Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-4095-son)
05.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Turizm tarmogʻini rivojlantirish, shu jumladan bugungi kun standartlari va talablariga javob beradigan zamonaviy mehmonxonalar va shu kabi joylashtirish vositalarini (keyingi oʻrinlarda — mehmonxonalar) qurish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, respublikada mehmonxona xoʻjaligini rivojlantirishga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar:
2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida mehmonxonalar qurishning maqsadli parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
mehmonxonalar tashkil etish boʻyicha istiqbolli investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
zamonaviy axborot texnologiyalari tatbiq etiladigan madaniyat obyektlari va muassasalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun investorlar xarajatlarini qoplash uchun Davlat budjetidan mablagʻ ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Belgilansinki, dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan (mehmonxona brendlarining top-50 va mehmonxona tarmoqlarining top-5 reytingiga koʻra) foydalanish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan tashkilotlar uchun royalti franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi hajmda qisman moliyalashtiriladi:
dastlabki 50 ta 3 yulduzli toifaga ega mehmonxona — har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 200 AQSH dollari ekvivalentida;
dastlabki 30 ta 4 yulduzli toifaga ega mehmonxona — har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 400 AQSH dollari ekvivalentida.
Bunda tashkilotlar uchun royaltini moliyalashtirishning umumiy hajmi koʻpi bilan 10 million AQSH dollari ekvivalentiga teng boʻladi.
6. Qonunchilikka binoan mehmonxona xizmatlari istiqomat joyi (yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi), fuqarolik, jismoniy shaxslarning qarindoshlik va nikoh munosabatlari, shuningdek, shaxsiy hayot huquqini cheklovchi boshqa omillardan qatʼi nazar, koʻrsatilishi lozimligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
xostellarni mehmon uylari va xostellar reyestriga oʻrnatilgan tartibda kiritish talabini belgilagan holda xostellarning mehmonxona xizmatini majburiy sertifikatsiyalash talabi bekor qilinadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi kichik tadbirkorlik subyektlariga turizm infratuzilmasi obyektlari, mehmonxonalar va sanitar-gigiyenik shoxobchalar barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya taqdim qiladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi turizm loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 2019 — 2021-yillar davomida har yili 1-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga 5 million AQSH dollari ekvivalentidagi pul mablagʻlarini oʻtkazib borsin.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ularning negizida mehmonxonalar tashkil etish uchun foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari roʻyxatini shakllantirsin;
ikki hafta muddatda tegishli hududda qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan mehmonxonalarni inventarizatsiyadan oʻtkazsin;
bir oy muddatda oʻtkazilgan inventarizatsiya va oʻrganishlar yakunlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan maqsadli koʻrsatkichlarga muvofiq, yer uchastkalarini ajratish va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari bazasida mehmonxonalar tashkil etish oylik tarmoq jadvallarini tasdiqlasin;
bir oy muddatda mehmonxonalar qurish uchun ajratilayotgan yer uchastkalari va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari roʻyxatini, ularga muhandislik kommunikatsiyalarining yetib borganligi darajasidan kelib chiqib toifalarga (toʻliq, qisman taʼminlangan va muhandislik kommunikatsiyalari mavjud boʻlmagan) ajratgan holda shakllantirishni hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining axborot maydonlarida va saytlarida joylashtirilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda yer uchastkalari va davlat mulki obyektlarining taqdimot (planshet)ini tayyorlashni, loyihalar roʻyxatini batafsil maʼlumoti bilan har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining saytiga (“www.mift.uz”) joylashtirishni taʼminlasin;
investorlar tomonidan mehmonxona qurish uchun yer uchastkalari va davlat mulki obyektlarini “E-AUKSION” elektron savdo platformasida auksionga qoʻyilishini taʼminlasin;
har chorakda sotilmagan yer uchastkalari va davlat mulki obyektlari roʻyxatiga ularni investorlar uchun jozibador boshqa yer uchastkalariga almashtirish orqali oʻzgartirishlar kiritib borsin;
har yili xostellar va mehmon uylarini tashkil qilish dasturini tasdiqlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda shaharlar va aholi punktlarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda respublikaning har bir yirik shahrida xostellar va mehmon uylari tarmogʻining mavjud boʻlishini nazarda tutsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda investorlarni izlashni amalga oshirsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki yil davomida investorlar tomonidan zamonaviy talablarga javob beradigan, sanitar-gigiyenik shoxobchalarga ega savdo nuqtalari va turizm infratuzilma obyektlarining yagona tarmogʻini qurish, bunda ularni birinchi navbatda koʻp tashrif buyuriladigan turizm namoyishi obyektlari va turizm marshrutlari oʻtadigan avtomagistrallar yoqasida joylashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
11. Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo va Xorazm viloyati hokimliklari Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiya bilan birgalikda Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va Xiva shaharlarining tarixiy va qoʻriqlanadigan hududlarida rejalashtirilgan bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha ishlarni YUNESKOning Butunjahon merosi markazi bilan avvaldan kelishsin.
12. Quyidagilarga:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari zimmasiga — mehmonxonalar qurish uchun yer uchastkalarini oʻz vaqtida elektron onlayn-auksionga chiqarish, investorlar arizasiga asosan ularni zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosarlari zimmasiga — Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda xorijiy investorlarni izlash va jalb qilish, shuningdek, ularga Oʻzbekiston Respublikasi hududida tegishli investitsiya loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichlarida amaliy yordam berishni samarali taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
13. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mehmonxona qurilishi uchun yer maydonlarining oʻz vaqtida elektron onlayn-auksionga chiqarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmuradov zimmasiga — tijorat banklari tomonidan kredit mablagʻlarining oʻz vaqtida ajratilishi, investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya masalalari boʻyicha hokim oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorligi ustidan nazorat oʻrnatish vazifasi yuklansin.
14. Belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatga muvofiq 2024-yilning 1-yanvariga qadar olib kiriladigan, turistlar tashrif buyuradigan joylarga oʻrnatiladigan antivandal sanitariya-gigiyena shoxobchalari, shuningdek, sport majmualari, moddiy madaniy meros obyektlari, muzeylar, teatrlar, galereyalar va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar uchun moʻljallangan asbob-uskunalar, jihozlar, turniketlar, dasturiy taʼminot, toʻlov-maʼlumot terminallari, videokuzatuv tizimlari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan va qoʻshilgan qiymat soligʻidan tashqari) ozod etilsin.
Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qaror doirasida olib kiriladigan tovarlardan maqsadli foydalanish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Belgilansinki, tovarlardan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda imtiyozlar berilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasi qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan holda Davlat budjetiga undirib olinadi.
15. Quyidagilar:
a) mehmonxonalar olishi kerak boʻlgan:
mehmonxonaga tegishli boʻlgan va uning ichida joylashgan alkogol mahsulotlari sotuvi bilan shugʻullanadigan har bir chakana savdo nuqtalari va umumiy ovqatlanish obyektlari (bar, mini-bar, kafe, restoran) uchun alohida ruxsat guvohnomasi;
aeroportdan, temir yoʻl/avtoyoʻl vokzallaridan mehmonxonaga va undan qaytishga, shuningdek, turizm obyektlariga oʻzining ijarachilariga transport xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya;
b) shahar va shaharlararo yoʻlovchi tashuvchi tadbirkorlik subyektlaridan mahalliy va xorijiy fuqarolarga mamlakat boʻylab nomuntazam, shaharlararo yoʻlovchi tashish uchun tegishli litsenziyaga ega avtobus yoki kichik avtobus xizmatlarini koʻrsatish uchun qoʻshimcha litsenziya olish talablari bekor qilinsin.
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalariga ijtimoiy reklama sharti bilan mamlakatning turizm salohiyatini targʻib qilishga oid tashqi reklama joylashtirilishi uchun har bir tumanda uchtadan kam boʻlmagan, shaharlarda beshtadan kam boʻlmagan joylar ajratilishi va qurilishini taʼminlasin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yilning 1-fevraliga qadar foto va videotasvirga olish mumkin boʻlmagan obyektlar, jamoat joylari va hududlarning roʻyxatini tasdiqlasin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq 2019-yilning 1-martiga qadar foto va videotasvirga olish taqiqlangan tegishli koʻrsatkich belgilarni ikki va undan ortiq (ingliz, rus va boshqa) tillarda oʻrnatilishini taʼminlasin. Bunda, tegishli koʻrsatkich belgilari boʻlmagan taqdirda foto va videotasvirga olishga toʻsqinlik qilinmaydi.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi bir oy muddatda madaniyat obyektlari va muassasalariga kirish chipta narxlarini belgilash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
20. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-yanvar,
PQ-4095-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PQ-4095-son qaroriga 1-ILOVA
2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida mehmonxonalar qurishning
maqsadli parametrlari
Hududlarning nomi 2018-yildagi holat Mehmonxonalar qurishning parametrlari 2021-yil yakunidagi holat 2019-yil 2020-yil 2021-yil 2019 — 2021-yillarda jami soni soni soni soni soni soni mehmonxonalar xonalar mehmonxonalar xonalar mehmonxonalar xonalar mehmonxonalar xonalar mehmonxonalar xonalar mehmonxonalar xonalar Jami: 886 19 832 212 4 664 511 10 122 785 15 426 1 508 30 212 2 394 50 044 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 31 515 12 252 30 551 46 835 88 1 638 119 2 153 Andijon viloyati 18 507 9 171 22 361 33 547 64 1 079 82 1 586 Buxoro viloyati 160 2 139 29 599 71 1 306 109 2 027 209 3 932 369 6 071 Jizzax viloyati 29 493 10 200 23 430 36 649 69 1 279 98 1 772 Qashqadaryo viloyati 38 731 12 252 30 551 46 834 88 1 637 126 2 368 Navoiy viloyati 20 499 7 151 18 334 27 501 52 9 86 72 1 485 Namangan viloyati 126 2 278 7 147 16 277 25 415 48 839 174 3 117 Samarqand viloyati 13 195 30 773 76 1 703 117 2 636 223 5 112 236 5 307 Sirdaryo viloyati 33 785 6 205 24 442 37 668 67 1 315 100 2 100 Surxondaryo viloyati 33 739 3 55 8 128 12 201 23 384 56 1 123 Toshkent viloyati 48 1 181 15 295 35 647 54 983 104 1 925 152 3 106 Fargʻona viloyati 67 1 350 12 237 28 515 43 780 83 1 532 150 2 882 Xorazm viloyati 67 1 561 19 290 31 637 48 967 98 1 894 165 3 455 Toshkent shahar 203 6 859 41 1 037 99 2 240 152 3 383 292 6 660 495 13 519
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PQ-4095-son qaroriga 2-ILOVA
Mehmonxonalar tashkil etish boʻyicha istiqbolli investitsiya loyihalari
roʻyxati
T/r Tashabbuskor Loyiha toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot Loyiha qiymati Moliyalashtirish manbasi Ish oʻrinlari soni Amalga oshirish muddati ming AQSH dollari mln. soʻm Tashabbuskor mablagʻi (mln. soʻm) Bank kredit liniyasi (mln. soʻm) Xorijiy investitsiyalar, XMI mablagʻi Jami 240 775 1 398 000 791 760 606 240 240 775 5 784 Andijon viloyati Jami 128 150 28 250 99 900 405 1. “Marin business trade” MCHJ Andijon sh. mehmonxona va bolalar attraksionlari qurish 96 000 24 000 72 000 300 2019-yil iyun 2. “Agrotour Technovation” MCHJ Andijon sh. mehmonxona qurish 26 000 2 000 24 000 50 2019-yil noyabr 3. “Andijonmobile” MCHJ Andijon sh. mehmonxona qurish 3 650 750 2 900 35 2019-yil oktabr 4. “Andijon turist” MCHJ Andijon sh. mehmonxona qurish 2 500 1 500 1 000 20 2019-yil mart Buxoro viloyati Jami 21 400 272 500 193 900 78 600 21 400 964 5. “Golden Plaza Buxara” MCHJ Buxoro sh. mehmonxona qurish 5 000 4 000 1 000 10 2019-yil oktabr 6. “Muslima Mubina Maftuna” MCHJ Buxoro sh. mehmonxona qurish 15 400 9 000 6 400 40 2019-yil iyul 7. “Kogon suv qurilish” MCHJ Buxoro sh. mehmonxona qurish 10 000 10 000 35 2020-yil sentabr 8. “Beston Machinery” MCHJ Buxoro sh. 500 xona fondiga ega mehmonxona qurish 2 500 16 000 16 000 2 500 50 2019-yil sentabr 9. “Buxoro Romish” MCHJ Buxoro sh. mehmonxona qurish 8 000 3 000 5 000 20 2019-yil dekabr 10. “Mukimov Mirshod Dilshodovich” MCHJ Buxoro sh. mehmonxona qurish 3 000 1 000 2 000 10 2019-yil dekabr 11. “Kuxandiz-Buxoro” MCHJ Buxoro sh. mehmonxona qurish 12 000 9 000 3 000 30 2019-yil avgust 12. “Grand Group Plyus” MCHJ Buxoro sh. mehmonxona qurish 20 000 20 000 20 2019-yil dekabr 13. “Xosiyatli Qorakoʻl Nuri” MCHJ Qorakoʻl tumanida mehmonxona qurish 1 200 1 200 8 2019-yil aprel 14. “Orient Star Notels” MCHJ Buxoro sh. “Varaxsha” mehmonxonasini qurish 10 000 10 000 35 2019-yil dekabr 15. “Ancient Bukhara” MCHJ Buxoro sh. mehmonxona qurish 8 000 8 000 20 2019-yil dekabr 16. “Super Global Trans Servis” MCHJ Buxoro sh. mehmonxona qurish 6 000 6 000 14 2020-yil dekabr 17. “Gala Osiyo Omad Invest” MCHJ Buxoro sh. mehmonxona qurish 5 000 3 000 2 000 10 2019-yil dekabr 18. “Maroqand MCHJ” Buxoro sh. mehmonxona qurish 6 000 6 000 10 2019-yil sentabr 19. “Buxoro Marvarid” MCHJ Buxoro sh. mehmonxona qurish 2 500 2 500 3 2019-yil noyabr 20. “Muxabbat Xayri Saxovat” MCHJ Gʻijduvon, Shofirkon, Vobkent, Romitan, Kogon tumanlarida mehmonxona qurish 15 000 5 000 10 000 70 2019-yil noyabr 21. “Kino-Riko” MCHJ Buxoro sh. mehmonxona qurish 32 000 32 000 85 2020-yil sentabr 22. “Odil Lyuks Servis” oilaviy korxonasi Buxoro sh. mehmonxona qurish 2 400 1 200 1 200 10 2020-yil sentabr 23. Yusupova Nargiza Samiyevna Buxoro sh. mehmonxona qurish 7 000 2 000 5 000 10 2020-yil dekabr 24. “OFS” MCHJ Buxoro sh. mehmonxona qurish 4 000 4 000 15 2020-yil dekabr 25. “Muxabbat xayri saxovat” MCHJ Vobkent tumanida mehmonxona qurish 9 000 4 500 4 500 15 2019-yil noyabr 26. “Billur BSHS” MCHJ Gʻijduvon tumanida mehmonxona qurish 1 500 1 000 500 6 2019-yil dekabr 27. Haitova Mahtob Buxoro sh. mehmonxona qurish 7 000 5 000 2 000 6 2019-yil dekabr 28. Muxammedov Tolib Xolovich Buxoro sh. mehmonxona qurish 7 000 4 500 2 500 3 2019-yil aprel 29. Safarova Zilola Timurovna Buxoro sh. mehmonxona qurish 5 000 2 500 2 500 14 2019-yil sentabr 30. Raximov Ilxom Buxoro sh. mehmonxona qurish 2 500 2 000 500 10 2019-yil iyul 31. “Rlaza Notel Group” Gmbh Buxoro sh. mehmonxona qurish 12 000 12 000 100 2020-yil dekabr 32. Alimbekov Zafarbek Romitan tumanida mehmonxona qurish 5 000 5 000 15 2019-yil dekabr 33. “Adolat Avto Trans” MCHJ Olot tumanidagi mehmonxonani kengaytirish 3 000 1 000 2 000 10 2019-yil may 34. “Sakina Servis” MCHJ Buxoro sh. mehmonxona qurish 8 000 5 000 3 000 20 2019-yil dekabr 35. “YASMN” oilaviy korxonasi Buxoro sh. mehmonxona qurish 7 000 7 000 20 2020-yil dekabr 36. “Spetskomplekttorg” MCHJ Buxoro sh. mehmonxona qurish 10 000 3 000 7 000 15 2020-yil dekabr 37. “Big Large” MCHJ Buxoro sh. mehmonxona qurish 6 000 3 500 2 500 25 2019-yil iyun 38. “Wide tent system” AJ (Buyuk Britaniya) Buxoro sh. eski “Buxara Palas” mehmonxonasini rekonstruksiya qilish 3 400 3 400 100 2019-yil noyabr 39. “Bunyodkor Stroy Kompleks” MCHJ Buxoro sh. mehmonxona qurish 8 000 8 000 40 2019-yil iyul 40. “Metric Ventures” MCHJ (Hindiston) Buxoro sh. mehmonxona qurish 3 500 3 500 50 2020-yil dekabr 41. “Muxammadali-plaza” MCHJ Romitan tumanida mehmonxona qurish 5 000 5 000 10 2019-yil aprel Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jami 10 000 86 800 15 700 71 100 10 000 218 42. “Al Amakin al-Alamiy” Korporatsiya Nukus sh. mehmonxona qurish 10 000 10 000 30 2020-yil dekabr 43. “Sultanbek Nukus” MCHJ Nukus sh. 7 qavatli mehmonxona qurish 50 000 5 000 45 000 80 2020-yil dekabr 44. “Ayum tur” XT Nukus sh. mehmonxona qurish 20 000 5 000 15 000 40 2019-yil dekabr 45. “Nitsa Nukus” MCHJ Nukus sh. mehmonxona qurish 6 000 2 000 4 000 20 2019-yil dekabr 46. “Exclusive Cup” MCHJ Nukus sh. mehmonxona qurish 4 000 1 200 2 800 8 2019-yil fevral 47. “Ayum tur” XT Nukus sh. mehmonxona qurish 5 500 2 000 3 500 20 2019-yil dekabr 48. “Sultan super servis” MCHJ Nukus sh. mehmonxona qurish 1 300 500 800 20 dekabr 2019-yil Xorazm viloyati Jami 37 000 274 950 180 560 94 390 37 000 1 161 49. Raximov Doniyor Urganch sh. mehmonxona qurish 16 000 6 000 10 000 20 2020-yil yanvar 50. “Xorazm Beklari” MCHJ Urganch sh. mehmonxona qurish 7 000 500 6 500 20 2019-yil oktabr 51. “Shovot Grand Plaza” unitar korxona Urganch sh. mehmonxona qurish 34 000 14 000 20 000 35 2019-yil aprel 52. “Xorazm Universal Express trans” MCHJ Urganch sh. mehmonxona qurish 1 400 1 400 20 2019-yil iyun 53. “Virjinya Plyus” MCHJ Urganch sh. mehmonxona qurish 7 700 2 000 5 700 20 2019-yil dekabr 54. “Osiyo drink” XT Urganch sh. mehmonxona qurish 10 000 5 000 5 000 25 aprel 2019-yil 55. “Xorazm Zafar Invest” MCHJ Urganch sh. mehmonxona qurish 8 300 8 300 35 2020-yil dekabr 56. “Bobur Trans Logistik” MCHJ Urganch sh. mehmonxona qurish 7 000 2 000 5 000 20 2020-yil mart 57. “Nalij Uzbekistan Tour” MCHJ Urganch sh. mehmonxona qurish 4 100 4 100 25 2020-yil dekabr 58. “Grand Develop” MCHJ Urganch sh. mehmonxona qurish 4 100 4 100 35 2020-yil dekabr 59. “Shiddat Monolit” XK Urganch sh. mehmonxona qurish 8 300 8 300 35 2020-yil dekabr 60. “Baxor Turizm service” MCHJ Urganch sh. mehmonxona qurish 8 300 8 300 30 2021-yil mart 61. “Xorazm Ko'hi Nur” MCHJ Urganch sh. mehmonxona qurish 8 300 8 300 25 2020-yil dekabr 62. “Zukhro Travel” MCHJ Urganch sh. mehmonxona qurish 8 300 8 300 20 2021-yil mart 63. “Vegan Agrotek Service” MCHJ Urganch sh. mehmonxona qurish 8 300 8 300 35 2019-yil yanvar 64. “Xorazm Beklari” MCHJ Urganch sh. mehmonxona qurish 7 000 500 6 500 20 2019-yil iyun 65. “Urganch Palace” MCHJ Urganch sh. mehmonxona qurish 4 500 3 000 1 500 20 2019-yil mart 66. “Polvon qori” MCHJ Urganch sh. mehmonxona qurish 8 000 8 000 25 2019-yil may 67. “Navro'z” MCHJ Urganch sh. mehmonxona qurish 6 000 5 000 1 000 15 2019-yil may 68. “Turkezm” MCHJ Urganch sh. mehmonxona qurish 1 000 1 000 30 2020-yil sentabr 69. “Rent Service Group” XK Urganch sh. mehmonxona qurish 1 000 1 000 35 2020-yil mart 70. “Kaz Development Invest Group” MCHJ Urganch sh. mehmonxona va restoran qurish 20 000 20 000 70 2019-yil dekabr 71. “Yoshlar Turizmi Agentligi” MCHJ Urganch sh. mehmonxona va restoran qurish 14 900 14 900 30 2019-yil noyabr 72. “Bek Tur” MCHJ Urganch sh. mehmonxona va restoran qurish 1 300 1 000 300 15 2019-yil aprel 73. “Pearl Khiva” MCHJ Urganch sh. mehmonxona va restoran qurish 3 000 2 000 1 000 18 2019-yil iyul 74. “Xiva Sazanchik” MCHJ Urganch sh. mehmonxona, restoran va kafe qurish 3 000 1 500 1 500 10 2019-yil iyul 75. “Xiva Xudayberdi” MCHJ Urganch sh. mehmonxona, restoran va kafe qurish 1 400 800 600 20 2019-yil aprel 76. “Stan Trip” oilaviy korxonasi Urganch sh. mehmonxona qurish 600 420 180 6 2019-yil yanvar 77. “La'li Opa” XK Urganch sh. mehmonxona qurish 500 200 300 5 2019-yil iyun 78. “Xiva Xumora” oilaviy korxonasi Urganch sh. mehmonxona qurish 350 50 300 4 2019-yil mart 79. “Xiva Shaxrizoda” MCHJ Urganch sh. mehmonxona qurish 2 300 500 1 800 24 2019-yil oktabr 80. “Xiva Fayz” MCHJ Urganch sh. mehmonxona va restoran qurish 3 300 2 500 800 15 2019-yil iyun 81. “Xorazm Tur Plyus” MCHJ Urganch sh. mehmonxona qurish 16 600 16 600 45 2020-yil avgust 82. “ESAR Consulting” MCHJ Urganch sh. mehmonxona qurish 1 000 1 000 35 2020-yil iyun 83. “Xiva Lokomotiv” MCHJ Urganch sh. mehmonxona va restoran qurish 10 000 2 000 8 000 25 2019-yil noyabr 84. “Xiva Lokomotiv” MCHJ Urganch sh. mehmonxona qurish 6 000 2 000 4 000 15 2019-yil noyabr 85. “Plaza Notelgroup GmbN” kompaniya Urganch sh. mehmonxona qurish 14 000 14 000 100 2020-yil dekabr 86. “Bog'ot Mega Kemping” MCHJ Bogʻot tumanida mehmonxona qurish 15 000 4 000 11 000 10 2019-yil noyabr 87. “Gurlan Bexruz” XK Gurlan tumanida mehmonxona qurish 1 400 400 1 000 3 2019-yil avgust 88. “Urganch Ishonch Service” MCHJ Urganch tumanida mehmonxona qurish 1 500 300 1 200 20 2019-yil may 89. “Nazarov Anvar Davronbekovich” XK Urganch tumanida mehmonxona qurish 5 400 5 400 35 2019-yil yanvar 90. “Metan Motors Group” MCHJ Urganch tumanida mehmonxona, restoran va avtoturargoh qurish 16 600 16 600 80 2020-yil avgust 91. Sultonov Jumanazar Xazorasp tumanida mehmonxona qurish 2 000 1 300 700 5 2019-yil dekabr 92. “Xiva xisobchi” MCHJ Xiva tumanida mehmonxona qurish 2 500 2 500 18 2019-yil sentabr 93. Sodikova Nargiza Baxodirovna Yangiariq tumanida oilaviy mehmon uylari tashkil etish 100 40 60 2 2019-yil avgust 94. Masharipov Kuvondik Rustamovich Yangiariq tumanida oilaviy mehmon uylari tashkil etish 200 50 150 2 2019-yil avgust 95. Xa Tatyana Nikolayevna Yangiariq tumanida oilaviy mehmon uylari tashkil etish 200 50 150 2 2019-yil avgust 96. Yuldoshev Muzaffar Kodirberganovich Yangiariq tumanida oilaviy mehmon uylari tashkil etish 200 50 150 2 2019-yil avgust Namangan viloyati Jami 400 39 600 24 600 15 000 400 130 97. “Orzu tur grand” MCHJ Namangan sh. mehmonxona qurish 12 000 3 000 9 000 20 2019-yil sentabr 98. “BUYUK” XK Namangan sh. mehmonxona qurish 16 100 10 600 5 500 20 2019-yil dekabr 99. “Toʻmaris Savdo Grand” MCHJ Namangan sh. mehmonxona qurish 10 000 10 000 30 2019-yil mart 100. Abduraxmonova Sadriya Nodirovna Pop tumanida mehmonxona va dam olish zonasi qurish 400 400 40 2019-yil iyun 101. “Chor sayyox yuksalish” MCHJ Chortoq tumanida mehmonxona qurish 1 500 1 000 500 20 2019-yil dekabr Navoiy viloyati Jami 76 700 24 700 52 000 206 102. “Navoiy tinch tekstil” MCHJ Navoiy sh. mehmonxona qurish 25 500 5 500 20 000 20 2019-yil dekabr 103. “Sharq qurilishi servis” MCHJ Karmana tumanida mehmonxona qurish 12 000 3 000 9 000 45 2019-yil iyun 104. “Qiziltepa beton qurilish montaj servis” MCHJ Navoiy sh. mehmonxona qurish 10 000 4 000 6 000 20 2019-yil dekabr 105. “Mystorius Asia” MCHJ QQ Navoiy sh. mehmonxona qurish 8 200 4 100 4 100 10 2019-yil dekabr 106. “Vella Plyus” MCHJ Navoiy sh. mehmonxona qurish 8 000 3 000 5 000 21 2019-yil mart 107. “Export Plast Product” MCHJ Karmana tumanida mehmonxona qurish 6 000 1 500 4 500 50 2019-yil dekabr 108. “Navoiy Spets Obuv” MCHJ Navoiy sh. mehmonxona qurish 4 500 2 500 2 000 30 2019-yil aprel 109. “Botir Raimjon Jaxongir” oilaviy korxonasi Xatirchi tumanida mehmonxona qurish 2 500 1 100 1 400 10 2020-yil oktabr Qashqadaryo viloyati Jami 975 58 500 29 000 29 500 975 277 110. “Tong Suv Qurilish” MCHJ Qarshi sh. mehmonxona qurish 10 000 7 000 3 000 20 2019-yil avgust 111. “Nazira” XK Qarshi sh. tumanida mehmonxona qurish 25 000 10 000 15 000 30 2019-yil mart 112. “Koʻhna turon” MCHJ Shahrisabz sh. mehmonxona va dam olish zonasi qurish 15 000 5 000 10 000 100 2019-yil mart 113. Isayeva Nargiza Qarshi sh mehmonxona qurish 5 000 4 000 1 000 20 2019-yil mart 114. “Dubay Sarbon LTD” MCHJ Qarshi sh. mehmonxona qurish 850 1 500 1 500 850 80 2019-yil dekabr 115. “Shahrisabz eko tur” MCHJ Shahrisabz sh. mehmonxona zonasi qurish 125 1 000 1 000 125 20 2019-yil sentabr 116. “Everest S” MCHJ Qarshi sh. mehmonxona qurish 1 000 500 500 7 yanvar 2019-yil Jizzax viloyati Jami 7 950 4 350 3 600 48 117. “Jizzakh leader food” Jizzax sh. mehmonxona qurish 4 000 2 700 1 300 20 2019-yil aprel 118. “Sof marvarid ummoni” Zomin tumanida mehmonxona qurish 3 000 1 000 2 000 14 2019-yil mart 119. Suyunov Okilbek Baxmal tumanida mehmonxona qurish 150 150 2 2019-yil aprel 120. Suyunov Okilbek Baxmal tumanida mehmonxona qurish 150 150 2 2019-yil aprel 121. Saparova Roza Baxmal tumanida mehmonxona qurish 150 150 2 2019-yil aprel 122. Abdumutalipov Islambek Baxmal tumanida kemping kompleksi qurish 500 200 300 8 2019-yil may Toshkent viloyati Jami 10 000 114 000 111 500 2 500 10 000 746 123. Ibragimov Akbar Bekobod tumanida mehmonxona va umumiy ovqatlanish shoxobchasi qurish 2 200 2 200 35 2019-yil noyabr 124. “Azizbek Zeboxon Omad” MCHJ Bekobod tumanida mehmonxona va umumiy ovqatlanish shoxobchasi qurish 2 000 2 000 10 2019-yil fevral 125. “Orient Trading Future” MCHJ Boʻka tumanida mehmonxona qurish 3 500 3 500 35 2020-yil dekabr 126. “Serenada” MCHJ Nurafshon sh. mehmonxona qurish 2 200 700 1 500 15 2019-yil dekabr 127. “Anhui Shuan Construction Group” kompaniyasi Nurafshon sh. mehmonxona qurish 10 000 10 000 45 2020-yil iyun 128. “GGM and JEM” MCHJ Ohangaron tumanida mehmonxona, savdo kompleksi va texnik xizmat koʻrsatish markazi qurish 25 000 25 000 170 2019-yil aprel 129. “Temir ota” MCHJ Ohangaron tumanida mehmonxona qurish 2 500 1 500 1 000 12 2020-yil avgust 130. “Nazokat” MCHJ Parkent tumanida mehmonxona va turizm kompleksini qurish 8 000 8 000 20 2021-yil sentabr 131. Safarov Rustam Sadikovich Parkent tumanida mehmonxona va turizm kompleksini qurish 3 500 3 500 10 2020-yil mart 132. MCHJ “Sanganak Biznes Omad” Parkent tumanida mehmonxona va turizm kompleksini qurish 3 500 3 500 30 2020-yil mart 133. Baxadir Kuchkarovich Begabayev Parkent tumanida mehmonxona va turizm kompleksini qurish 8 000 8 000 30 2020-yil mart 134. “Nazokat” MCHJ Parkent tumanida mehmonxona va turizm kompleksini qurish 2 000 2 000 30 2020-yil mart 135. “Steyel Star” MCHJ Oʻrtachirchiq tumanida mehmonxona qurish 12 100 12 100 14 2019-yil iyul 136. “Abdullayev Azim Fayzulla” MCHJ Oʻrtachirchiq tumanida mehmonxona qurish 9 500 9 500 65 2019-yil iyul 137. “Aziya Region Oil” MCHJ Oʻrtachirchiq tumanida motel va umumiy ovqatlanish shoxobchasi qurish 13 000 13 000 60 2019-yil oktabr 138. Umarxoʻjayeva Kamola Saidaxmatovna Oʻrtachirchiq tumanida mehmonxona qurish 9 500 9 500 65 2019-yil iyul 139. Xoshimov Raxmatilla Muxtarovich Oʻrtachirchiq tumanida mehmonxona va eko-bogʻ kompleksini qurish 4 000 4 000 60 2019-yil sentabr 140. “Asror Xamkor” MCHJ Oʻrtachirchiq tumanida mehmonxona kompleksi qurish 3 500 3 500 40 2019-yil oktabr Fargʻona viloyati Jami 48 000 29 250 18 750 167 141. “Notel Asia-Fergana” QK Fargʻona sh. mehmonxona xizmatini kengaytirish 16 000 10 000 6 000 20 2019-yil dekabr 142. “Matxalikov Abdunabi Fayzi” MCHJ Fargʻona sh. mehmonxona xizmatini kengaytirish 15 000 10 000 5 000 30 2019-yil mart 143. “Fargʻona mexmonxonasi” MCHJ Fargʻona sh. mehmonxona xizmatini kengaytirish 6 000 1 800 4 200 55 2019-yil dekabr 144. “Vodiy visol oqshomi” MCHJ Fargʻona sh. mehmonxona xizmatini kengaytirish 5 000 3 000 2 000 10 2019-yil dekabr 145. “Istiqlol-LRM” MCHJ Toshloq tumanida mehmonxona qurish 3 000 3 000 25 2019-yil oktabr 146. “Yangiobod kapital qurilish invest” MCHJ Fargʻona sh. mehmonxona xizmatini kengaytirish 1 500 700 800 12 2019-yil may 147. “Turkiston obod kelejagi” QK Margʻilon sh. mehmonxona qurish 1 500 750 750 15 2019-yil dekabr Samarqand viloyati Jami 33 000 189 700 59 700 130 000 33 000 587 148. “Fly horses” MCHJ Payariq tumanida mehmonxona qurish 6 200 6 200 10 2019-yil sentabr 149. “Dobusiya” MCHJ Samarqand sh. mehmonxona qurish 5 000 5 000 30 2019-yil noyabr 150. “Samarqand baxt servis” MCHJ Samarqand sh. mehmonxona qurish 2 900 900 2 000 15 2019-yil noyabr 151. “Evro asia hotel” MCHJ Samarqand sh. mehmonxona qurish 4 500 2 200 2 300 7 2019-yil sentabr 152. “Parviz Proekt Servis” MCHJ Samarqand sh. mehmonxona qurish 2 000 500 1 500 15 2019-yil sentabr 153. “Latif tur servis” MCHJ Samarqand sh. mehmonxona qurish 2 000 1 000 1 000 5 2019-yil sentabr 154. “Rabot polietilen servis” MCHJ Samarqand sh. mehmonxona qurish 1 700 1 700 20 2019-yil noyabr 155. “Ergash ota” MCHJ Kattaqoʻrgʻon tumanida mehmonxona qurish 3 000 1 000 2 000 25 2019-yil avgust 156. “Payshanba diyor servis” MCHJ Kattaqoʻrgʻon tumanida mehmonxona qurish 2 400 1 200 1 200 10 2019-yil avgust 157. “Plaza Notelgroup GmbN” Samarqand sh. mehmonxona qurish 19 000 19 000 200 2019-yil dekabr 158. “Plaza Notelgroup GmbN” Samarqand sh. mehmonxona qurish 14 000 14 000 150 2019-yil dekabr 159. “Mirankul Group Tower” MCHJ Samarqand sh. mehmonxona qurish 160 000 40 000 120 000 100 2019-yil dekabr Sirdaryo viloyati Jami 9 150 4 250 4 900 78 160. “Xalq tanlovi 2018” MCHJ Guliston sh. mehmonxona va restoran qurish 8 500 4 000 4 500 70 2019-yil dekabr 161. “Gul mahal” MCHJ Guliston sh. mehmonxona qurish 450 200 250 5 2019-yil oktabr 162. “Murod orzusi sari” MCHJ Guliston sh. mehmonxona qurish 200 50 150 3 2019-yil noyabr Surxondaryo viloyati Jami 8 000 2 000 6 000 67 163. “Koʻxitang sharsharali bogʻlari” Sherobod tumanida mehmonxona qurish 2 500 500 2 000 8 2019-yil avgust 164. “Yangi yoʻl imkoniyat” MCHJ Uzun tumanida mehmonxona qurish 1 500 500 1 000 22 2019-yil avgust 165. “Muxammadyusuf grand biznes” MCHJ Uzun tumanida mehmonxona qurish 1 500 500 1 000 20 2019-yil avgust 166. “Kamalak” XK Uzun tumanida mehmonxona qurish 1 200 200 1 000 5 2019-yil dekabr 167. “Oltin voha universal servis” MCHJ Termiz sh. mehmon uyi qurish 1 300 300 1 000 12 2019-yil sentabr Toshkent shahar Jami 128 000 84 000 84 000 128 000 730 168. “Inter tourism” MCHJ Shayxontohur tumanida 4 yulduzli mehmonxona qurish 33 000 33 000 350 2019-yil dekabr 169. “Kompressor Montaj Story” MCHJ Shayxontohur tumanida mehmonxona qurish 8 000 8 000 50 2020-yil dekabr 170. “Radisson Blue” QK Yunusobod tumanida mehmonxona qurish 50 000 81 000 81 000 50 000 80 2020-yil dekabr 171. “Plaza Notelgroup GmbN” kompaniyasi Mirzo Ulugʻbek tumanida mehmonxona qurish 25 000 25 000 200 2019-yil dekabr 172. “Premium Build Invest” MCHJ Yakkasaroy tumanida mehmonxona qurish 12 000 3 000 3 000 12 000 50 2019-yil dekabr
Izoh:
1. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va pudratchi (yoki yetkazib beruvchi) tashkilotlarni aniqlash natijalari boʻyicha parametrlarga aniqlik kiritiladi.
2. Roʻyxatga, zarurat boʻlganda, Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash qarori bilan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PQ-4095-son qaroriga 3-ILOVA
Zamonaviy axborot texnologiyalari tatbiq etiladigan madaniyat obyektlari va muassasalari
roʻyxati
T/r Madaniyat obyektlari va muassasalari nomi Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi 2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi 3. Moʻynoq ekologiya muzeyi 4. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat musiqali teatri Andijon viloyati 5. Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi 6. Adabiyot va sanʼat boʻlimi 7. Bobur xotirasi boʻlimi 8. Paxtaobod tumani tarixi muzeyi 9. Tasviriy sanʼat boʻlimi 10. Choʻlpon xotirasi boʻlimi Buxoro viloyati 11. “Gavkushon” ansambli 12. “Chashmai Ayub” mavzoleyi 13. “Said Bandi Kusho” mavzoleyi 14. Nugʻay karvon-saroyi 15. “Ulugʻbek” madrasasi 16. “Abdulazizxon” madrasasi 17. “Toqi Zargaron” 18. “Toqi Telpakfurushon” 19. “Toqi Sarrafon” 20. “Timi Abdullaxon” 21. “Chor Minor” 22. “Ismoil Samoniy” mavzoleyi 23. “Nodir devon begi” madrasasi 24. “Koʻkaldosh” madrasasi 25. “Modarixon” madrasasi 26. “Abdullaxon” madrasasi 27. “Kalon” masjidi 28. “B. Naqshband” ansambli 29. “Chor Bakr” ansambli 30. “Abduholiq Gʻijduvoniy” ansambli 31. “Bolohovuz” ansambli 32. Abu Ali Ibn Sino memorial muzeyi 33. “Ark” tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi 34. Boy savdogar uy-muzeyi 35. Buxoro adabiyoti tarixi muzeyi 36. Varaxsha keramikasi va tarixi Buxoro koʻrgazmasi 37. Buxoro suv taʼminoti tarixi muzeyi 38. Buxoro tasviriy sanʼati muzeyi 39. Buxoro amirligi qonunchiligi va huquqi tarixi muzeyi 40. Gilamlar muzeyi 41. Yogʻoch oʻymakorligi ishlari koʻrgazmasi 42. Imom al-Buxoriy memorial muzeyi 43. Poykent shahri tarixi muzeyi 44. Mohi-Xossa dekorativ amaliy sanʼati muzeyi 45. Naqshbandiya tariqati muzeyi 46. Romitan tarix muzeyi 47. Hunarmandchilik ishi tarixi muzeyi 48. Xattotlik tarixi muzeyi 49. Buxoro viloyati musiqali drama teatri Jizzax viloyati 50. Zomin tumani tarixi muzeyi 51. Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyi 52. Sharof Rashidov memorial muzeyi Qashqadaryo viloyati 53. Qashqadaryo tarixi va madaniyati davlat muzeyi 54. Amir Temur nomidagi moddiy madaniyat tarixi muzeyi 55. Shahrisabz shahridagi “Maqom muzeyi” Navoiy viloyati 56. Navoiy viloyati tarix-oʻlkashunoslik muzeyi 57. Karmana tumani Qosim Shayx muzey-kompleksi 58. Qiziltepa tumani tarixi muzeyi 59. Nurota tabiat-arxitektura kompleks muzeyi Namangan viloyati 60. “Unbir Axmad” mavzoleyi 61. “Bibimushkulkushod” ziyoratgohi 62. “Chir-chir Momo” ziyoratgohi 63. Namangan tarixi va madaniyati davlat muzeyi 64. Kosonsoy tumani tarixi muzeyi Samarqand viloyati 65. “Registon” ansambli 66. “Shohi-Zinda” kompleksi 67. “Oq Saroy” mavzoleyi 68. “Xoʻja Abdi-Darun” kompleksi 69. “Xoʻja Axrori Vali” mavzoleyi 70. “Mahdumi Aʼzam” kompleksi 71. “Imom al-Buxoriy” kompleksi 72. “Amir Temur” mavzoleyi 73. “Bibi-Xonim” kompleksi 74. “Xoja Doniyor” mavzoleyi 75. “Hazrati Xizr” masjidi 76. “Ruhobod” mavzoleyi 77. “Imom al-Moturudiy” mavzoleyi 78. “Nodir Devonbegi” madrasasi 79. “Hazrati Dovud” ziyoratgohi 80. “Chorchinor” ziyoratgohi 81. Ishtixon tumani tarixi muzeyi 82. Kattaqoʻrgʻon shahar tarix-oʻlkashunoslik muzeyi 83. Paxtachi tumani tarixi muzeyi 84. Mirzo Ulugʻbek muzey kompleksi 85. Sadriddin Ayniy uy-muzeyi 86. Samarqand viloyati oʻlkashunoslik muzeyi 87. Samarqand tarixi Afrosiyob muzeyi 88. Oʻzbekiston tarixi va madaniyati davlat muzeyi 89. Samarqand davlat musiqa va drama teatri Surxondaryo viloyati 90. Hakim At-Termiziy mavzoleyi 91. “Kokildor Ota” Kanaka-mavzoleyi 92. Qirq-qiz qalʼasi 93. “Sulton Saodat” ansambli 94. “Fayoz-tepa” qadimiy buddaviylik ibodatxonasi 95. At-Termiziy mavzoleyi 96. “Oq Ostona bobo” masjidi 97. “Murchbobo” masjidi 98. Termiz arxeologiya muzeyi 99. Sapollitepa 100. “Sharshara” sharsharalari 101. “Jarqoʻrgʻon” minorasi 102. Soʻfi Alloyor masjidi 103. Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri Fargʻona viloyati 104. Xudoyorxon saroyi 105. Fargʻona tarixi va madaniyati davlat muzeyi 106. Modarixon mavzoleyi 107. Margʻilon tarixi muzeyi 108. “Dahma-va-Shahon” maqbarasi 109. “Dasturxonchi” madrasasi 110. “Olimjon hoji qabulxonasi” 111. “Hojibek” madrasasi 112. “Chalpak” madrasasi 113. Erkin Vohidov uy-muzeyi 114. “Alixonhoji” madrasasi 115. “Said Axmadxoʻja” madrasasi 116. Jahonotin Uvaysiy uy-muzey 117. “Puri Siddiq” ziyoratgohi 118. Amaliy sanʼat muzeyi 119. Buyuk olimlar muzeyi 120. Qoʻqon shahar adabiyoti muzeyi 121. Muqimiy hujra-muzeyi 122. Hamza uy-muzeyi Xorazm viloyati 123. “Ichan-qalʼa” kompleksi 124. Oʻzbekiston zamonaviy sanʼat muzeyi 125. Xorazm tarixi va adabiyoti muzeyi 126. Xorazm viloyati musiqali drama teatri Toshkent shahar 127. Toshkent teleminorasi 128. “Koʻkaldosh” madrasasi 129. “Hazrati Imom” kompleksi 130. “Abdulqosim” madrasasi 131. “Mingoʻrik” arxeologik obyekti 132. “Shayx Xovandtohur” kompleksi 133. Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatri 134. Rim-Katolik ibodatxonasi 135. Yevangel-lyuteran cherkovi 136. Oʻzbekiston Rus Akademik drama teatri 137. Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri 138. Oʻzbekiston davlat drama teatri
Ilova: Ishchi guruhi tomonidan madaniyat obyektlari va muassasalariga zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish boʻyicha roʻyxatga, zarurat boʻlganda, oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
