21-modda. Pensiya yoshidagi fuqarolarning huquqlari
Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida (265-I-son) · Sana: 29.08.1996 · Amalda
Pensiya bilan taʼminlanish huquqini beradigan yoshga yetgan fuqarolarga davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatiladi.
Tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish oʻz ichiga statsionar-ambulatoriya yoʻli bilan davolashni, sanatoriy va dam olish uylarida sogʻlomlashtirishni, yolgʻiz keksalarga ularning oʻz uyida hamda internat-uylarda xizmat koʻrsatishni qamrab oladi.
Pensiya yoshidagi fuqarolar tibbiy xulosa asosida qonunchilikka muvofiq ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari, sogʻliqni saqlash organlarining mablagʻlari hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan kuch-quvvatni tiklash huquqiga ega.
