“98-modda. Asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozini hamda Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalarining asosiy parametrlarini tasdiqlash”;
Soliq va budjet siyosatining 2019-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-508-son) · Sana: 24.12.2018 · Amalda
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar hamda prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining parametrlari hamda kelgusi ikki yilga oid budjet moʻljallari”;
uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilari tegishincha uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
17) 121-moddaning:
ikkinchi qismidagi “maxsus axborot portalida (Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining maxsus veb-saytida)” degan soʻzlar “operatorning maxsus axborot portalida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat xaridlari amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlarni maxsus axborot portalida joylashtirish joriy moliya yilining 10-dekabridan kechiktirmasdan amalga oshiriladi”;
18) 122-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan ijro etilishi lozim boʻlgan yuridik majburiyatlar gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan hisobga olinadi”;
19) 125-modda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi va boshqa bank hisobvaraqlaridagi budjet tizimi budjetlarining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini boshqaradi”;
toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi va oltinchi qismlaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining” degan soʻzlar “Yagona gʻazna hisobvaragʻining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 143-moddaning ikkinchi qismi “davlat aktivlarini xususiylashtirishdan” degan soʻzlardan keyin “va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
