Oʻzbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida (O‘RQ-509-son)
26.12.2018
Oʻzbekiston Respublikasining
Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 20-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2018-yil 13-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Aprel oyining birinchi yakshanbasi Oʻzbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni etib belgilansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-dekabr,
OʻRQ-509-son
