4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi vakolatlari
Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida (265-I-son) · Sana: 29.08.1996 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
sogʻliqni saqlash sohasida inson huquqlari himoya qilinishini;
fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi davlat siyosatini;
sogʻliqni saqlash va tibbiyot fanini rivojlantirish dasturlari tasdiqlanishi va mablagʻ bilan taʼminlanishini;
sogʻliqni saqlash davlat tizimini boshqarishni;
sanitariya-epidemiologiya xotirjamligini taʼminlash ustidan nazoratni;
favqulodda vaziyatlarda odamlarning hayotini saqlab qolish va ularning sogʻligʻini muhofaza etish chora-tadbirlari koʻrilishini, fuqarolarni favqulodda vaziyat zonasidagi ahvol va koʻrilayotgan chora-tadbirlardan xabardor qilishni;
fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasida statistika hisobi va hisobotning yagona tizimi oʻrnatilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy sugʻurtasining tayanch dasturlarini tasdiqlashni;
fuqarolarning ayrim guruhlariga tibbiy yordam koʻrsatishda va ularni dori vositalari bilan taʼminlashda imtiyozlar belgilashni;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirib borishni va nazorat qilib turishni;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
