Lombardlarda buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2933-2-son)
28.12.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 28-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2933-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 26-avgustdagi 21/8-son qarori (roʻyxat raqami 2933, 2017-yil 29-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 39-son, 1052-modda) bilan tasdiqlangan Lombardlarda buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-dekabr,
39/2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 15-dekabrdagi 39/2-son qaroriga ILOVA
Lombardlarda buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 7-banddagi “Lombardlar tomonidan hisobotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1289, 2003-yil 10-dekabr)” degan soʻzlar “Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga moliyaviy hisobotlar va elektron maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2994, 2018-yil 5-aprel)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 13-banddagi “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun)” degan soʻzlar “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Nizomning 17-ilovasi mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Lombardlarda buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga ILOVA
“Lombardlarda buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 17-ILOVA
Mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarni hisobga olish
QAYDNOMASI
20__ yil ___________ uchun _________ hisobvaragʻi boʻyicha T/r Ismi sharifi Lavozimi Hisobot davri boshiga boʻlgan qoldiq (xodim oldidagi qarzdorlik) Hisobvaraqning kreditidan quyidagi hisobvaraqlar debetida aks ettirildi (hisoblab yozilgan) Hisobvaraqning debeti boʻyicha quyidagi hisobvaraqlar kreditida aks ettirildi (ushlab qolingan) Toʻlandi Hisobot davri oxiriga qarz qoldigʻi (deponentlash tirilgan ish haqi) __-h/v __-h/v __-h/v jami avans jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi kasaba uyushmasiga badallar FShJBPH* jami Rahbar (F.I.O.) (imzo) Buxgalter (F.I.O.) (imzo) M.Oʻ.
* Fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi”.
