Umumtaʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (3112-son)
29.12.2018
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TAʼLIM SIFATINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3112]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq taʼlimi vazirligi qaror qiladi:
1. Umumtaʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U. TAShKENBAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-dekabr,
9-mh-son
Xalq taʼlimi vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-dekabr,
14-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq taʼlimi vazirligining 2018-yil 17-dekabrdagi 9-mh va 14-mh-son qaroriga ILOVA
Umumtaʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligini
BAHOLASh MEZONLARI
T/r Koʻrsatkichlar nomi Ball Koʻrsatkichlar uchun ballarni hisoblash metodikasi 1. Bitiruvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha tayyorgarligi va taʼlim sifati darajasi* 35 Bitiruvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha tayyorgarligi va taʼlim sifati darajasi koʻrsatkichi quyidagi formula orqali aniqlanadi: bunda — bitiruvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha tayyorgarlik darajasi koʻrsatkichi; — bitiruvchilarning taʼlim sifati darajasi koʻrsatkichi; P1.1 — soʻnggi oʻquv yili yakunida oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish imtihonlarida bitiruvchilar tomonidan toʻplangan ballar �igʻindisi; P1.2 — soʻnggi oʻquv yili yakunida oliy taʼlim muassasalariga talabalikka qabul qilingan bitiruvchilar soni; P11 — umumtaʼlim muassasasidagi 11-sinf bitiruvchilarining umumiy soni. a) Bitiruvchilarning taʼlim tayyorgarlik darajasi (11-sinf bitiruvchilari tomonidan oliy taʼlim muassasalariga kirishda toʻplangan ballar asosida) 20 b) Bitiruvchilarning taʼlim sifati darajasi (11-sinf bitiruvchilari orasidan oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirganlar salmogʻi asosida) 15 2. Umumtaʼlim muassasasi 9-sinf oʻquvchilarining bilim darajasi koʻrsatkichi** (nazorat ishlari asosida) 25 Umumtaʼlim muassasasi 9-sinf oʻquvchilari bilim darajasi koʻrsatkichi quyidagi formula orqali aniqlanadi: bunda, P2 — nazorat ishida ishtirok etgan 9-sinf oʻquvchilarining umumiy toʻplagan balli; P9 — nazorat ishida ishtirok etgan 9-sinf oʻquvchilarining umumiy soni. 3. Umumʼtaʼlim muassasasining oliy va birinchi toifali pedagog xodimlari ulushi*** (oliy va birinchi malaka toifali pedagog xodimlar sonini aniqlash asosida) 20 Umumtaʼlim muassasasining oliy va birinchi toifali pedagog xodimlari ulushi koʻrsatkichi quyidagi formula orqali aniqlanadi: bunda, P3 — umumtaʼlim muassasasidagi oliy va birinchi toifali pedagog xodimlar soni; P — umumtaʼlim muassasasidagi pedagog xodimlarning umumiy soni. 4. Ijtimoiy soʻrovnoma natijalari*** 20 Umumtaʼlim muassasasining oʻquvchilari va pedagogik jamoasi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari koʻrsatkichi quyidagi formula orqali aniqlanadi: bunda, — pedagog va rahbar xodimlar faoliyati samaradorligi koʻrsatkichi; — umumtaʼlim muassasasida pedagog xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va oʻqitish muhitining holati koʻrsatkichi; P4.1 — oʻquvchilar tomonidan berilgan ijobiy javoblar soni; Poʻ — ijtimoiy soʻrovnomada ishtirok etgan oʻquvchilar soni; P4.2 — pedagog xodimlar tomonidan berilgan ijobiy javoblar soni; Pp— ijtimoiy soʻrovnomada ishtirok etgan pedagog xodimlar soni. a) Pedagog va rahbar xodimlar faoliyati samaradorligi (oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan ijtimoiy soʻrovnoma asosida) 10 b) Umumtaʼlim muassasasida pedagog xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va oʻqitish muhiti holati (pedagogik jamoa orasida oʻtkaziladigan ijtimoiy soʻrovnoma asosida) 10 Umumiy ball 100
Izoh:
* Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi) har yili 31-dekabrga qadar 11-sinfni bitirib, Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish imtihonlarida qatnashgan oʻquvchilar soni va ular toʻplagan ballar yigʻindisi hamda talabalikka qabul qilinganlar soni haqidagi maʼlumotlarni tumanlar (shaharlar) va umumtaʼlim muassasalari kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazidan va Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy oʻquv yurtlarining filiallaridan soʻrov asosida oladi;
** Umumtaʼlim muassasasi 9-sinf oʻquvchilarining bilim darajasi Davlat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan oʻtkaziladigan nazorat ishlari orqali aniqlanadi;
*** Umumtaʼlim muassasasidagi oliy va birinchi malaka toifali pedagog xodimlar soni tegishliligiga koʻra tasarrufida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik va idora yoki ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan Davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi;
**** Umumtaʼlim muassasasining rahbar va pedagog xodimlari faoliyati hamda pedagog xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va u yerdagi oʻqitish muhitining holati Davlat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan oʻquvchilar va pedagog xodimlar oʻrtasida ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish orqali aniqlanadi.
Umumtaʼlim muassasalarining reytingini aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish, nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalarni oʻtkazish masalalari mazkur Baholash mezonlariga ilovaga muvofiq Umumtaʼlim muassasalarining reytingini aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda reyting ballarini hisoblash metodikasi asosida amalga oshiriladi.
Mazkur Baholash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M. KARIMOV
2018-yil 17-dekabr
Umumtaʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlariga ILOVA
Umumtaʼlim muassasalarining reytingini aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda reyting ballarini hisoblash
METODIKASI
Mazkur Metodika umumtaʼlim muassasalari faoliyati samaradorligi boʻyicha reytingini (bundan buyon matnda reyting deb yuritiladi) tuzishda umumtaʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari uchun asos hisoblanadigan zarur maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi) tomonidan reyting tumanlar (shaharlar) kesimida tanlash asosida har yili tuziladi.
2. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish oʻquv yili davomida amalga oshiriladi.
2-bob. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish
3. Umumtaʼlim muassasalari reytingini tuzish maqsadida har yili 10-yanvarga qadar Davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi asosida reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish, umumtaʼlim muassasalarida nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalarni oʻtkazish boʻyicha komissiya (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tuziladi. Komissiya tarkibiga kelishuv asosida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va boshqa davlat organlari va tashkilotlarining vakillari kiritilishi mumkin.
Davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi bilan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda har yili 20-yanvargacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda Davlat inspeksiyasining hududiy boʻlimlari va tasarrufida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari (bundan buyon matnda hududiy boʻlinmalar deb yuritiladi) xodimlaridan iborat tegishli hududdagi umumtaʼlim muassasalari reytingini aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish, umumtaʼlim muassasalarida nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalarni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar (bundan buyon matnda ishchi guruhlar deb yuritiladi) tuziladi.
4. Reytingda qatnashadigan tumanlar (shaharlar) va umumtaʼlim muassasalari roʻyxati komissiya tomonidan belgilanadi hamda har yili 1-fevralgacha Davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
5. Davlat inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish boʻyicha jadvallar har yili 1-martga qadar ishchi guruhlar orqali hududiy boʻlinmalarga yetkaziladi.
6. Hududiy boʻlinmalar tomonidan reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish boʻyicha jadvallarga tegishli maʼlumotlar kiritilib, mazkur maʼlumotlar asoslantiruvchi hujjatlari bilan birgalikda har yili 1-iyunga qadar ishchi guruhlarga taqdim etiladi. Maʼlumotlarning ishchi guruhlarga belgilangan muddatdan kechikmay, sifatli va toʻgʻri taqdim etilishi uchun hududiy boʻlinmalar rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
7. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish jarayonida hududiy boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar va ularning asoslantiruvchi hujjatlari ishchi guruhlar tomonidan qoʻshimcha oʻrganilishi mumkin.
Asoslantiruvchi hujjatlari mavjud boʻlmagan, shuningdek yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlar reytingni hisoblashda inobatga olinmaydi.
8. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar va ularning asoslantiruvchi hujjatlari ishchi guruhlar tomonidan Davlat inspeksiyasiga har yili 15-iyungacha taqdim etiladi.
3-bob. Reytingni aniqlashga oid nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish
9. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish jarayonida ishchi guruhlar tomonidan har yili mart-may oylarida umumtaʼlim muassasalari 9-sinf oʻquvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha bilim darajasini aniqlash maqsadida yozma ish yoki test sinovlaridan iborat nazorat ishlari oʻtkaziladi.
10. Nazorat ishlari oʻtkaziladigan fanlar va savollar miqdori komissiya tomonidan belgilanadi.
11. Nazorat ishlari oʻtkazish uchun ishchi guruhlar tomonidan kamida bitta sinf qurʼa tashlash orqali aniqlab olinadi.
12. Nazorat ishlari boshlanishidan oldin bitiruvchi sinflar oʻquvchilari va pedagogik jamoa bilan ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkaziladi. Bunda pedagog va rahbar xodimlar faoliyati, taʼlim muassasasidagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit va pedagog xodimlarning dars berish mahorati haqida oʻquvchilar fikri, shuningdek umumtaʼlim muassasasida pedagog xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va oʻqitish muhitining holati haqida pedagog xodimlar fikri oʻrganiladi.
Ijtimoiy soʻrovnoma savollari xalq taʼlimi tizimidan mutaxassislarni jalb qilgan holda Davlat inspeksiyasi tomonidan tuziladi.
13. Pedagogik jamoa bilan oʻtkaziladigan soʻrovnomada umumtaʼlim muassasasining barcha pedagog xodimlari qatnashadilar.
4-bob. Reyting ballarini hisoblash metodikasi
14. Reytingni aniqlash quyidagi hisoblash metodikasi asosida amalga oshiriladi:
tegishli formula asosida reytingda ishtirok etayotgan barcha umumtaʼlim muassasalarining ballari har bir koʻrsatkich boʻyicha alohida hisoblanadi;
tegishli koʻrsatkich boʻyicha eng katta natijaga ega boʻlgan umumtaʼlim muassasasiga mazkur koʻrsatkich uchun belgilangan eng yuqori ball beriladi;
qolgan barcha umumtaʼlim muassasalarining ballari eng yuqori ballga ega boʻlgan umumtaʼlim muassasasining balliga nisbatan hisoblab chiqariladi;
har bir koʻrsatkich boʻyicha hisoblangan ballar yigʻindisi asosida umumtaʼlim muassasasining reytingi belgilanadi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
15. Reyting natijalari ommaviy axborot vositalarida va Davlat inspeksiyasining veb-saytida keyingi oʻquv yili boshlanishidan kechiktirmay joylashtiriladi.
16. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar Davlat inspeksiyasida besh yil davomida saqlanadi.
