Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 27-dekabrdagi 622-son qarorining 4 va 5-bandlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (181-son)
17.05.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahridagi uy-joy qurilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1996-yil 31-yanvardagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkentuyjoyinvestqurilish” Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 27-dekabrdagi 622-son qarorining 4 va 5-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1996-yil 17-may,
181-son
