Fargʻona viloyatida chorvachilik va naslchilik ishlarini tubdan takomillashtirish, tarmoq faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (1048-son)
26.12.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fargʻona viloyatida seleksiya-naslchilik ishlarini yuritishning ilmiy asoslangan innovatsion usullarini joriy etish, chorva mollari bosh soni va ozuqa maydonlari mutanosibligini taʼminlash, aholi xonadonlarida sigirlarni sunʼiy urugʻlantirish ishlarini tashkil etishning yangi tizimini sinab koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat veterinariya qoʻmitasi, Respublika “Nasl xizmat” uyushmasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Fargʻona viloyati hokimligi huzurida muassasa shaklidagi Fargʻona viloyati “Chorva nasl xizmat” markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) va uning tuman (shahar)lardagi hududiy markazlarini (keyingi oʻrinlarda tuman (shahar) hududiy markazlari deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi “Chorva nasl xizmat” markazi xodimlarining cheklangan umumiy soni 6 nafar boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga, tuman (shahar) hududiy markazlarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
qoramollarni boʻrdoqiga boqish ishlarini keng joriy etish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va kelgusida eksport siyosatini izchil amalga oshirish, shuningdek, ichki bozorlarda goʻsht narxlari oshib ketishining oldini olish maqsadida 2019 — 2021-yillarda Fargʻona viloyatida goʻsht yoʻnalishidagi boʻrdoqichilik komplekslarini tashkil etishning prognoz koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
Fargʻona viloyatida chorvachilik va naslchilik ishlarini tubdan takomillashtirish, tarmoq faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Fargʻona viloyati hokimiga Markaz va tuman (shahar) hududiy markazlari tuzilmalariga xodimlarning cheklangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Belgilansinki, Markaz bosh direktori Fargʻona viloyati hokimi tomonidan, tuman (shahar) hududiy markazlari direktorlari esa — Markaz bosh direktori tomonidan Fargʻona viloyati hokimi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
4. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Fargʻona viloyatidagi shaxsiy yordamchi dehqon fermer xoʻjaliklarida chorva mollarini sunʼiy urugʻlantirish, seleksiya-naslchilik ishlarini tashkil etish va rivojlantirish;
qishloq xoʻjaligi hayvonlarini zoti boʻyicha rayonlashtirish, nasldor mollar, ozuqabop ekinlar urugʻlari, ozuqabop qoʻshimchalar, sunʼiy urugʻlantirish asbob-anjomlari, uskunalari, veterinariya dori vositalari importini tashkil etish;
goʻsht yoʻnalishidagi boʻrdoqichilik komplekslarida ozuqa ekin maydonlari uchun ajratilgan yer maydonlaridan oqilona foydalanishni taʼminlashga qaratilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirishda ishtirok etish, boʻrdoqichilikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish;
seleksiya-naslchilik sohasi, sunʼiy urugʻlantirish va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish.
5. Fargʻona viloyati hokimligi tegishli tuman va Quvasoy shahar hokimlari bilan birgalikda Fargʻona viloyati Qishloq xoʻjaligi boshqarmasining asoslangan hisob-kitoblariga asosan Markaz va uning tuman boʻlinmalaridagi sunʼiy urugʻlantirish shoxobchalarini:
5-ilovaga muvofiq Dyuar idishlari va boshqa zarur asbob-uskunalar bilan;
6-ilovaga muvofiq mebel, kompyuter, avtotransport vositasi va inventarlar bilan jihozlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni 2018-2019-yillarda mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratsin.
6. Belgilansinki, 2019-yil 1-martdan boshlab Fargʻona viloyatida:
chorvachilik xoʻjaliklarining yerlariga paxta ekinini joylashtirmaslik yuzasidan masʼuliyat shaxsan tuman hokimlariga yuklatiladi;
chorvachilik xoʻjaliklari tomonidan ishlab chiqarish, sotilgan mahsulotlar uchun toʻlovlar faqat pul oʻtkazish, naqd pullarni bank orqali kirim qilish yoki bank plastik kartalari orqali amalga oshirilishi shart;
tuman hokimligi va tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasiga muvofiq paxta, gʻalla va bogʻdorchilik fermer xoʻjaligiga ijaraga berilgan yer uchastkalarida uchinchi shaxs tomonidan chorva ozuqa mahsulotlari yetishtirish uchun pudrat shartnomasi tuzilishiga ruxsat beriladi;
chorva mollari bosh soni 50 shartli bosh va undan ortiq boʻlgan chorvachilikka ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklarda alohida shtat asosida veterinariya vrachi va zootexnik mutaxassislar faoliyat yuritishi yoʻlga qoʻyiladi;
tuman hokimligi va tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan har yili 1-dekabrgacha Markaz bilan kelishgan holda Fargʻona viloyati hokimligiga fermer xoʻjaliklari boʻyicha kelgusi yil uchun ozuqa ekinlarini joylashtirish rejasi toʻgʻrisidagi qaror taqdim etiladi.
7. Belgilansinki:
a) Markaz ijro etuvchi apparati va tuman (shahar) hududiy markazlari xodimlari ish haqi mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi. Bunda, Markaz ijro etuvchi apparati xodimlari ish haqi — Fargʻona viloyatining viloyat budjeti, tuman hududiy markazlari xodimlari ish haqi esa — tegishliligiga koʻra tuman budjetlari hisobiga;
b) Oltiariq, Quva, Toshloq, Dangʻara (Qoʻqon shahar) tumanlaridagi sunʼiy urugʻlantirish shoxobchalari faoliyati — sunʼiy urugʻlantirish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlardan tushadigan tushumlar va har bir sunʼiy urugʻlantirilgan sigir uchun ushbu hududlarning mahalliy budjetlaridan ajratiladigan eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdoridagi subsidiya hisobiga;
v) Beshariq, Buvayda, Bagʻdod, Yozyovon, Rishton, Fargʻona (Fargʻona shahar) tumanlari, Uchkoʻprik, Oʻzbekiston, Furqat, Qoʻshtepa (Margʻilon shahar), Soʻx tumanlari va Quvasoy shahar sunʼiy urugʻlantirish shoxobchalari sunʼiy urugʻlantiruvchilari — istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi tomonidan 12 oylik shartnoma asosida ishsizlar va band boʻlmagan shaxslar sifatida jamoat ishlariga jalb qilinadi va ularning ish haqi jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
8. Fargʻona viloyati hokimligi bir oy muddatda:
a) Markazning ustavini tasdiqlasin va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini hamda Markaz va tuman (shahar) hududiy markazlari malakali xodimlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
b) Markaz va tuman (shahar) hududiy markazlarini tegishlicha qishloq xoʻjaligi boshqarmasi va boʻlimlari binolariga ijara toʻlovlarisiz joylashtirish choralarini koʻrsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Davlat veterinariya qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Respublika “Nasl xizmat” uyushmasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019-yil yakunlariga koʻra Fargʻona viloyatida yaratilgan yangi tizim samarasini chuqur tahlil qilib, uni respublika miqyosida joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri B.T. Yusupov, Davlat veterinariya qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi B.T. Norqobilov va Fargʻona viloyati hokimi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-dekabr,
1048-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1048-son qaroriga 1-ILOVA
Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi “Chorva nasl xizmat” markazining
tuzilmasi
Markazning umumiy cheklangan boshqaruv xodimlari soni — 6 nafar.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1048-son qaroriga 2-ILOVA
Tuman (shahar) “Chorva nasl xizmat” hududiy markazlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Izoh. Quyidagilar:
16 ta tuman (shahar) hududiy markazlari xodimlari ish haqi — tuman (shahar) mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga;
Oltiariq, Quva, Toshloq, Dangʻara (Qoʻqon shahar) tumanlaridagi 91 ta sunʼiy urugʻlantirish shoxobchalari faoliyati — sunʼiy urugʻlantirish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlardan tushadigan tushumlar va har bir sunʼiy urugʻlantirilgan sigir uchun mahalliy budjetdan ajratiladigan eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdoridagi subsidiya hisobiga;
Beshariq, Buvayda, Bogʻdod, Yozyovon, Rishton, Fargʻona (Fargʻona shahar), Uchkoʻprik, Oʻzbekiston, Furqat, Qoʻshtepa (Margʻilon shahar), Soʻx tumanlari va Quvasoy shahar 234 ta sunʼiy urugʻlantirish shoxobchalari faoliyati — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1048-son qaroriga 3-ILOVA
2019 — 2021-yillarda Fargʻona viloyatida goʻsht yoʻnalishidagi boʻrdoqichilik komplekslarini tashkil etishning
PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI
T/r Hududlar nomi Tashkil etiladigan goʻsht yoʻnalishidagi (boʻrdoqichilik) komplekslar soni shu jumladan: 2019-yil 2020-yil 2021-yil 1. Quvasoy shahar 2 1 1 2. Bogʻdod 3 1 1 1 3. Beshariq 2 1 1 4. Buvayda 2 1 1 5. Dangʻara 2 1 1 6. Yozyovon 2 1 1 7. Oltiariq 2 1 1 8. Qoʻshtepa 3 1 2 9. Rishton 2 1 1 10. Toshloq 3 1 1 1 11. Uchkoʻprik 2 1 1 12. Fargʻona 4 1 2 1 13. Furqat 4 1 2 1 14. Oʻzbekiston 4 1 1 2 15. Quva 3 1 1 1 Jami: 40 10 15 15
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1048-son qaroriga 4-ILOVA
Fargʻona viloyatida chorvachilik va naslchilik ishlarini tubdan takomillashtirish, tarmoq faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Masʼul ijrochilar I. Chorvachilikda sunʼiy urugʻlantirish ishlarini yanada rivojlantirish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash 1. Mavjud sunʼiy urugʻlantirish shoxobchalarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish va qoʻshimcha talab etiladiganlarining joylashishini belgilash hamda viloyat boʻyicha jami 325 ta shoxobchalar tashkil etish. Chora-tadbirlar rejasi 2018-2019-yillar Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi, “Chorva nasl xizmat” markazi, tumanlar hokimliklari, Xalq banki va tijorat banklari, Moliya boshqarmasi 2. “Chorva nasl xizmat” markazi buyurtmasiga binoan “Fargʻonaazot” AJ tomonidan suyultirilgan azotni hududlarga bepul yetkazib berish. Tashkiliy chora-tadbirlar Doimiy “Fargʻonaazot” AJ, “Chorva nasl xizmat” markazi va uning tuman (shahar) hududiy markazlari 3. Sunʼiy urugʻlantirish shoxobchalarini zarur anjomlar, asbob-uskuna va boshqalar bilan jihozlash uchun viloyat va mahalliy budjetdan bir martalik mablagʻ ajratish. Mablagʻ ajratish 2018-yil IV chorak 2019-yil I chorak Fargʻona viloyati va tuman (shahar) hokimliklari, Moliya bosh boshqarmasi, “Chorva nasl xizmat” markazi 4. Aholi va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklardagi sigirlarni sunʼiy urugʻlantirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqish. Chora-tadbirlar rejasi 2019 — 2021-yillar Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi, “Chorva nasl xizmat” markazi, tuman hokimliklari 5. “Chorva nasl xizmat” markazining tuman (shahar) hududiy markazlarini qishloq xoʻjaligi boʻlimlari binolariga ijara toʻlovlarisiz joylashtirish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2018-yil IV chorak Fargʻona viloyati va tuman (shahar) hokimliklari 6. Hududlarda tashkil etiladigan sunʼiy urugʻlantirish shoxobchalariga yer maydoni ajratish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2018-yil IV chorak Fargʻona viloyati va tuman (shahar) hokimliklari 7. Sunʼiy urugʻlantirish bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Qayqubbod chorva” MChJ negizida doimiy faoliyat olib boruvchi oʻquv kursini tashkil etish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2019-yil I chorak Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Respublika “Nasl xizmat” uyushmasi, Fargʻona viloyati hokimligi II. Chorvachilikning ozuqa bazasini yanada mustahkamlash 8. Ozuqabop ekinlardan yuqori hosil olish maqsadida Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tomonidan tuman hokimliklarining buyurtmalariga binoan ozuqa ekinlarini (asosiy, takroriy, oraliq, yaylov ozuqabob ekinlari) ekish uchun talab qilinadigan urugʻlarni navlar va miqdori boʻyicha yetkazib berish. Tashkiliy chora-tadbirlar Har yili mavsum davomida Viloyat urugʻchilik markazi, tumanlar hokimliklari, fermer xoʻjaliklari 9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining Fargʻona viloyati veterinariya boshqarmasi tizimidagi mavjud sunʼiy urugʻlantirish shoxobchalaridagi asbob-anjomlarni hamda Dyuar idishlarini belgilangan tartibda Markaz va uning tuman (shahar) hududiy markazlariga berish hamda “Fargʻonaazot” AJ tomonidan viloyatdagi sunʼiy urugʻlantirish shoxobchalariga suyuq azotni bepul berish. Tashkiliy chora-tadbirlar “Fargʻonaazot” AJ, Fargʻona viloyati va tuman (shahar) hokimliklari III. Chorva mollari mahsuldorligini oshirish va mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish 10. Har bir tumanda kamida 2-3 tadan 200 — 500 boshga moʻljallangan goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilik boʻrdoqichilik xoʻjaligini tashkil etish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2019 — 2021-yillar Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi,tuman (shahar) hokimliklari, “Chorva nasl xizmat” markazi 11. Isteʼmol uchun yetkazib berilayotgan sut va sut mahsulotlarining sifatini kafolatlash va ularning savdosidan tushadigan mablagʻlarning banklar orqali aylanishini taʼminlash maqsadida aholi va kichik chorvachilik fermer xoʻjaliklari yetishtirgan sutni yigʻib olish shoxobchalarini tashkil �tish va qayta ishlash korxonalariga yetkazib berish tizimini joriy qilish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2019 — 2021-yillar Tumanlar hokimliklari tijorat banklari
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1048-son qaroriga 5-ILOVA
Fargʻona viloyati hududida aholi va shaxsiy yordamchi dehqon xoʻjaliklari qaramogʻidagi sigirlarni sunʼiy urugʻlantirishni tashkil etish uchun talab etiladigan bir martalik moddiy-texnika taʼminoti mablagʻlari
HISOB-KITOBI
T/r Hududlar Shoxobchalar soni Moddiy texnika resurslari Maxsus azot tashuvchi mashina (Isuzi 5 tn) Kriogen idish (TRJK-8M) 2100 litr Dyuar idish (35 va 5 litr)li Texnik osemenator sumkasi Velosiped Jami talab etiladigan mablagʻ (mln. soʻm) Soni (dona) Narxi (mln. soʻm) Soni (dona) Narxi (mln. soʻm) Soni (dona) Narxi (mln. soʻm) Soni (dona) Narxi (mln. soʻm) Soni (dona) Narxi (mln. soʻm) 1. Viloyat markazi 1 350,0 1 175,0 525,0 2. Quvasoy shahar 12 22 53,0 12 43,2 12 12,0 108,2 3. Bogʻdod 23 43 104,5 23 82,8 23 23,0 210,3 4. Beshariq 28 53 129,5 28 100,8 28 28,0 258,3 5. Buvayda 22 41 99,5 22 79,2 22 22,0 200,7 6. Dangʻara (Qoʻqon shahri) 28 51 122,5 28 100,8 28 28,0 251,3 7. Yozyovon 11 20 48,0 11 39,6 11 11,0 98,6 8. Oltiariq 24 44 106,0 24 86,4 24 24,0 216,4 9. Qoʻshtepa (Margʻilon shahri) 21 37 87,5 21 75,6 21 21,0 184,1 10. Rishton 21 40 98,0 21 75,6 21 21,0 194,6 11. Soʻx 9 17 41,5 9 32,4 9 9,0 82,9 12. Toshloq 16 28 66,0 16 57,6 16 16,0 139,6 13. Uchkoʻprik 20 37 89,5 20 72,0 20 20,0 181,5 14. Fargʻona (Fargʻona shahri) 30 55 132,5 30 108,0 30 30,0 270,5 15. Furqat 15 27 64,5 15 54,0 15 15,0 133,5 16. Oʻzbekiston 22 39 92,5 22 79,2 22 22,0 193,7 17. Quva 23 42 101,0 23 82,8 23 23,0 206,8 Jami: 325 1 350 1 175 596 1 436,0 325 1 170,0 325 325,0 3 456,0
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1048-son qaroriga 6-ILOVA
Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi “Chorva nasl xizmat” markazi va uning tuman (shahar) markazlarining faoliyat yuritishi uchun talab etiladigan bir martalik moddiy-texnika taʼminoti mablagʻlari hisob-kitobi
T/r Hududlar Shtat birliklari soni Moddiy taʼminot Mebel (stol, stul) (rahbarlar uchun) Mebel (stol, stul) (mutaxassis xodimlar uchun) Kompyuter Printer Xizmat mashinasi Jami talab etiladigan mablagʻ (mln. soʻm) Soni (dona) Narxi (mln. soʻm) Soni (dona) Narxi (mln. soʻm) Soni (dona) Narxi (mln. soʻm) Soni (dona) Narxi(mln. soʻm) Soni (dona) Narxi(mln. soʻm) 1. Viloyat markazi 8 1 7,5 2 7,0 3 15,6 3 6,3 1 80 116,4 2. Quvasoy shahar 3 2 3,4 1 5,2 1 2,1 10,7 3. Bogʻdod 3 2 3,4 1 5,2 1 2,1 10,7 4. Beshariq 3 2 3,4 1 5,2 1 2,1 10,7 5. Buvayda 3 2 3,4 1 5,2 1 2,1 10,7 6. Dangʻara 3 2 3,4 1 5,2 1 2,1 10,7 7. Yozyovon 3 2 3,4 1 5,2 1 2,1 10,7 8. Oltiariq 3 2 3,4 1 5,2 1 2,1 10,7 9. Qoʻshtepa 3 2 3,4 1 5,2 1 2,1 10,7 10. Rishton 3 2 3,4 1 5,2 1 2,1 10,7 11. Soʻx 3 2 3,4 1 5,2 1 2,1 10,7 12. Toshloq 3 2 3,4 1 5,2 1 2,1 10,7 13. Uchkoʻprik 3 2 3,4 1 5,2 1 2,1 10,7 14. Fargʻona 3 2 3,4 1 5,2 1 2,1 10,7 15. Furqat 3 2 3,4 1 5,2 1 2,1 10,7 16. Oʻzbekiston 3 2 3,4 1 5,2 1 2,1 10,7 17. Quva 3 2 3,4 1 5,2 1 2,1 10,7 Jami: 56 1,0 7,5 34,0 61,4 19,0 98,8 19 39,9 1,0 80,0 287,6
