Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalari noqonuniy takrorlanishidan muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Jeneva, 1971-yil 29-oktabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida (O‘RQ-511-son)
26.12.2018
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 30-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2018-yil 13-dekabrda maʼqullangan
Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalari noqonuniy takrorlanishidan muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Jeneva, 1971-yil 29-oktabr) qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-dekabr,
OʻRQ-511-son
