quloqchinli shapka 1 dona 3 yil 2. Yozgi kepka (paxta ipidan toʻqilgan gazmoldan) 1 dona 1 yil 3. Kurtka — paxtadan (telogreyka) 1 dona 2 yil 4. Ish kostyumi (paxta ipidan toʻqilgan gazmoldan) 1 komplekt 1 yil 5. Ichki koʻylak va ishton (paxta ipidan toʻqilgan gazmoldan) 2 komplekt 2 yil 6. Tapochka 1 juft 2 yil 7. Paypoq (paxta ipidan toʻqilgan gazmoldan) 6 juft 1 yil 8. Mayka va trusik (paxta ipidan toʻqilgan gazmoldan) 2 komplekt 1 yil 9. Futbolka (paxta ipidan toʻqilgan gazmoldan) 2 dona 1 yil 10. Ish botinkasi (charmdan) 1 juft 1 yil 11. Ikki barmoqli issiq qoʻlqop 1 juft 1 yil 12. Rezinali qoʻlqop (tozalash ishlariga) 3 juft 1 yil
Mahkum ketayotganida yoki ozod etilayotganida oʻzida mavsumiy kiyim-kechagi va poyabzali boʻlmaganda, oldin berilgan kiyim-kechak va poyabzal bilan bepul taʼminlanadi.
Sanitariya holatini lozim darajada taʼminlash maqsadida mahkumlarga berilgan mayka, trusik va paypoqlar hisobdan chiqariladi.
Ozodlikdan mahrum etilgan va xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun jalb etilgan ayol mahkumlarni kiyim-kechak bilan taʼminlashning 4-son normasi T/r Kiyim-kechaklarning nomlanishi Bir kishi uchun buyumlar soni Foydalanish muddati 1. Koʻylak (paxta ipidan toʻqilgan gazmoldan) 1 dona 1 yil 2. Xalat (paxta ipidan toʻqilgan gazmoldan) 1 dona 1 yil 3. Futbolka (paxta ipidan toʻqilgan gazmoldan) 2 dona 1 yil 4. Kurtka — paxtadan (telogreyka) 1 dona 3 yil 5. Ish kostyumi (paxta ipidan toʻqilgan gazmoldan) 1 komplekt 1 yil 6. Ish kostyumi (trikotaj) 1 komplekt 1 yil 7. Shippak 1 juft 2 yil 8. Paypoq (paxta ipidan toʻqilgan gazmoldan) 4 juft 1 yil 9. Roʻmolcha (paxta ipidan toʻqilgan gazmoldan) 1 dona 1 yil 10. Rezinali kalish 1 juft 1 yil 11. Rezinali qoʻlqop (tozalash ishlariga) 3 juft 1 yil
Mahkum ketayotganida yoki ozod etilayotganida oʻzida mavsumiy kiyim-kechagi va poyabzali boʻlmaganda, oldin berilgan kiyim-kechak va poyabzal bilan bepul taʼminlanadi.
Qamoqqa olinganlarni yotoq buyumlari bilan taʼminlashning 5-son normasi T/r Buyumlarning nomlanishi Bir kishi uchun buyumlar soni Foydalanish muddati 1. Jun adyol 1 dona 3 yil 2. Paxtali toʻshak 1 dona 4 yil 3. Paxtali yostiq 1 dona 4 yil 4. Choyshab 3 dona 2 yil 5. Yostiqjild 2 dona 2 yil 6. Vafel sochiq 2 dona 1 yil
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-yanvardagi 7-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarni choyshab, yostiq jildi, ustki kiyim-kechaklarini yuvish va kameralarni tozalash uchun sovun hamda yuvish vositalari bilan taʼminlash
NORMALARI
Suvning ifloslanganligi va qattiqligiga koʻra, 1 kg quruq kiyim-kechak va yotoq buyumlari uchun mexanik yuvishda ishlatiladigan sovun va yuvish vositalarining 1-son normasi a) kir yuvish kukuni ishlatgan holda yuvish Kiyim-kechak va yotoq buyumlarining koʻrinishi Kiyim-kechak va yotoq buyumlarining ifloslik darajasi Sintetik kir yuvish kukuni (gramm) Aralashtirilgan kir yuvish kukuni (gramm) yumshoq suvda qattiq suvda yumshoq suvda qattiq suvda Oq I 27 36 31 40,5 II 30 40 35 45 III 36 48 42 54 IV 45 60 52,5 67,5 Rangli I 22,5 27 27 31 II 25 30 30 35 III 30 36 36 42 IV 37,5 45 45 52,5 b) sovun va kalsiylangan sodani ishlatgan holda yuvish Kiyim-kechak va yotoq buyumlarining koʻrinishi Kiyim-kechak va yotoq buyumlarining ifloslik darajasi Xoʻjalik sovuni (gramm) Kalsiylangan soda (gramm) Xoʻjalik sovuni (gramm) Kalsiylangan soda (gramm) yumshoq suvda qattiq suvda Oq I 19 19 24 24 II 21 21 27 27 III 25 25 32 32 IV 32 32 40 40 Rangli I 20 3,5 24 5,5 II 22 4 28 6 III 26 5 33 7 IV 33 7 42 9
Kiyim-kechak va yotoq buyumlarining ifloslanganlik darajasi quyidagicha tavsiflanadi:
I daraja — kam ifloslangan kiyim-kechak va yotoq buyumlari, kam foydalanilgan va yangi kiyim-kechaklar;
II daraja — oʻrtacha ifloslangan kiyim-kechak va yotoq buyumlari (dogʻ va yedirilgan joylari boʻlgan yotoq buyumlari, shaxsiy sochiq va boshqa buyumlar);
III daraja — katta dogʻlari va yedirilgan joylari boʻlgan juda ifloslangan yotoq buyumlari (oshxona sochigʻi, koʻp ishlatilgan yotoq buyumlari va boshqalar);
IV daraja — maishiy va ishlab chiqarishda kir boʻlgan oʻta ifloslangan kiyim-kechaklar (maxsus va oshxona kiyim-kechaklari);
IV darajali ifloslangan kiyim-kechaklarni yuvish uchun 1 kilogramm quruq buyumlar uchun sarflanadigan sintetik kir yuvish kukuni normalariga kalsiylangan soda qoʻshiladi:
a) yumshoq suvda — oq kiyim-kechak va yotoq buyumlari uchun 6 grammdan va ranglisiga 3 gramm;
b) qattiq suvda — oq kiyim-kechak va yotoq buyumlari uchun 8 grammdan va ranglisiga 5 gramm.
Kiyim-kechak va yotoq buyumlari qoʻlda yuvilganda 1 kilogramm quruq buyumlar uchun sovun va yuvish vositalari sarfi quyidagilarni tashkil etadi: xoʻjalik sovuni 60 % — 20 gramm (yoki 40 % — 30 gramm), kalsiylangan soda — 12 gramm.
Xoʻjalik sovuni va kalsiylangan soda sintetik kir yuvish kukuni boʻlmaganda ishlatiladi.
Suvning qattiqlik darajasi joylardagi sanitariya-epidemiologiya laboratoriyalarining tahlil natijalariga koʻra tasdiqlanishi lozim.
Xoʻjalik sovuni boʻlmaganda uning oʻrniga ushbu norma asosida atir sovuni beriladi.
Yuvish sifatini yaxshilash maqsadida kir boʻlgan kiyim-kechak va yotoq buyumlari zarur hollarda vodorod perekisi (pergidrol) bilan oqartirilishi mumkin. Ishchi 3 % li qorishma konsentratsiyalangan qorishma qoʻshilgan holda tayyorlanadi. Bunda: 30 % li perekisda uni suv bilan 1:9 nisbatda (1 litr perekis 9 litr suvga) aralashtiriladi; 35 % li perekisda suv bilan 1:10,7 nisbatda aralashtiriladi. Oqartirish uchun 3 % li perekis vodorod qorishmasi kir yuvish mashinasiga yuvish vositalari tashlangandan soʻng solinadi (1 kilogramm buyumga 30 gramm 3 % li perekis vodorodi qorishmasi).
Tarkibida “kalgon” moddasi mavjud boʻlgan kir yuvish kukuni, kir yuvish kukuni oʻramida koʻrsatib oʻtilgan tartibda sarflanadi.
Kameralarni tozalash uchun sovun va yuvish vositalari bilan taʼminlashning 2-son normasi T/r Nomi Oʻlchov birligi Bir oyda bir turar joy uchun Izoh 1. Xoʻjalik sovuni gramm 400 Kamera va sanitariya burchaklarini tozalash uchun (umivalnik va chashagen) 2. Kir yuvish kukuni gramm 400 3. Notoʻqima mato pagon metr 2 Kamera tozalash uchun 4. Qopqoqli plastmassa chelak dona 1 Ovqat qoldiqlari uchun (foydalanish muddati — 1 yil) 5. Plastmassa savat dona 1 Chiqindilar uchun (foydalanish muddati — 1 yil)
Xoʻjalik sovuni boʻlmaganda uning oʻrniga kir yuvish kukuni ishlatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-yanvardagi 7-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarni shaxsiy gigiyena vositalari va kundalik foydalanish buyumlari bilan taʼminlash
NORMALARI
Qamoqqa olinganlarni shaxsiy gigiyena vositalari bilan taʼminlashning 1-son normasi T/r Gigiyena vositalarining nomi Oʻlchov birligi Bir oyda bir kishilik miqdor Izoh 1. Plastmassa tyubikdagi tish pastasi (50 ml.) dona 1 2. Tish chyotkasi* dona 1 3. Xoʻjalik sovuni gramm 200 4. Atir sovuni gramm 100 Ayollar uchun 5. Tibbiyot marlisi metr 1 Ayollar uchun 6. Tibbiyot paxtasi (100 gramm) dona 1 Ayollar uchun
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarda zarur mablagʻlar mavjud boʻlmagan taqdirda, shuningdek posilka yoki yoʻqlov olmaganda, 1 va 2-bandlarda koʻrsatilgan normalar faqat ularga nisbatan qoʻllaniladi.
Xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonalarida saqlanayotgan mahkumlar va oshxonada ishlayotganlar uchun qoʻshimcha ravishda 100 gramm xoʻjalik sovuni beriladi.
* Tergov hibsxonasida saqlanish davrida bir marta beriladi.
Qamoqqa olinganlarni kundalik foydalanish buyumlari bilan taʼminlashning 2-son normasi t/r Kundalik foydalanish buyumlarining nomi Oʻlchov birligi Bir kishi uchun miqdor Izoh 1. Krujka (sir qoplamali) dona 1 Foydalanish muddati 2 yil 2. Miska (alyuminiydan) dona 1 Foydalanish muddati 3 yil 3 Qoshiq (zanglamaydigan poʻlatdan) dona 1 Foydalanish muddati 5 yil 4. Bir marotaba ishlatiladigan qopqoqli oziq-ovqat konteyneri (1000 ml., plastikdan) dona 1 5. Bir marotaba ishlatiladigan oziq-ovqat konteyneri (500 ml., plastikdan) dona 1 6. Yashik (plastikdan)* dona - Bitta kameraga beriladi
* Plastik yashiklarning sigʻimi ishlatilayotgan ishlab chiqarish sovutgichi hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Yashiklarning foydalanish muddati esa, eskirishiga koʻra belgilanadi.
