Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida (O‘RQ-507-son)
22.12.2018
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 7-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2018-yil 13-dekabrda maʼqullangan
1-modda. 26-yanvar Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni etib belgilansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-dekabr,
OʻRQ-507-son
